Все новости
"QORAQALPOG'IM MENING" nomli ko'rgazma / Выставка Раджабова "МОЯ КАРАКАЛПАКИЯ"
03.10.2025
"QORAQALPOG'IM MENING" nomli ko'rgazma / Выставка Раджабова "МОЯ КАРАКАЛПАКИЯ"
2025 yilning 3 oktyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida rangtasvirchi rassom Abdulla Rajabovning "QORAQALPOG'IM-MENING" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko`rgazmada rassomning tug`ilib o`sgan yurtiga bag`ishlangan 60ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Abdulla Rajabov – 1953 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l shahrida tug`ilgan.
1978 yil – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
Institutni tamomlagan yildan boshlab Nukus shahar badiiy ishlab chiqarish korxonalarida bezakchi rassom bo`lib ishlay boshladi. 1991-2013 yilllar To`rtko`l shahridagi K. Tojiboyev nomidagi 3-sonli bolalar musiqa va san`at maktabida pedagog –rassom sifatida faoliyat olib bordi. Hozirgi paytda ham yoshlar qatorida ushbu maktabda dars berib keladi.
1989 yildan boshlab qizg`in ijod bilan shug`ullana boshladi hamda qator respublika va xalqaro ko`rgazmalar
Ishtirokchisiga aylandi. Jumladan, 2013 yilda bo`lib o`tgan VII Xalqaro Zamonaviy san`at Biennalesi ishtirokchisi, 2014 yilda “Tasviruy va amaliy san`at Festivali” da O`zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin medali” bilan taqdirlandi.
2006 yildan boshlab – O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
2017-2018 yillar – Qoraqalpog`iston Davlat O`lkashunoslik muzeyi To`rtko`l filiali direktori.
2009 yil – yosh avlodga ta`lim – tarbiya berishdagi mehnatlari uchun “Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan Yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
2021 yil – mahalladagi faolligi uchun “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni sohibi bo`ldi.
Rassom ijodi o`ziga xos. U o`zi tug`ilib o`sgan ona - diyorini sevadi. Tabiati, odamlarining turmush tarsi, urf – odatlar uning asosiy mavzulari hisoblanadi. Shuningdek, tarixiy mavzu rassom uchun o`ta dolzarb hisoblanadi. Xorazm yodgorliklari va tarixiy obidalarini o`rganadi va bir qancha turkum asarlar yaratadi. Uning Qadimgi Xorazm turkumidan “Buyuk Xorazm”, “Qo`y qirilgan qal`a”, “Qo`rg`oshin qal`a” asarlari tomoshabinlarda ushbu muqaddas joylarni borib k`orishga qiziqish uyg`otadi va ularni milliy merosni avaylshga da`vat etadi.
Rassomning “Suhbat” “Aziz shahrim - go`zal To`rtko`lim’, “Tuproqqal`a xazinasi’, “Qoraqalpoqcha raqsning yaratilishi”, “Malika uchun anorlar”, “Bibixonim maqbarasi’, “Orol dengizi – janub tomon k`orinishi’, “Tuproqqal`a ma`budasi”, “Qadim tarix so`ylaganda” nomli eng sara asarlari ko`rgazmadan joy olgan.
Abdulla Rajabovning bir qancha asarlari I.B. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san`at muzeyidan joy olgan. Uning Xorazm tarixi yodgorliklariga bag`ishlangan “Qirqqiz qahramoni Guloyim portreti”, kandakorlikda ishlangan “To`maris” portreti, “Xitoy ko`zasi bilan natyurmort”, “Kungaboqarlar’, “O`lkamizda bahor” kabi asarlari shular jumlasidan. Urganchdagi O`zbekistn zamonaviy-tasviriy san`at galereyasida 5ta asari saqlanadi.
Shuningdek ko`plab asarlari bir nechta xorijiy davlatlarning shaxsiy kollektsiyalida saqlanib keladi.

Ko`rgazma joriy yilning 10 oktyabrigacha davom etadi.

Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".
*******************************

3 октября 2025 года в 17:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки художника Абдуллы Раджабова под названием “Моя Каракалпакия”.
Абдулла Раджабов родился 8 января 1953 года в г. Турткуль Республики Каракалпакстан.
В 1978 году окончил Национальный педагогический университет Узбекистана им. Низами.
Начиная с 1978 года начал работать художником-декоратором в художественно-производственных мастерских города Нукуса.
С 1991 по 2013 год работал преподавателем-художником в Детской школе музыки и искусств № 3 им. К. Тоджибаева г. Торткуль. В настоящее время также продолжает обучать молодёжь.
С 1989 года активно занимается творчеством, участник ряда республиканских и международных выставок. В частности, в 2013 году он участвовал в VII Международной биеннале, а в 2014 году был награждён “Золотой медалью” Академии художеств Узбекистана на “Фестивале изобразительного и прикладного искусства”.
В 2006 г. вступил в Творческий союз художников Узбекистана.
С 2017 по 2018 гг. – занимал должность директора Турткульского филиала Каракалпакского государственного краеведческого музея.
В 2009 году был удостоен звания “Заслуженный наставник молодежи Республики Каракалпакстан”.
В 2021 году – был награжден нагрудным знаком “Мехнат фахрийси”.
Картины автора хранятся в Государственном музее искусств им. И. В. Савицкого, в Музее современного искусства Узбекистана в г. Ургенч, а также в частных коллекциях ряда зарубежных стран.
В экспозиции выставки представлено более 50 работ художника, выполненных в жанре пейзажа, портрета и натюрморта.
Творчество Абдуллы Раджабова неповторимо и самобытно. Глубокая любовь к своей родине вдохновляет его создавать произведения, отражающие красоту природы, уклад жизни местных жителей, народные обычаи и вековые традиции. Особое внимание художник уделяет исторической тематике, исследуя древние памятники и культурное наследие Хорезма, создавая уникальную серию живописных полотен, наполненных глубоким смыслом и искренней любовью к истории родного края.
Так же в экспозиции выставки представлены полотна автора, посвященные исчезающему Аральскому морю и выражающие искренний призыв беречь его хрупкую красоту.

Выставка продлится до 10 октября 2025 года.

Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 40    Рейтинг 4   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото