Все новости
Mushtariy Saidovaning “Jimlikning nargi tomonida” nomli shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Муштарий Саидовой «По ту сторону тишины»
05.05.2026
Mushtariy Saidovaning “Jimlikning nargi tomonida” nomli shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Муштарий Саидовой «По ту сторону тишины»
2026 yilning 05 may kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Mushtariy Saidovaning “Jimlikning nargi tomonida” nomli ilk shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Jimlikning nargi tomonida” noyob badiiy ko‘rgazmasi ekspozitsiyasida hayoti va ijodi aql bovar qilmas ruhiy kuch ramziga aylangan yosh o‘zbek rassomi Mushtariy Saidovaning asarlari namoyish etilmoqda.
21 yoshli Mushtariy Saidova tug‘ilganidan beri mutloq sukunat dunyosida yashaydi: u eshitmaydi va gapirmaydi. Bundan tashqari ko‘rish qobiliyatida jiddiy muammolarga duch keldi - chap ko‘zi butunlay ko’rmay turib o‘ng ko‘zining zaiflashishi ijod qilishga to‘sqinlik qilmadi va aksincha dunyo bilan muloqot qilishning o‘ziga xos usulini topishga, mato, bo‘yoqlar va amaliy ijod orqali zavqlanishga intildi.

San’at yagona til sifatida

Mushtariy 9 yoshida rasm chizishni boshlagan. Bugungi kunda uning bisotida moybo‘yoq va akril bilan ishlash, zargarlik buyumlari yaratish, idishlarga naqsh solish va yog‘ochga nozik miniatyuralar yaratish bor. Sankt-Peterburgdagi san’at maktabida tahsil olgan va hozirda IT-Parkda xususiy darslar va inklyuziv ta’lim kurslarida o‘z mahoratini oshirishda davom etmoqda. Mushtariyning asarlari voqelikni intuitsiya va ichki nur orqali idrok etadigan inson tomonidan tasvirlangan ko‘p qirrali olamdir.

Harakatdagi inklyuzivlik: loyiha tarixi
Ko‘rgazma FOCUS kinematografiya va teatr san’ati maktabining notijorat tashabbusi bo‘lib, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Rassom bilan tanishuv FOCUS maktabi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “OCHIQ QADAM” loyihasining ta’lim blokida bo‘lib o‘tdi.
Mariya Musakova, FOCUS maktabi direktori: “Men bu qizning hayotsevarligi va ichki dunyosining kuchidan hayratda qoldim. Deyarli eshitish va gapirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan inson mato orqali muloqot qilish yo‘lini topadi. Ushbu ko‘rgazma muloqotimizning tabiiy davomi va inklyuzivlikning amaldagi yorqin namunasidir. Ushbu tashabbusni bir zumda qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Badiiy akademiya va Karvonsaroy rahbariyatidan behad minnatdorman. Mushtariyning asarlari shuni isbotlaydiki, iste’dod to‘siqni bilmaydi va sukunat hayratlanarli darajada ma’noli bo‘lishi mumkin”.
Ko‘rgazmaning vazifasi
“Jimlikning nargi tomonida” loyihasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlari haqidagi stereotiplarni buzishga qaratilgan. U tashxisni emas, balki muallifning iste’dodi va o‘ziga xos qarashlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Ko‘rgazma tomoshabinni “ko‘rish” aslida nimani anglatishi va san’at turli tillarda gapiradigan yoki umuman gapirmaydigan odamlarni qanday birlashtirishi mumkinligi haqida o‘ylashga chorlaydi.

💡Ko‘rgazma joriy yilning 15 maygacha davom etadi.

💡Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

***********************************

05 мая 2026 года в 17:00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана состоялась церемония открытия первой Персональная выставка Муштарий Саидовой под названием “По ту сторону тишины”.

В экспозиции уникальной художественной выставки “По ту сторону тишины” представлены работы молодой узбекской художницы Муштарий Саидовой, чья жизнь и творчество стали символом невероятной силы духа.

21-летняя Муштарий Саидова с рождения живет в мире абсолютной тишины: она не слышит и не говорит. Кроме того, девушка столкнулась с серьезными проблемами зрения - полной потерей на левом глазу и слабым зрением на правом. Однако эти преграды не помешали ей найти свой уникальный способ общения с миром - через холст, краски и прикладное творчество.

Искусство как единственный язык

Муштарий начала рисовать в 9 лет. Сегодня в ее арсенале - владение маслом и акрилом, создание ювелирных украшений, роспись посуды и тончайшая миниатюра на дереве. За плечами девушки — обучение в художественной школе Санкт-Петербурга, а в настоящее время она продолжает совершенствовать мастерство на частных уроках и курсах инклюзивного образования в IT-парке. Работы Муштарий — это многогранный мир, запечатленный человеком, который воспринимает реальность через интуицию и внутренний свет.

Инклюзия в действии: история проекта

Выставка является некоммерческой инициативой Школы кинематографии и театрального искусства FOCUS при поддержке Академии художеств Узбекистана и Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы. Знакомство с художницей произошло во время образовательного блока проекта «OCHIQ QADAM», который Школа FOCUS проводит совместно с Фондом развития культуры и искусства Узбекистана.

Мария Мусакова, директор Школы FOCUS: “Я была поражена жизнелюбием и силой внутреннего мира этой девушки. Человек, практически не имеющий возможности слышать и говорить, находит способ коммуникации через холст. Эта выставка - естественное продолжение нашего диалога и наглядный пример инклюзии в действии. Я безмерно признательна Академии художеств и руководству Караван-сарая за мгновенную поддержку этой инициативы. Работы Муштарий доказывают: талант не знает преград, а тишина может быть удивительно красноречивой”.

Миссия выставки

Проект “По ту сторону тишины” призван разрушить стереотипы о возможностях людей с инвалидностью. Он ставит во главу угла не диагноз, а талант и уникальное видение автора. Выставка приглашает зрителя к размышлению о том, что на самом деле означает “видеть”, и как искусство способно объединять людей, говорящих на разных языках или не говорящих вовсе.

💡Выставка продлится до 15 мая 2026 года.

💡Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 26    Рейтинг 2   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото