02.07.2026 💬Kulol Faniya Dedenyovaning "KULOLCHILIK - MENING UMRIM MAZMUNI" nomli shaxsiy korgazmasi / 💬 Выставка керамики Фании Деденёвой "КЕРАМИКА - СМЫСЛ МОЕЙ ЖИЗНИ"
2026 yilning 1 iyul kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko`rgazmalar zalida kulol Faniya Dedenyovaning 70 yoshlik yubileyiga bag`ishlangan “Kulolchilik – umrim mazmuni” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada ijodkorning 100dan ortiq kulollik ishlari namoyish qilindi. Faniya Dedenyova –1956 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1974-78 yillarda P.P. Benkov nomidagi “Kulolchilik” bo‘limida o‘qigan. 1993 yildan boshlab O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi. 2017 yildan hozirgacha O`zbekiston Davlat tarixi muzeyida mehnat qilib keladi. Faniya Dedenyova hozirda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy san`at” fakulteti 3-bosqich talabasi. Qadimiy kulolchilik san’ati asrlardan oshib bizgacha yetib keldi. IX-XIII asrlarda hunarmandchilik – kandakorlik, yog‘och, tosh o‘ymakorligi, badiiy shishasozlik, gilam to‘qish, badiiy gazlama tayyorlash va sirli kulollik san’ati rivojlandi. Sirli kulollik san’ati avval Afrosiyobda, keyinchalik esa Shosh, Farg‘ona, Xorazm hududlarida ham keng tarqaldi. Mahalliy usta – kulollar bejirim ko‘rinishdagi badiiy usul hamda bezaklardan foydalanganligi natijasida yangi shaklli sopol buyumlar vujudga keldi. Asosan o‘simliksimon va handasaviy naqshlar qo‘llanilsa-da, epigrafik yozuvli naqshlar ham paydo bo‘la boshladi. Vaqt o‘tishi bilan arab yozuvidan tarkib topgan epigrafik naqshlash o‘zining mustahkam o‘rnini egalladi. Faniya Dedenyova o‘z ishining ustasi bo‘lganligi bois, loydan har xil ajoyib asarlar yaratadi. Masalan, turli xil hajmdagi laganlarga yurtimizning tarixiy obidalari, ajoyib tabiati va arxitekturasini chizadi, bu orqali o‘zining hayotga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini bayon etadi. Shu bilan birga arxeologik topilmalarga asoslangan holda qadimiy idishlar, ko‘zachalar, guldonchalarni zamonaviy naqshlar uyg‘unligi holda qayta tiklashga harakat qiladi. Faniya Dedenyova respublika va xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi. Jumladan, Tallin, Olma – ota, Leningrad, Zaporoje, Xarkov kabi shaharlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda o‘zining eng sara ishlari bilan qatnashgan. Shuningdek, u yasagan buyumlar hozirda AQSH, Janubiy Koreya va Germaniyada shaxsiy kollektsiyalarda saqlanib keladi. 2021 yil o`tkazilgan “Tasviriy va amaliy san`at festivali’da “Eng faol ijodkor” nominatsiyasi g`olibi bo`lgan va Diplom bilan taqdirlangan. Ijodkor xayriya ko‘rgazmalarida faol qatnashadi. Bu yil kulol 70 yoshni qarshiladi. Shunga qaramasdan, kulolchilik san’atini rivojlantirish va yoshlarga o‘rgatish borasida tinimsiz mehnat qilib kelmoqda.
Ko‘rgazmalari:
2004 yil – 1-iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma. 2004 yil – Koreya va o‘zbekistonlik rassomlarning “Do‘stlik festivali” doirasidagi ko‘rgazma ishtirokchisi (Xalqaro madaniyat karvon saroyi). 2005 yil – “Vatan madhi” ko‘rgazmasi. Yesenin muzeyi. 2006 – 2007 yillar – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining “Tabiat va rassom” nomli ko‘rgazmasi ishtirokchisi. 2007 yil – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining “Navro‘z” bayrami va Mustaqilligimizning 16 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovlari ishtirokchisi. 2008 yil – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining “Kesishish nuqtasi” va “Bahor vernisaji” nomli ko‘rgazmalar qatnashchisi. 2009 yil – Toshkent Fotosuratlar uyida o‘tkazilgan An’anaviy hunarmandlar festivali ishtirokchisi. 2010 yil – O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining “Forma+” va “Navro‘z” nomli amaliy san’at ko‘rgazmasi ishtirokchisi. 2016 yil – Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ijod zavqi” nomli shaxsiy ko`rgazmasi 2022 yil – Toshkent Fotosuratlar uyida “Go`zallik timsoli” nomli shaxsiy ko`rgazmasi
⭕️Ko`rgazma joriy yilning 12 iyuligacha davom etadi.
⭕️Kirish bepul.
📌Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".
*********************
1 июля 2026 года в 17:00 часов в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия юбилейной (70 лет) персональной выставки художника-керамиста Фании Деденевой под названием “Керамика - смысл моей жизни”. Фания Деденева родилась 25 марта 1956 года в Ташкенте. О целительной силе искусства, помогающей человеку в сложных жизненных ситуациях, Фания Мирсалиховна знает не понаслышке. Волей судьбы, оказавшись воспитанницей дома милосердия, там же впервые в жизни взяла в руки кисть и краски, в семь лет из обычной глины вылепила первую фигурку. Увлечение не забросила даже когда пошла работать на ламповый завод (“Фотон”). Оно привело девушку в Республиканское художественное училище имени П. Бенькова (ныне Республиканский художественный колледж АХУз). Очень близкой стала для нее семья известной династии художников и педагогов Александра Владимировича и Галины Григорьевны Ли. Им не только приносила на оценку первые творческие работы, но и делилась с ними переживаниями и радостями, обрела в них по-настоящему родных людей. Удивительный мир искусства керамики Фание открыл потомственный мастер-керамист Мухитдин Рахимов. В 1978 году, после окончания Республиканского художественного училища им. П. Бенькова, она начала работать на Ташкентском экспериментальном комбинате прикладного искусства им. М. Рахимова. В 1993 г. вступила в Творческий союз художников Узбекистана. С 2001 по 2005 гг. работала керамистом в объединении «Устозода». В настоящее время Фания Деденева совмещает учебу на 3 курсе (заочно) Национального института искусств и дизайна им. К. Бехзада и работу в Государственном музее искусств Узбекистана и Музее Ташкента. Важное место в творческой биографии Фании занимает благотворительная деятельность. Много лет она является наставником, раскрывающим азы мастерства керамики детям из столичных домов милосердия, в которых часто дает мастер-классы. Экспозиции выставки включает в себя около 150 керамических изделий автора, выполненных в разные годы. Каждая из этих работ, представленных на выставке, - это не просто изделие. Это страницы большой книги под названием “Жизнь, посвящённая прекрасному”. В них - тепло её рук, мудрость её сердца и та светлая сила искусства, которую она так щедро дарит окружающим, доказывая, что подлинный творец никогда не замыкается в себе, а несёт свой свет людям.
⭕️Выставка продлится по 12 июля 2026 года.
⭕️Вход свободный.
📌Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
| 





|