Все новости
“REFLECTION” nomli grafika ko‘rgazmasi / Выставка графики художников “REFLECTION”
17.04.2024
“REFLECTION” nomli grafika ko‘rgazmasi / Выставка графики художников “REFLECTION”
An’anaviy “Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” doirasida Rassomlar ANVAR MAMAJONOV, YEVGENIY PAK va DILBEK TO'XTAQUKOVlarning “REFLECTION” nomli grafika ko‘rgazmasi
2024 yilning 17 aprel kuni soat 11:30da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko‘rgazmalar zalida Rassomlar ANVAR MAMAJONOV, YEVGENIY PAK va DILBEK TO'XTAQUKOVlarning “REFLECTION” nomli grafika ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi va Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi.

O‘zbekiston zamonaviy grafikasi milliy tasviriy san’atning eng dolzarb va muammoli sohalaridan biri bo‘lib, uning dastgohli va bosma turlari yildan yilga mutaxassislar e’tiborini tortib kelmoqda. So‘nggi paytda grafikaga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar soni kamayib ketishi, estamp (bosma grafika) turlarining inqirozga yuz tutishi va ustoz-shogird an’analarining tizimi uzilishi grafika rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shunga qaramay, sanoqli rassomlar ijod qilishdan to‘xtamaganini hamda asta-sekin grafikaning dastgohli va bosma turlarida asarlar yaratilishi davom etayotgani natijasida badiiy an’analar tiklanayotganini mazkur ko‘rgazmada ko‘rishimiz mumkin.
“Reflection” deb nomlangan va grafikaga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etish uchun O‘zbekiston zamonaviy tasviriy san’ati rivojiga xissa qo‘shib kelayotgan uchta rassom tanlab olingan. Ko‘rgazma Badiiy akademiya tomonidan har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan Tasviriy san’at Festivali doirasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazmaning dolzarbligi bir nechta faktorlar bilan bog‘liq, ular orasida: milliy grafika san’atiga xos badiiy tamoyillarni saqlab qolish, ularni o‘rganish va targ‘ib qilish, dastgohli va bosma grafika turlarida mavjud bo‘lgan muammolarni yuzaga chiqarish, yetakchi rassomlar ijodini yoritish hamda ularni jahon miqyosida ro‘y berayotgan jarayonlarga qo‘shish kabilardir. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi O‘zbekiston dastgohli va bosma grafikasida sermahsul ijod qilib kelayotgan rassomlar ijodi orqali sohada yuz berayotgan jarayonlar, badiiy tendensiyalar hamda ijodiy izlanishlarni aks ettirishdan iborat.
Ko‘rgazmaning nomlanishi va ishtirokchilarini saralash jarayoni avvalo har bir ijodkorning o‘z ijodiy kredosini tanlash, anglash yoki qayta ko‘rib chiqish borasidagi ehtiyojlaridan va umuman olganda alohida badiiy tamoyillaridan tortib butun ijod yo‘lini isloh qilish ishtiyoqidan kelib chiqadi. Bu borada Anvar Mamajonov, Yevgeniy Pak va Dilbek To‘xtaqulov ayni damda o‘sha “tayanch nuqtani” topa olgan va mavzular doirasini aniqlab, o‘z “arxetiplarini” belgilab olgan rassomlardan bo‘lib, hozirgi kunda ular grafikaning turli texnika va turlarida o‘z ijodiy qarashlarini namoyish etib kelmoqdalar.
Tomoshabin e’tiboriga havola etilgan uchta rassom ijodi refleksiya (reflection – san’at, falsafa, adabiyot orqali o‘zlikni, indivuallikni anglash yo‘li) orqali namoyon bo‘lgan… Uchta konsepsiya, har birida O‘zbekiston zamonaviy grafikasining ilg‘or tendensiyalari o‘ziga xos ifoda etilgan.

Anvar Mamajonov – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, mamlakatimizda muvaffaqiyatli ijodiy va pedagogik faoliyat yuritib kelayotgan grafiklarning keksa avlodidan. Uning dastgohli va bosma grafikaga mansub asarlari umuminsoniy mavzular va global jarayonlarga bag‘ishlangan bo‘lib, eng sara turkumlari sifatida “Urush farzandlari” yoki “101 o‘zbek” kabilarni keltirish mumkin. Rassomning xalq og‘zaki ijod namunasining durdonalaridan biri bo‘lgan “Afandi latifalari”dan ilhomlanib yaratgan asarlarida milliylik va ko‘tarinki ruhiyatlari uyg‘unlashgan.

Yevgeniy Pak – rassom oilasida o‘sib ulg‘aygan va badiiy-estetik didni erta shakllantirib, mahorat bilan namoyon etgan rassomlardan bo‘lib, u grafikaning turli xil texnikalarida tajribalar o‘tkazish orqali o‘z ijodiy dastxatini shakllantirgan. Litografiya, linogravyura, monotipiya, pastel, qo‘shma usul – bularning barchasi rassom uchun o‘ziga xos badiiy xabar (message) qoldirish imkoniyati sifatida qaraladi.

Dilbek To‘xtaqulov – yosh va navqiron bo‘lishiga qaramasdan dunyoni falsafiy mushohada etishga intiluvchi grafik rassom. Uning sufiyona dunyoqarashi har bir asarning har birbosqichida, ya’ni mavzuni tanlashdan boshlab to qog‘ozga tushirilgan oxirgi shtrixgacha bo‘lgan jarayonda aks etadi. Bunga misol sifatida koinotdagi sayyoralar gravitatsiyasi yoki “Sabbai Sayyor” turkumi, olamni larzaga soluvchi shavqatsiz dunyo ishlarining begunoh bola nigohidagi aksi yoki “Insoniyat farzandi” kabi turkum asarlarini keltirish mumkin. O‘zbek xalqining madaniyati va san’atiga xissa qo‘shgan arboblar siymosini tasvirlashga bag‘ishlangan asarlar rassom ijodida alohida ahamiyatga ega.
Ushbu uchta rassom o‘z ijodini grafika bilan bog‘lagan. Ular tanlagan yo‘l serqirra va ijodiy parvoz mahsulini namoyish etish imkoniyatlariga boy bo‘lib, badiiy xususiyatlariga ko‘ra mashaqqatli va murakkabligi bilan ham tasviriy san’atning boshqa turlaridan birmuncha ustun turadi. Bejizgamas Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer, Pablo Pikasso singari daholar grafikani bo‘lakcha e’zozlaganlar.
Ko‘rgazma kuratori O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Nigora Yadgarova.
Grafika asarlaridan tashkil topgan ekspozitsiya soha mutaxassislari va barcha san’at ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.

************************************

Выставка графики художников: АНВАРА МАМАДЖАНОВА, ЕВГЕНИЯ ПАКА и ДИЛБЕКА ТУХТАКУЛОВА “REFLECTION” в рамках традиционного “Международного фестиваля изобразительного и прикладного искусства”

7 апреля 2024 года в 11:30 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставка графики художников: АНВАРА МАМАДЖАНОВА, ЕВГЕНИЯ ПАКА и ДИЛБЕКА ТУХТАКУЛОВА "REFLECTION" в рамках традиционного “Международного фестиваля изобразительного и прикладного искусства”, проходящего с 15 по 19 апреля 2024 года.

Организаторы: Академия Художеств Узбекистана, Международный караван-сарай культуры Икуо Хираямы и Дирекция художественных выставок.

Современная графика Узбекистана является одним из востребованных видов изобразительного искусства, что объясняется нарастающим интересом к проблемам станковой и печатной графики среди отечественных искусствоведов и художников. В последние годы развитие национальной графики переживало не лучшие времена, количество выставок по данному виду искусства в стране упало до критической отметки. Однако, несмотря на это художники продолжают творить и постепенно прослеживается тенденция роста молодых графиков и появляется надежда на возрождение традиций печатной графики.

Выставка графики “Reflection” представляет творчество трёх современных художников Узбекистана, которые вносят весомый вклад в развитие отечественного искусства. Она проходит в рамках фестиваля изобразительного искусства, ежегодно проводимого Академией художеств Узбекистана.
Актуальность данной выставки обусловлена несколькими факторами, среди которых: необходимость изучения и сохранения художественных принципов национального графического искусства, выявление проблем в области станковой и печатной графики, освящение творчества передовых графиков и включение их в глобальные художественные процессы. Данная выставка ставит целью показать основные тенденции в современной станковой и печатной графике Узбекистана через творчество трёх наиболее плодотворно работающих художников в данной области искусства.
Выбор названия и участников выставки связан в первую очередь с тем, что каждый художник имеет потребность в осмыслении и переосмыслении своего творческого кредо, основных принципов в отдельности и пройденного пути в целом. Анвар Мамаджанов, Евгений Пак и Дилбек Тухтакулов являются теми художниками, которые смогли найти «точку опору» и определить круг тем и мотивов для творчества, сформировать собственные «архетипы», и наконец, в настоящем они продолжают успешно реализовать свои художественные принципы в различных видах и техниках графики.
Три художника, творчество которых пронизано рефлексией (reflection – индивидуальный путь самопознания через искусство, философию, литературу) … Три концепций, в которых находят отражение преобладающие тенденции современной графики Узбекистана.

Анвар Мамаджанов – академик Академии художеств Узбекистана, представитель старшего поколения национальных графиков, ведущий активную творческую и педагогическую деятельность в стране. Его работы в области станковой и печатной графики затрагивают глобальные темы, как серия «Дети войны» или «101 узбек», или погружают в добрую атмосферу народного творчества, как в иллюстрациях к произведению «Анекдоты Афанди».

Евгений Пак – художник с профессиональным стержнем, имеющий эффект встроенной программы, нацеленной на проектирование графических произведений во всех видах этого искусства. Литография, линогравюра, монотипия, пастель, смешанная техника – любая возможность проявить свой massage (художественный посыл) используется им умело и виртуозно.

Дилбек Тухтакулов – молодой и уже успешный график с философской интерпретацией мира. Его, как обладателя постсуфийского мировоззрения, волнуют темы вселенского размаха: гравитация планет и их влияние на судьбу человечества (серия «Саббаи Сайёр»), пороки взрослых людей и их отражение в глазах невинного ребёнка («Дитя человечества»), культурное наследие узбекского народа и его значение для современного общества (серия картин, посвященных деятелям культуры, искусства и литературы).
Три художника определили свой путь в творчестве. Они выбрали графику, с ее возможностями тонко и точно передавать свободный полёт творческих фантазий. Мир графики, некогда покоривший ум и фантазию Леонардо да Винчи, Альбрехта Дюрера, Пабло Пикассо и многих других гениев изобразительного искусства, раздвигает горизонты творчества, раскрывает смыслы бытия, выступает проводников в мир бессознательного.
Куратором выставки выступает искусствовед, младший научный сотрудник Института искусствознания Академии наук Республики Узбекистан Нигора Ядгарова.
Выставка графики «Reflection» рассчитана на профессионалов и любителей искусства.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 637    Рейтинг 6   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото