Все новости
“Naqshlar tilga kirganda” nomli shaxsiy ko`rgazma / Персональная выставка "КОГДА ГОВОРЯТ УЗОРЫ"
06.05.2024
“Naqshlar tilga kirganda” nomli shaxsiy ko`rgazma / Персональная выставка "КОГДА ГОВОРЯТ УЗОРЫ"
2024 yilning 6 may kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik zalida taniqli ganchkor Yusufjon Adilovning 75 yoshlik yubileyiga bag`ishlangan“Naqshlar tilga kirganda” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada ustaning 30dan ortiq ganchkorlik ishlari hamda 28ta yurtimizdagi bino va inshootlarini bezatishdagi ishtiroki aks etgan fotosuratlar namoyish qilindi.
Yusufjon Adilov – 1949 yil 2 mayda Toshkent shahri Chilonzor tumanida tug`ilgan. 1972-1978 yillar I. Karimov nomidagi texnika universiteti (Toshkent Politexnika institutining kechki bo`limida) “Arxitektura” yo`nalishida tahsil olgan. U o`qish va ishni birga olib borgan.
Yusufjon Adilov O`zbekiston Xalq ustasi Mahmud Usmonovga shogirdlikka tushdi. Ustozidan ganchkorlik san`ati sirlarini qunt bilan o`rgandi va birgalikda Toshkent metrosi bekatlari, “Bahor” konsert zali, “Zarafshon’ restoranini bezashda bevosita istirok etdi.
Poytaxtimizdagi “Nozimaxonim” masjidi, “Ko`k go`mbaz” majmuasi, “Sayyor” restorani, Samarqand shahridagi Al-Buxoriy majmuasi, “Samarqand” restorani, Buxoro shahrida “Buxoro” mehmonxonasi, Qarshi shahridagi musiqali drama teatri, Termiz aeroporti, Jizzax shahar madaniyat saroyi majmualarini bezatishda Yusufjon Adilov faol ishtirok etgan.
Usta nafaqat yurtimizda, balki, chet davlatlarda ham milliy ramzlarni yarata olgan. Jumladan, Moskva shahrida “O`zbekiston” mehmonxonasi, Penzada “Toshkent” universal savdo shahobchasi, Voronejdagi “Non” mahsulotlari korxonasi, Sochidagi “Sochi” pansionatini bezashda ganchkorlik san`ati uslublari va naqshlardan keng foydalangan.
Yusufjon Adilov 1976 yildan boshlab ganchkor usta sifatida tanila boshladi. Uning 50 yildan ortiq ish faoliyati ganchkorlik va naqqoshlikka bag`ishlangan. O`g`illari Shuhrat, Sherzod, Mo`minlar ham ota kasbini davom ettirib kelmoqda. Poytaxtimizdagi “Toshkent City” qurilishi bezash ishlarida Yusufjon Odilov o`g`illari va shogirdlariga o`zi bosh-qosh bo`ldi. Bu esa ustaga katta faxr bag`ishladi. Shuningdek, ‘Ashxobod’ sayilgohi, “Navro`z bog`i’dagi Toshkent uslubida yaratilgan bezash ishlarida ham ishtirok etishgan.
Ganchkor usta Yusufjon Adilov Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
1985 yildan to hozirgacha ham Yusufjon Odilov ganchkorlik bo`yicha “Ustoz va shogird” maktabini rivojlantirib kelmoqda. Uning 150dan ortiq shogirdlari bugun el sevgan va tanigan ustalarga aylanishgan.
Usta yaqinda 75 bahorni qarshi olishiga qaramay, hamon o`z bilimlarini yoshlarga berishdan charchamaydi.

Ko`rgazma joriy yilning 19 mayigacha davom etadi.

Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

**********************************

6 мая 2024 года в 17.00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки мастера по ганчу Юсуфжона Адилова.
Юсуфджон Адилов родился 2 мая 1949 года.
Начинал свою трудовую деятельность простым плотником на стройке, после прохождения службы в армии работал водителем троллейбуса, механиком и мастером резьбы по ганчу.
Одновременно изучал архитектуру на вечернем отделении Ташкентского политехнического института (ныне Ташкентский государственный технический университет им. И.А. Каримова).
Познавать секреты мастерства резьбы по ганчу Юсуфджон Адилов начал у Народного мастера Узбекистана Махмуда Усманова. В последствии, в сотрудничестве со своим учителем, занимался декоративным оформлением станций Ташкентского метрополитена, концертного зала “Бахор”, ресторана “Зарафшан”.
Принимал активное участие в художественном оформлении многих административных и бытовых зданий и сооружений в городах России (Москва, Сочи, Пенза, Воронеж).
Также Юсуфджон Адилов занимался декоративным оформлением мечети Нозимахоним, комплекса “Голубые купола”, ресторана “Сайёр” в Ташкенте, Мемориального комплекса Имама аль-Бухари, ресторана “Самарканд” в Самарканде, гостиницы “Бухара” в г. Бухара, Кашкадарьинский областной театр музыкальной драмы в г. Карши, аэропорта в г. Термез.
Работы мастера известны не только в нашей республике, но и за рубежом.
В совершенстве освоив свою профессию, Юсуфджон Адилов с 1985 года по сегодняшний день развивает школу резьбы по ганчу «Устоз-шогирд», где в качестве преподавателя уже обучил более 150 учеников.
В 2005 году был принят в Союз художников Узбекистана, в секцию народно-прикладного искусства.
За многолетнюю плодотворную деятельность неоднократно был награжден почетными грамотами и дипломами Академии художеств Узбекистана.
В 2019 году указом Президента от 28.08.2018 г. «О награждении в связи с 28-летием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры и искусства» был удостоен ордена “Мехнат шухрати”.
Сыновья Юсуфджона Адилова Шухрат, Шерзод и Мумин продолжили дело отца. Совместно с ними и со своими учениками, Юсуфджон Адилов занимался декоративным оформлением в стиле Ташкентской школы резьбы по ганчу парков “Ашхабад”, “Навруз”. Также они занимались оформлением парка “Tashkent City”, что является предметом гордости Юсуфджона Адилова.
В экспозиции выставки представлены панно, люстры, карнизы, бра, светильники и другие декоративные элементы, выполненные Юсуфджоном Адиловым из ганча. Также представлены фотографии различных зданий, декоративным оформлением которых занимался мастер.

Выставка продлится до 19 мая 2024 г.

Вход свободный.

↖️Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 1829    Рейтинг -15   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото