Все новости
"IZLANISH" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка керамики "ПОИСК"
01.08.2024
"IZLANISH" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка керамики "ПОИСК"
2024 yilning 1 avgust kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko`rgazmalar zalida kulol – rassom Baxtiyor Usarovning “Izlanish” nomli shaxsiy ko`rgazmasi ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 162ta kulolchilik ishlari namoyish qilindi. Shuningdek, 5ta rangtasvir ishlari ekspozitsiyadan o`rin olgan.
Baxtiyor Usarov – 1968 yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tavallud topgan.
1988-1992 yillarda Qarshi Davlat san`at kollejida oqigan.
1992-1998 yilgacha K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy san`at” fakultetining “Keramika va haykaltaroshlik” kafedrasida tahsil olgan.
1994-2009 yillar – M. Raximov nomidagi Toshkent badiiy keramika eksperiment –tajribali kombinati davlat unitary korxonasi rassomi bo`lib faoliyat olib borgan.
2009 yildan hozirgacha – Respublika ixtisoslashtirilgan san`at maktab internati rassomlik bo`limi o`qituvchisi.
2005 yildan beri O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
Kulol –rassom Baxtiyor Usarov ijodi o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. U ijodida juda urf bo`lgan naqshlardan foydalangan. Jumladan, “Bargi gul”, “Guli mehrob”, “Guli band”, “Bargi bodom”, “Guli mayda”, “Guli bodom” kabilar lagan va kosa hamda ko`zalarda ko`p qo`llanilgan.
Kulol – rassom Baxtiyor Usarov “Izlanish” nomli shaxsiy ko`rgazmasini 15 yillik izlanishlari natijasi, deb hisoblaydi. U tarixni sinchiklab o`rgandi. Temuriylar davriga tegishli kulollik ishlarini tiklashga harakat qildi. Ularning shakli va naqshlari juda muhim sanaladi. Shu bilan ularni qadimiy idishlarga o`xshatish uchun juda ko`p vaqt talab qilinadi. Ishqoriy rang dish ranglarini yaxshi saqlaydi. Avloddan – avlodga o`tishda necha asrlarki o`zgarmagan topilmalardek, ishqoriy ranglar ham o`z xususiyatini yo`qotmaydi. Kulol-rassom I-asr Kushon davriga tegishli kuboklarni yaratishga muvaffaq bo`ldi. Ko`rgazmada bunday ko`zalarning bir nechtasini uchratish mumkin. Ularning shakli va naqshlari o`sha davrdagi topilmalarga juda yaqin keladi.
Ham kulollik, ham rassomlik ijod qilishga yaxshi yordam beradi. Chunki o`z o`ylagan narsangiz va bilimingizni qanday bo`lsa, shunday ko`rsata olasiz.
Baxtiyor Usarov ishlarida necha ming yillar oldingi ishlatilgan har xil kosalar, hurmachalar, vaza va ko`zalar, turli shakldagi laganlarni ko`rishingiz mumkin. Lagan va kosalar ichi va sirtidagi naqshlar o`tmish va zamonaviylikning mahsuli deyishimiz mumkin. Ayniqsa, “Buqa boshi” deb nomlangan asar ilgari zamonda ikki tutqichli idishlarga juda o`xshaydi, ular har xil shakl va ko`rinishga ega bo`lgan. Kulol –rassom tutqichlarni buqaning boshiga o`xshatib ishlagan. Buni ham ijod va izlanishlari mahsuli deyish mumkin.
Baxtiyor Usarov respublika va xalqaro ko`rgazmalarda juda ko`p bor ishtirok qilgan. Uning asarlari dunyoning ko`plab mamlakatlarining shaxsiy kollektsiyalarida saqlanib keladi.
2000 yil - “Interkontinental’ mehmonxonasida shaxsiy ko`rgazmasi, Toshkent.
2002 yil- Temuriylar tarixi davlat muzeyida shaxsiy ko`rgazma.
2003 yil – O`zbekiston Badiiy akademiyasining “Kumush”medali sohibi.
2024 yil – Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Izlanish” nomli shaxsiy ko`rgazmasi.

🟪Ko`rgazma joriy yilning 12 avgustigacha davom etadi.

🟪Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

***********************

1 августа 2024 года в 17.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки керамики Бахтиёра Усарова “Поиск”.
Бахтиёр Усаров родился 29 сентября 1968 года в г. Карши Кашкадарьинской области.
В 1992 году окончил Каршинское музыкально-художественное училище, получив специальность художника-оформителя.
В 1998 году окончил Ташкентский театрально-художественный институт им. А. Н. Островского, ныне Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бехзада (отделение керамики).
Будучи студентом института, Бахтиёр работал вместе с известным художником-керамистом С. Ивановым над декоративным оформлением внутренних интерьеров строившегося в то время дворца “Туркистон”.
Его дипломной работой стало участие в изготовлении керамического панно “Цирк” общей площадью 146 м2 в здании Ташкентского государственного цирка. Также он принимал участие в изготовлении серии керамических панно на станции метро “Дружба народов”.
В 1999 г. вступил в Творческий союз художников Узбекистана.
С 1994 по 2009 гг. работал художником в Ташкентском экспериментальном комбинате художественной керамики им. М. Рахимова.
С 2009 года по настоящее время работает преподавателем в Республиканской специализированной школе-интернате искусств Академии Художеств Узбекистана.
Первая персональная выставка Б. Усарова состоялась в гостинице “Интерконтиненталь” в 2001 году. Успешно прошла в 2004 г. и его персональная выставка в Государственном музее истории Темуридов, организованная по инициативе Республиканского фонда “Узбекмузей”.
В 2003 году Б. Усаров был награжден Серебряной медалью Академии художеств Узбекистана.
В экспозиции выставки представлено более 160 изделий из керамики Бахтиёра Усарова. В их число входят: ляганы, вазы, чаши, чайники, пиалы, горшки, кубки и др. Материалом для изделий служат красная и белая глина, шамот, цветные майолики, глазури.
Также зрители смогут увидеть несколько живописных произведений автора.
Данная выставка - это результат 15 лет исследований и поисков мастера. Внимательно изучая историю, Бахтиёр Усаров пытался восстановить технологию производства гончарных изделий XIV-XVI веков - то есть эпохи Тимуридов.
Все произведения мастера расписаны в самобытной творческой манере. Технология производства, характер декора почерпнуты из гончарного наследия прошлого и достижений современных мастеров. Контурам узоров иногда придается четкий рельеф краской, накладываемой толстым слоем.
Изделия мастера – свидетельство свежего восприятия, оригинального, нетрадиционного взгляда на определенной вид декоративно-прикладного искусства, умение объединить в одном произведении и традиции, и современность.

🟪Выставка продлится до 10 августа 2024 года.

🟪Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 1715    Рейтинг -10   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото

фото