Все новости
🔈DIQQAT ANONS🔈
24.07.2025
🔈DIQQAT ANONS🔈
🟥O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O'zbekiston-Yaponiya markazi, O'zbekistondagi "Urasenke" choy guruhi barcha yapon madaniyati ixlosmandlarini joriy yilning 1-3 avgust kunlari Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida bo'lib o'tadigan "O‘zbekistonda Yaponiya madaniyati kunlari"ga taklif etadi.

🟥"Yaponiya madaniyati kunlari" doirasida quyidagi ko'rgazmalar taqdim etiladi:

🔴"Kabuki teatri aktyorlari" ksilografiya ko'rgazmasi;
🔴Norio Fujishironing “No teatri niqoblari” plakatlari; No teatri niqoblari;
🔴“Yapon choy marosimi buyumlari";
🔴“An’anaviy yapon “Obi” belbog’i va kimono ko’rgazmasi”;
🔴“Yapon taomlari maket namunalari”
va yapon taomlariga bag'ishlangan fotoko'rgazma

🟥Mahorat darslari va namoyishlar taqdimoti:

🔴Kimono kiyish namoyishi;
🔴Xappi (an’anaviy yapon kiyimi) kiyib foto/selfiga tushish;
🔴Yapon shirinliklari va choyi;
🔴Origami;
🔴Sakurani chizish;
🔴An’anaviy yapon o’yinlari;
🔴Darumaga (yapon an'anaviy qo'g'irchog’i) naqsh solish;
🔴Niqobga naqsh solish;
🔴Sashiko (yapon kashtasi) bo'yicha mahorat darsi;
🔴Amigurumi (o'yinchoq to’qish) bo'yicha mahorat darsi

Shuningdek, "Yaponiya madaniyati kunlari" doirasida “Koshien fototanlovi: yarim soniyada yoz” nomli badiiy film va animatsion film namoyishi etiladi.

Mahorat darslarida ishtirok etish talablari va shartlari:

* Mahorat darslarida ishtirok etish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi. Mahorat darslarida qatnashish PULLIK. Ishtirokchilar soni cheklangan.
** Mahorat darslarida ishtirok etish narxlari:
- Origami - bepul (10 kishi). Ro'yxatdan o'tish uchun tel. raqami: +998 90 999 73 12 Orzu.
- Sakurani chizish bo'yicha mahorat darsi (10 kishi) – bir kishiga 70 ming so’mdan. Darumaga (yapon an'anaviy qo'g'irchog’i) naqsh solish (10 kishi) – bir kishiga 100 ming so’mdan. Niqobga naqsh solish bo'yicha mahorat darsi (10 kishi) – bir kishiga 80 ming so’mdan. Ro'yxatdan o'tish uchun tel. raqami: +998 93 540 39 90 Lena.
- Amigurumi (o'yinchoq to’qish) bo'yicha mahorat darsi (5 kishi) va Sashiko (yapon kashtasi) bo'yicha mahorat darsi (8 kishi) – bir kishiga 70 ming so’mdan. Ro'yxatdan o'tish uchun tel. raqami: +998 97 731 75 73 Asya.

🟥Ko'rgazmalar joriy yilning 10 avgustigacha davom etadi.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

💡 Kirish bepul.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

*********************************
Просмотров 559    Рейтинг 16   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото