Все новости
Axmat Shaymuradovning “SIYMOLARDA QOLGAN IJOD” nomli xotira ko'rgazmasi / Мемориальная выставка Ахмата Шаймурадова «ТВОРЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ В ОБРАЗАХ»
17.06.2026
Axmat Shaymuradovning “SIYMOLARDA QOLGAN IJOD” nomli xotira ko'rgazmasi / Мемориальная выставка Ахмата Шаймурадова «ТВОРЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ В ОБРАЗАХ»
2026 yilning 17 iyun kuni soat 17.00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Ahmat Shaymuradov tavalludining 90 yilligiga bag`ishlangan “Siymolarda qolgan ijoq” nomli xotira ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Xotira ko`rgazmada marhum haykaltaroshning umrining so`nggi yillarida yasagan turli hajmdagi 30dan ortiq haykalchalar va byustlar hamda ijodkorning 40dan ortiq ishlarining fotosuratlari namoyish qilindi.
Ahmat Shaymuradov - 1936 yilning 25 martida Samarqand shahrida tug‘ilgan. Hozir hayot bo`lganlarida 90 yoshni qarshilagan bo`lardi.
Qiyinchiliklarga boy o‘tgan bolaligi kichik Ahmatni irodali bo‘lib o‘sishiga yordam berdi. Tirikchilikni o‘tkazish uchun ishni sangtaroshlikdan boshlagan edi.
Ahmat akaning birinchi haykaltarosh sifatidagi ishi 1962 yili marmardan ishlangan Alisher Navoiy haykali edi. U Samarqand universitetida hali ham turibdi. O‘z xalqini jon dilidan yaxshi ko‘rgan inson ilk ishini bu mo‘tabar zotga bag‘ishlagani bejiz emas. Ahmat aka Alisher Navoiy shaxsiga chuqur hurmat-ehtirom bilan qarab keladi. Institutni 1965 yili bitirgach, haykaltarosh ijod ummoniga sho‘ng‘ib ketdi. Ahmat aka ijodida buyuk mutafakkirimiz siymosi aks etgan asarlar soni 20dan ortiqni tashkil qiladi. Har birida bobomiz Alisher Navoiyga bo‘lgan hurmat va ehtirom yaqqol sezilib turadi.
Ahmat Shaymuradov 1966 yildan boshlab Arxitektura va qurilish institutida 10 yil talabalarga dars bergan. Ushbu institutni tashkil qilish va uni rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan insonlardan biridir.
Ahmat Shaymuradov – 1967 yildan boshlab O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi. O‘qishni bitirib 10 yil davomidagi kecha-yu kunduz ishlarini hukumatimiz yuqori baholab, 1975 yili haykaltaroshlar ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvonini oldi. Buning uchun albatta, ko‘p mehnat qilish kerak bo‘ldi.
Ahmat Shaymuradov 1986 yilgacha 35-40 yil davomida faol ijod bilan shug‘ullandi. Ahmat aka o‘z ishining ustasi, juda ko‘p asarlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan ijodkordir.
Samarqand muzeyidagi Spitamen, raqqosa Qizlarxon Do‘stmuhammedova; ulug‘ allomalarimizdan Ulug‘bek observatoriyasidagi Mirzo Ulug‘bek, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino; xalq baxshilaridan Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir Nazar o‘g‘li, yapon rassomi Chexiro Okuboning portret haykallari, shuningdek, “Jarroh”, “Mutafakkir”, "Ilhom parisi" kabi bir qator haykaltaroshlik kompozitsiyalari shular jumlasidandir.
Ayniqsa, Ahmat Shaymuradov Toshkent metropolitenining "Alisher Navoiy" bekati devorlaridagi rangli naqshinkor bezaklari bilan ishlangan asarlari tahsinga sazovordir. Bu ish ustida Ahmat aka rassom Chingiz Axmarov bilan 4 yil davomida ishlagan.
Chingiz Аxmarov Аxmat Shaymuradov haqida ”Nafosat yoʼllarida” nomli xotiralar kitobida shunday yozadi: “Аlisher Navoiy” nomli metro bekati ulugʼ shoir, ulugʼ zot ijodiga zamonamizning ming – ming muxlislari koʼngillarida saqlagan mislsiz hurmat va ehtiromlarining ramzi, bir qasri oliy boʼlishi kerak edi. Biz buni maʼlum darajada amalga oshira oldik, deb oʼylayman. Bu ishni amalga oshirishda yosh talantli rassom Ikromxoʼja Qayumov, haykaltarosh Аxmatjon Shoymurodov, kulolchilik sanʼatiga oʼttiz yillik umrini sarf etgan Аhad Аminovlar menga yaqindan yordam bergan...men bulardan bir umrga minnatdorman”.
Axmat aka o`z ijodi haqida shunday derdi: “Haykal yaratish uchun ijodkor nafaqat, kuchli iroda, tajribaga ega boʼlishi, balki jismonan va ruhan yetuk boʼlishi kerak. Ijodimni oʼzbek xalqimga bagʼishlaganman. Toshlar bilan tillashib, ular bilan gaplashib chiqardim. Biror joyi oʼxshamasa, toʼxtab tur, sen gapimga kirmayapsanmi hali, deya goh urishib, goh maqtar edim. Ijodim davomida shu narsaga amin boʼldimki, bir inson umri koʼzlagan maqsadlarni amalga oshirishga yetmas ekan. Yildan – yilga kuchim ketayapti, lekin shogirdlarimning ishlarimni davom ettirayotganidan xursandman. Men oxiriga yetkazmagan ishlarni ular tugallashadi”.
“Siymolarda qolgan ijod” nomli xotira ko`rgazma kelajak avlodga mana shunday san`at darg`alarini eslatib turish, ularning ishlari bilan tanishtirish, qolaversa, ularning izidan borishga da’vat qilish, mard va tanti o‘zbek o‘g‘il va qizlari qilib tarbiyalashda asrlarga tatiydigan haykallar Ahmat Shaymuradov nomini ham eslatib turadi, degan umiddamiz.

✅Ko‘rgazma joriy yilning 28 iyunigacha davom etadi.

✅Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

*************************************

17 июня 2026 года, в 17:00 часов в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия мемориальной выставки Ахмата Шаймурадова “Творческое наследие в образах”.
Ахмат Шаймурадов - заслуженный деятель искусств Узбекистана, автор памятников Алишеру Навои, Авиценне и Садриддину Айни, четырем бахши-сказителям Ислому Шоиру, Джуманбулбул-оглы, Пулкану Шоиру, Фазилю Юлдошу в Самарканде и др.
Ахмат Шаймурадов родился 25 марта 1936 года в Самарканде. 944-1954 гг. – учеба в школе № 22 (Самарканд)
1951-1955 гг. – работа в мастерской камнерезов – братьев Джураевых.
1955-1959 гг. – учеба в Московском художественно-промышленном училище им. М.И. Калинина.
1958 г. – впервые принял участие во всесоюзной выставке (Москва).
1959 г. – участие в Декаде литературы и искусства Узбекистана (Москва).
1959-1965 гг. – учеба в Московском Государственном художественном институте им. В. Сурикова.
1967 г. – награжден Серебряной медалью ВДНХ за портрет Алишера Навои.
1975 г. – присвоено звание заслуженный деятель искусств РУз.
1977 г. – открытие первой персональной выставки в г. Самарканде.
1981-1984 гг. – участие в оформлении станции “Алишера Навои” Ташкентского метрополитена (в соавторстве с Чингизом Ахмаровым).
1991 г. – открытие памятника Алишеру Навои в Самарканде.
1991 г. – творческая поездка в Японию.
1996 г. – персональная выставка к 60-летию со дня рождения (Самарканд).
1999-2005 гг. – творческая поездка в США.
2007 г. – юбилейная выставка к 70-летию со дня рождения (Ташкент).
2016 г. - персональная выставка к 80-летию со дня рождения (Ташкент).
В экспозиции выставки представлено около 30 скульптур автора, и фотографии его работ.
Ахмат Шаймурадов создавал не только бюсты и памятники историческим личностям, он также работал и над образами современников. Формы его скульптурных композиций монолитны, выразительность и жизненность образа достигаются за счет динамики крупных пластических масс, в его произведениях сохранились главные приметы эпохи.

✅Выставка продлится до 28 июня 2026 года.

✅Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 15    Рейтинг 2   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото

фото