Все новости
⚡️ ANONS⚡️
20.06.2024
⚡️ ANONS⚡️
Joriy yilning dekabr oyida poytaxtimizda “Toshkent quvonchlari” 10-Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi bo'lib o'tadi.

Xalqaro Biyennale bolalar badiiy ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston bolalarining dunyo mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan o‘zaro ijodiy muloqot va turli madaniyatlar haqida tasavvurni boyitish, yangi izlanuvchan ixtiro iqtidorlarini aniqlash, tasviriy san’at borasida yosh san’atsevarlarning kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi bolalarning intellektual o‘sishini rag‘batlantirish, ularning Ona-Vatani va jahon tarixi hamda madaniyatiga qiziqishi, tasavvurini yanada kengaytirish maqsadida o‘tkaziladi.

Mavzu
Bolalik olami”, “Mening Vatanim”, “Men yashayotgan dunyo”, “Mening orzuim”, “Men bilgan O‘zbekiston”
Ishlarga qo'yiladigan talablar
• Ish xajmi 30x40 sm bo'lishi kerak.
• Har bir ish ota-ona/vasiy/o‘qituvchi tomonidan uning original ekanligi va 2024-yilda 3-shaxs yordamisiz yaratilganligi tasdiqlanishi kerak.
• Ishlatish mumkin bo’lgan materiallar: ishtirokchi istalgan materiallardan foydalanishi mumkin. Kompyuterda chop etilgan nashrlar, linogravyuralar, batiklar qabul qilinmaydi.
• Ish mustaqil tarzda, tashqaridan yordamsiz va shaxsan ishtirokchi tomonidan yaratilishi kerak.
• Xar bir ishtirokchi namoyish etilmagan bitta original asar bilan ishtirok etishi mumkin.
• Ish ramkaga solinmasligi kerak.
• Ishlar qaytarilmaydi. Biennale tashkiliy qoʻmitasi barcha asarlarga mualliflik huquqini oʻzida saqlab qoladi.
• Barcha ishlar to‘g‘ri qadoqlangan, ushbu qoidalarga to’liq rioya qilgan holda (pochta to‘lovi to‘langan) Biennale tashkiliy qo‘mitasiga yuborilishi kerak.
Ishtirokchiga eslatma
Iltimos, ishtirokchi anketasini to‘liq to‘ldiring va ishtirokchining asari bilan Biennale tashkiliy qo‘mitasi manziliga yuboring.
Ishtirokchiga qo'yiladigan talablar
Biennaleda 5 - 15 yoshdagi bolalar ishtirok etishi mumkin.
Ariza topshirish muddatlari
2024-yil 1-avgustdan 20-noyabrgacha (biennale tashkiliy qoʻmitasi tomonidan ushbu sanaga qadar ariza qabul qilinadi).
Sovrinlar
Barcha asarlar Biennalening hakamlar hay’ati a’zolari totmonidan baholanadi. Hakamlar hay'atining qarori yakuniy hisoblanadi.
Sovrinlar quyidagilardan iborat:
7 ta oltin medal
7 ta kumush medal
7 ta bronza medali
50 ta esdalik medali
Natijalar 2024-yil dekabr oyida eʼlon qilinadi. Gʻoliblar pochta orqali alohida xabar qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumot
Ishtirokchi tomonidan so'rovnomaning barcha bandlari bosh harflar bilan to'liq to'ldirilishiga alohida e'tibor bering. Ma’lumot to’liq taqdim etilmaslik ishtirokchi ismi-sharifini yoki asar nomini noto'g'ri o'qilishishi yoki xatolik tufayli g'olibning mukofotini qaytarish kabi xatolarga olib kelishi mumkin.
Ustama tolov yoki yuk/kargo ko'rinishida yuborilgan asarlar qabul qilinmaydi.

“Toshkent quvonchlari” X Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi ishtirokchi so'rovnomasi/arizasini quyidagi havola orqari yuklab olishingiz mumkin: https://disk.yandex.uz/d/ae1MCC6PczlpNA

Asarlarni yuborish uchun manzil:

Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi direksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100037, Toshkent sh., Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 37 “A”
Просмотров 1479    Рейтинг -5   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото