Все новости
"ZAMONLAR OSHA" nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "СКВОЗЬ ВРЕМЕНА"
19.12.2025
"ZAMONLAR OSHA" nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "СКВОЗЬ ВРЕМЕНА"
2025 yilning 19 dekabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko‘rgazmalar zalida Miniatyurachi rassom Xayriddin Muhiddinovning “Zamonlar osha” nomli ilk shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning 50ga yaqin ijodiy asarlari namoyish qilindi.

Xayriddin Muhiddinov – 1971 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1985-1989 yillar – P. Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurtining “Grafika” bo‘limida tahsil olgan.
1991 yildan boshlab – “Usto” birlashmasida miniatyurachi rassom sifatida ish boshladi. 2001 yildan erkin ijod qiladi.
2002 yildan beri O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi.
2002 yili “Kamoliddin Behzod Sharq uyg‘onish davrining yorqin timsoli” tanlovi g‘olibi bo‘ldi va Sankt- Peterburgning S. Shedrin Milliy kutubxo nasida saqlab kelinayotgan mashhur rassom Kamolliddin Behzod ijodiga mansub bo‘lgan 5ta asarni asl nusxasiga qarab yaratdi va uni K. Behzod nomidagi Sharq miniatyura muzeyiga topshirdi. Ushbu yaratgan asarlari uchun rassom 2002 yili Oliy Majlis huzuridagi O‘zbekistondan chetga olib ketilgan va xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.
Rassomning asarlari respublikamizning Temuriylar tarixi Davlat muzeyida, K. Behzod nomidagi Sharq miniatyura muzeyida saqlanadi. Juda ko‘plab xorijiy davlatlarda, jumladan, Frantsiya, Angliya, AQSH, Rossiya mamlakatlarining shaxsiy kollektsiyalaridan asarlari joy olgan. Shuningdek, “Ipak yo‘li” nomli asari Anqara Milliy muzeida saqlanadi.
Ko‘rgazmada rassomning turli yillarda yaratgan miniatyura asarlari tomoshabinlarga taqdim qilingan. Uning “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun’, “Bobur – Afg‘onistonda”, “Jaloliddin Xorazmshox”, “Chingizxon va Ulamo” kabi asarlari san`at ixlosmandlarini zamonlar bilan to`qnashtiradi va hozirgacha saqlanib kelayotgan madaniy meros xazinalari bilan boyitadi.
Milliy qadriyatlarimiz aks etgan “So‘zana”, “Uchar gilam”, “Kelin”, “Eski hovli” kabi asarlarida miniatyuraning eng nozik va qiyin uslublaridan foydalangan.
Miniatyura (lot. minium - qizil boʻyoq) - badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʼjaz) tasviriy san‘at asarlaridir. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham miniatyura atamasi qoʻllanadi.
Rassom bir necha yillardan beri zamonaviy miniatyura uslubida izlanish olib boradi. Zamonaviy miniatyuraning an’anaviy miniatyuradan farqi - u rangtasvirga yaqin ishlanadi, hajm tomondan kattaroq, yorqin ranglardan ko‘proq foydalanish orqali tomoshabinni yanada jalb qilish, qolaversa, voqelikni yorqinroq aks ettirishdir. Rassom izlanishlar natijasida faqatgina har xil ranglardan emas, balki, bronza, oltin kabi qimmatbaho buyumlardan ham foydalana olgan.

✅Ko‘rgazma 2026-yil 4-yanvargacha davom etadi.

✅Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*********************

19 декабря 2025 года в 17:00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки художника-миниатюриста Хайриддина Мухиддинова под названием “Сквозь времена”.

Хайриддин Мухиддинов родился 12 октября 1971 года в Ташкенте.
В 1989 году окончил Республиканское художественное училище им. П. П. Бенькова (отделение “Графики”).
С 1991 по 2001 год он работал художником-миниатюристом в объединении “Усто”.
В 2002 году вступил в Творческий союз художников Узбекистана.
В 2002 году, после победы в конкурсе “Камолиддин Бехзод, яркий символ Восточного Возрождения”, Хайриддин Мухиддинов был привлечен к созданию 5 копий произведений Камолиддина Бекзода, оригиналы которых хранятся в Национальной библиотеке им. С. Щедрина в Санкт-Петербурге. Выполненные им копии были переданы в Музей восточной миниатюры им. К. Бекзода.
За эти работы художник в 2002 году был награжден дипломом специальной комиссии при Олий Мажлисе Республики Узбекистан по возвращению в Узбекистан архивных документов, оказавшихся за его пределами и являющихся достоянием народа.
Работы Хайриддина Мухиддинова хранятся в Государственном музее истории Темуридов, Музее восточной миниатюры им. К. Бекзода, в Национальном
музее Анкары, также его работы представлены в частных коллекциях многих зарубежных стран мира, включая Францию, Англию, США и Россию.
В экспозиции выставки представлено более 40 миниатюр автора, созданные им в различные годы.
Его произведения, такие как “Хосров и Ширин”, “Лейли и Меджнун”, “Джалолиддин Хорезмшах”, “Чингисхан и ученый”, позволяют любителям искусства соприкоснуться с духом ушедших времен и обогатить их сокровищами культурного наследия, сохранившимися до наших дней.
В своих работах, таких как “Сюзане”, “Ковер-самолет”, “Невеста”, “Старый двор”, отражающих наши национальные ценности, он использовал самые тонкие и сложные стили миниатюры.
Художник несколько лет изучал современный стиль миниатюры. Разница между современной и традиционной миниатюрой заключается в том, что современная миниатюра ближе к живописи, имеет больший размер и использует более яркие краски, чтобы привлечь внимание зрителя, а также более наглядно отразить реальность. В результате исследований художник смог использовать не только различные краски, но и такие ценные материалы, как бронза и золото.

✅Выставка продлится до 4 января 2026 года.

✅Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 4589    Рейтинг 3   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото