26.05.2026 Nikolay va Evgeniy Paklarning "MONOGRAFIYA" nomli grafika ko'rgazmasi /Выставка графических работ Николая и Евгения Пак "МОНОГРАФИЯ"
2026 yilning 26 may kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Nikolay va Evgeniy Paklarning “MONOGRAFIYA” nomli grafika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston zamonaviy grafikasi uzoq davom etgan turg‘unlikdan so‘ng nihoyat yuksalish jarayonini boshdan kechirmoqda: dastgohli va bosma grafika sohalarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda, bu o‘z navbatida yosh rassomlarning ijodiga ijobiy ta’sir etmoqda, umumiy hisobda grafikaga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarning soni keskin oshgani ham rivoglanishdan darak beradi. Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida tashkil etilayotgan ko‘rgazmalar milliy grafikaning qayta tiklanish jarayoniga ma’lum darajada hissa qo‘shib kelmoqda. Ular orasida “Reflection” (2024) va “O‘zbekiston grafikasi: kecha va bugun” (2026) kabi loyihalar so‘nggi o‘n yilliklar davomida milliy dastgohli va bosma grafikada shakllangan ilg‘or tendensiyalarni aks ettiradi. Ma’lumki, O‘zbekiston rassomlari ijodida Mustaqillik davri yangi badiiy tamoyillarni izlash, zamonaviy prinsiplarni shakllantirish va tasviriy san‘atdagi muqim an‘analarni yangilashga intilish harakatlari bilan bog‘liq. Bu davrda ko‘plab milliy rassomlarning ijodi evrilishlarga duch kelib, yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu jihatdan ota-bola Nikolay va Evgeniy Pakning grafik asarlari o‘zaro uyg‘un va hamohangligi bilan alohida e‘tiborga loyiqdir. Nikolay Pak O‘zbekiston grafikasining yangi ming yillik davrida bosma grafika imkoniyatlarini rivojlantira boshlagan ilk rassomlardan bo‘lib, u monotipiya texnikasi (monotipiya – yagona nusxadagi bosma grafika asarini yaratish texnikasi)asoslarini shakllantirgan. Nikolay Pakning ijodi, o‘z navbatida, rassomning o‘g'li bo‘lmish Yevgeniy Pak uchun namuna va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. “Monotipiya” ko‘rgazmasida so‘nggi 10 yil ichida ota-bola grafik rassomlar tomonidan yaratilgan asarlar namoyish etilgan. Ularning har biri bosma grafika turiga o‘ziga xos ravishda yondashar ekanlar, indivual tarzda monotipiya imkoniyatlarini ochib berishga harakat qiladilar. Masalan, Nikolayning “Abstraksiya” turkumi yaralishiga (2010-yillar) rassomning dekorativ kulolchilik san’at turidagi ijodiy yutuqlari qisman turtki bo‘lgan. Evgeniyning turli yillarda yaratilgan monotipiya asarlari orasidagi yaqqol tafovutni kuzatish mumkin: 2025 yilgi kompozitsiyalar polixromligi (rang-barangligi) va postanovka xarakterga egaligi bilan ajralib turadi, 2026 yilgi abstrakt kompozitsiyalari esa minimalistik va asketik hal etilgan. Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida tomoshabinlar e’tiboriga rassomlar Nikolay va Yevgeniy Pak tomonidan monotipiya texnikasida yaratilgan 50 ga yaqin grafik asarlar havola etilgan. Ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlarning aksariyat qismi Nikolay Pakning shaxsiy to‘plamidan olingan bo‘lib, XX asr oxiri – XXI asr boshida O‘zbekistonda yashagan grafik rassomlarning ijodidan iborat. Shuni ta’kidlash kerakki, ular muzey eksponatlari darajasidagi yuqori badiiy qiymatga egaligi bilan e’tiborga loyiqdir. To‘plamdan joy olgan litografiya, linogravyura, ofort va monotipiya texnikalarida yaratilgan asarlar O‘zbekiston bosma grafikasi rivojining so‘nggi bosqichlarini tadqiq etish uchun muhim ahamiyatga egadir. Shu tufayli, Nikolay va Yevgeniy Pak ijodiga bag‘ishlangan “Monotipiya” ko‘rgazmasi madaniy merosni saqlash va milliy grafika an’analarini targ‘ib qilishda hissa qo‘shuvchi loyiha sifatida e’tirof etiladi. Ko‘rgazmaning ochilish kuni rejalashtirilgan “Sacred Duality” noml i eksperimental perfomans ko‘rinishidagi tadbirda “Qurultoy Theatre” jamoasi a’zolari Aleksey Venzos, Anar Buddagli va Alen Ismoilov (guruh tarkibiga rassom Yevgeniy Pak ham kiradi), shuninhgdek Arlaeem Goovajdi ishtirokidagi musiqiy taqdimot ko‘rgazmaga alohida shukux baxsh etadi. Embient va elektron musiqa bilan bir qatorda jonli ovoz va o‘ziga xos ijro jozibasi ijodiy jarayonga sirlilik olib kiradi. Bundan tashqari Evgeniy Pak tomonidan an’anaviy master-klass uyushtirilib, uning davomida rassom monotipiya texnikasida asar yaratishning asosiy qonunlari va alohida qoidalari bilan tanishtirib o‘tadi.
Ko‘rgazma joriy yilning 7 iyungacha davom etadi.
Kirish bepul.
📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".
*********************
26 мая 2026 года в 17.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки графических работ Николая и Евгения Пак под названием “Монотипия”. В последние годы современная графика Узбекистана переживает стадию подъёма после долгого периода застоя: наблюдается рост в развитии станковой и печатной графики, что отражается в творчестве отдельных молодых художников, заметно увеличилось количество выставок графики в целом. Немаловажный вклад в процесс регенерации национальной графики вносят выставки, устраиваемые в Международном караван-сарае культуры Икуо Хираямы. Среди них стоит отметить такие проекты как “Reflection” (2024) и “Графика Узбекистана: прошлое и настоящее” (2026), которые отражают передовые тенденции в станковой и печатной графике Узбекистана последних десятилетий. Период Независимости связан с поисками новых художественных принципов, формированием современных тенденций и обновлением традиций в изобразительном искусстве. Творчество многих национальных художников претерпело трансформацию и переход на новых уровень. Отдельного внимания заслуживают графические работы отца и сына Николая и Евгения Пак, которые во многом созвучны и гармоничны. Николай Пак является одним из первых художников Узбекистана, кто начал развивать возможности печатной графики в новом тысячелетии: он стоит у истоков создания и развития техники монотипия, которая представляет собой печатный оттиск в единственном экземпляре. Его творчество в свою очередь стало примером и источником вдохновения для сына художника – Евгения Пака. В экспозиции выставки представлено около 50 графических работ художников Николая и Евгения Пак в технике монотипия, созданные за последние 10 лет. Они отражают разный подход к оригинальному виду эстампа, где каждый по-своему раскрывает возможности монотипии. Так, в серии “Абстракция” (2010-е гг.) находят отклик творческие достижения Николая в области декоративной керамики. Очевидна динамика между работами Евгения – композициям 2025 года характерна полихромность и постановочность, тогда как беспредметные картины 2026 года решены минималистично и аскетично. Большая часть экспонированных картин была заимствована из частной коллекции Николая Пака, которая состоит из графических произведений художников Узбекистана конца ХХ – начала XXI века. Стоит отметить, что это редкие листы музейной ценности, а также авторские повторения в эстампе. Она представляет особую ценность в понимании важных этапов развития таких видов эстампа как литография, линогравюра, монотипия, имеет информативно-просветительское значение для исследователей национальной графики. Тем самым, выставка “Монотипия”, посвященная творчеству Николая и Евгения Пак, вносит свой вклад в сохранение культурного наследия и пропаганду традиций национальной графики. Особую притягательность придаёт выставке экспериментальный перфоманс под названием “Sacred Duality”, представленный в день открытия экспозиции, от таких музыкальных исполнителей как Алексей Вензос, Анар Буддаглы и Ален Исмаилов из коллектива «Qurultoy Theater» (в котором состоит художник Евгений Пак), а также Arlaeem Goovajdi. Живой звук и неповторимое очарование исполнителей эмбиент и электронной музыки создают атмосферу загадочной аутентичности и сакрального причастия к творческому процессу. В день открытия выставки также был проведен мастер-класс от Евгения Пак, который поделился со зрителями основными канонами и отдельными нюансами создания произведений в технике монотипии.
Выставка продлится до 7 июня 2026 года.
Вход свободный.
📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
| 






|