Все новости
Bahodir Zokirovning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Баходыра Закирова
06.12.2025
Bahodir Zokirovning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Баходыра Закирова
2025 yilning 6 dekabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag`ishlangan ijodkor Bahodir Zokirovning shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko`rgazmada rassomning keyingi yillarda yaratilgan 60ga yaqin ijodiy asarlari namoyish qilindi.
Bahodir Zokirov – 1965 yil 2 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. San’atkorlar oilasida dunyoga kelgan Bahodirning yoshlikdan musiqa va san’atga mehri baland edi. O‘zbekiston Xalq artistlari – bobosi Karim Zokirov va Shoista Saidova, otaonasi – O‘zbekiston Xalq artistlari Botir Zokirov va Erkli Malikboyevalardan san’at sirlarini o‘rganib, ulg‘aygan sari ularning ijodlari bilan tanishib bordi hamda yaxshi kompozitor, shoir va rejissor bo‘lib yetishdi.
1988 yili Toshkent Davlat Universitetining “Sharqshunoslik” fakultetini tugatdi. Iste’dodi bois 1973 yildan boshlab u kino san’atida unumli ish boshladi. Shu kungacha 40dan ortiq filmlarga qo‘shiq va musiqalar bastaladi.
Bahodir Zokirov hayotida yana bir san’atning qirralari porladi. U bir necha yillar ol-din rasm chizish bilan shug‘ullana boshladi. Rassomning “Sening sevging” nomli birinchi shaxsiy ko‘rgazmasi 2015 yil 6 avgustda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu yillar ichida Bahodir Zokirov yangi asarlar yaratdi. O‘zbekiston Xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan 2021 yildagi shaxsiy ko‘rgazmasini Bahodir Zokirov “Mening otam xotirasiga” deb nomlagan edi.
Ushbu ko‘rgazma rassomning turli yillar va ijodiy davrlarga mansub asarlarini birlashtiradi. Tomoshabinlar Zokirovning ijodiy uslubi rivojlanishini — dastlabki izlanishlaridan tortib, pishiq falsafiy asarlarigacha — izchil ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘rgazma zamonaviy o‘zbek san’atidagi muhim voqealardan biri bo‘lib, rassomning san’atga qo‘shgan salmoqli hissasini namoyon etadi. Bu tadbir nafaqat asarlar namoyishi, balki jonli ijodiy makondir — unda Bahodir Zokirov bilan yillar davomida yonma-yon ijod qilib kelgan rassomlar, musiqachilar, aktyorlar, dizaynerlar va boshqa hamfikr san’atkorlarning hikoyalari va ijodi birlashadi.
Bahodir Zokirov ko‘p qirrali ijodkor: 200dan ortiq asarlar muallifi bo‘lgan rassom; bir nechta filmlarda bosh rollarni ijro etgan aktyor;
kino va hujjatli filmlar uchun musiqalar yaratgan bastakor;
rejissor va ijodiy izlanishlar tarafdori.
Uning asarlari O‘zbekiston va xorijdagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi hamda bir qator muhim ko‘rgazmalarda namoyish etilgan.
Zokirov ijodining markazida — xotira, insonning ichki kechinmalari va ruhiy holatlarni tadqiq etish turadi.
Ushbu ko‘rgazma rassomning ijodiy faoliyatidagi muhim bosqich bo‘lib, yangi davrning boshlanishini bildiradi.
Har bir asar — ma’no, tuyg‘u, musiqiylik va ruhiy izlanishlarga boy katta ijodiy sayohatning bir bo‘lagi.

Ko`rgazma joriy yilning 14 dekabrigacha davom etadi.

Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*******************************

6 декабря 2025 года в 17.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной юбилейной выставки известного художника, актёра и композитора Баходыра Закирова.
Баходыр Батырович Закиров, родившийся 2 декабря 1965 года в Ташкенте, представитель легендарной творческой династии.
Сын известного певца, актёра и художника Батыра Закирова и актрисы Эркли Маликбаевой, он с раннего детства был окружён искусством.
Баходыр Закиров - многогранный художник:
живописец, автор более 200 картин. Его работы находятся в частных коллекциях Узбекистана и зарубежья, а также неоднократно выставлялись на престижных художественных площадках;
актёр, сыгравший главные роли в ряде фильмов, таких, как: “Мафия бессмертна” (1993), “Чудовище, или Кто-то другой” (1988), “Мишка-артист” (1976) и др.;
композитор, написавший музыку к кино и документальным проектам (“День истины” (2011), “Нулевой вариант” (1992) и др.);
режиссёр и творческий экспериментатор.
В экспозиции выставки представлено около 60 живописных работ автора.
Экспозиция объединяет работы разных лет и творческих периодов мастера, а также новые работы, созданные специально к юбилею, позволяя зрителям увидеть эволюцию его художественного стиля - от ранних поисков до зрелых философских полотен.
Особое место в его творчестве занимает тема памяти, внутреннего мира человека, духовных переживаний - то, что стало основой его узнаваемого художественного стиля.
Выставка станет важным культурным событием, отражающим вклад Баходыра Закирова в современное искусство Узбекистана.
Это не просто демонстрация картин - а живое творческое пространство, где произведения художника переплетаются с историями людей, много лет идущих рядом с ним в искусстве: художников, музыкантов, актёров, дизайнеров и единомышленников.
Юбилейная выставка - это подведение важного творческого итога и одновременно начало нового этапа.
Она открывает зрителю личную историю автора, где каждая картина - это фрагмент большого творческого пути, наполненного смыслом, музыкой, поисками и светом.
Выставка продлится до 14 декабря 2025 года.

Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 3625    Рейтинг 5   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото