Все новости
"CHIZIQDAN RANGGACHA" nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "ОТ ЛИНИИ ДО ЦВЕТА"
05.11.2025
"CHIZIQDAN RANGGACHA" nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "ОТ ЛИНИИ ДО ЦВЕТА"
2025 yilning 5 noyabr kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko`rgazmalar zalida navoiylik grafik –rassom Ulug`bek Muxamatovning “Chiziqdan ranggacha” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 40ga yaqin grafik ishlari namoyish qilindi.
Ulug`bek Muxamatov – 1984 yilda Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tug`ilgan.
1998-2000 yillar Navoiy viloyati Uchtut nafis san`at litsey-internatida o`qigan.
2001-2006 yillarda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Dastgohli rangtasvir” fakultetidada tahsil olgan.
2011 yildan O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
Rassomning asarlari dunyoning ko`plab mamlakatlarida shaxsiy kollektsiyalarda saqlanib keladi. Jumladan, Germaniya, AQSH, Chexiya, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Yaponiya, Qozog`iston kabilar.

Rassom ijodiga chizgilar…

Rassom birinchi chizgan rasmi dengiz bo`lgan. Rassom ijodi o`zgalardan ancha farq qiladi. U asosan grafika uslubida ijod qiladi. Grafika rassom uchun juda qulay. U ko`p ranglardan foydalanish rassomni chalg`itadi, deb hisoblaydi. “Bahor” asarida gilam orqasida gullagan olxo`ri daraxtini tasvirlagan. Yoshligi esga tushgan, rassom qishloq hayotiga juda mehr qo`ygan. Shu bois ham oddiylik va samimiylik unga juda yaqin. Asarlarda hech kim nazari tushmagan joylarni va mavzularni topishga harakat qiladi. Eski obidalarni tasvirlashni yaxshi ko`radi. Jumladan, Navoiydagi ko`pchilik bilmaydigan “Rabot - Malik”, “Magoki -Attari”, “Mirsaid - Bahrom” maqbaralarini tasvirlagan.

Shaxsiy ko`rgazmalari va xalqaro ko`rgazmalardagi ishtiroki:

2007 yil – “O`tmisjh charxpalagi” nomli ko`rgazma, “Farhod’ madaniyat saroyi, Navoiy shahri.
2009 yil – “Muqaddas diyor” nomli ko`rgazma, Navoiy shahri
2010 yil – “Men o`z yurtimning go`zalligidan ilhomlanaman” nomli ko`rgazma
2016 yil – Chexiyaning poytaxti Pragada bo`lib o`tgan grafika rassomlar ko`rgazmasi faol ishtirokchisi
2018 yil – Germaniyada bo`lib o`tgan “Dunyo rassomlar nigohida” nomli ko`rgazma ishtirokchisi
2020 yil – Yaponiyada bo`lib o`tgan grafik rassomlar ko`rgazmasi ishtirokchisi
2022 yil – Navoiy shahrida “Bir rang bilan hamma ranglar” nomli shaxsiy ko`rgazmasi
2022 yil – “Mening o`lkamda bahor” nomli shaxsiy ko`rgazma, Navoiy viloyati.
2025 yil – Andijon viloyati hokimi sovrini uchun “Rassomlar festivali – Xonobod 2025” grafika yo`nalishi bo`yicha birinchi o`rin sohibi.
2025 yil – Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Chiziqdan ranggacha” nomli shaxsiy ko`rgazmasi.

Ko`rgazma joriy yilning 15 noyabrigacha davom etadi.

Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*********************

5 ноября 2025 года в 17:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия художника Улугбека Мухаматова под названием “От линии до цвета”.

Улугбек Мухаматов родился 14 июля 1984 года в городе Навои.
В 2006 году окончил Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бекзода.
С 2006 г. по 2008 г. работал преподавателем в Навоийском художественном училище.
С 2008 г. по 2010 г. работал художником дизайнером в ГМЗ-3 при Навоийском горнометаллургическом комбинате.
С 2011 г. по 2013 г. работал преподавателем изобразительного искусства в Молодежном центре г. Навои.
В 2011 г. вступил в Творческий союз художников Узбекистана.
Улугбек Мухаматов участник и дипломант многочисленных выставок и фестивалей изобразительного искусства, проходящих в Узбекистане.
Его работы хранятся в частных коллекциях в Узбекистане и ряде зарубежных стран мира: Германии, США, Чехии, Италии, Испании, России, Японии, Казахстане.

Улугбек Мухаматов – художник, график, живописец, чье творчество пронизано любовью к визуальному повествованию и культурной памяти родной земли.
“ – Мои работы соединяют реализм и поэтичность, исследуя тему времени и преемственности. Обладая академической школой изобразительного искусства, я стремлюсь передавать эмоциональную глубину через лаконичные формы, цвет и свет.”

В экспозиции выставки представлено около 40 графических работ автора.
В эпоху стремительной урбанизации и трансформации городского пространства, когда современные здания приходят на смену прежней архитектуре, художник пытается запечатлеть и передать зрителю ощущение пространства и времени, которое вскоре может быть безвозвратно утеряно.
В его работах ощущается трепетное прощание с исчезающей эстетикой, попытка сохранить ее для потомков.

Выставка продлится до 16 ноября 2025 года.

Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 104    Рейтинг -4   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото

фото