Все новости
"OSTONADAN BOSHLANAR VATAN!" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка "РОДИНА НАЧИНАЕТСЯ С ПОРОГА!"
02.04.2024
"OSTONADAN BOSHLANAR VATAN!" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка "РОДИНА НАЧИНАЕТСЯ С ПОРОГА!"
2024 yilning 1 aprel kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Andijonlik rassom Murod Umarning 70 yoshlik yubileyiga bag`ishlangan “Ostonadan boshlanar Vatan!” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 50dan ortiq asarlari namoyish qilindi, shulardan 15tasi grafika asarlaridir. Shuningdek, “Umr yo`llari” nomli installyatsiasi ko`rgazmadan joy olgan.
Murod Umarov – 1954 yil 22 aprelda O`sh viloyati, Aravon qishlog`ida tug`ilgan.
1975-1980 yillar – Toshkent Davlat Pedagogika institutining “Grafika’ bo`limida ustozlari M. Nabiyev, C. Yanis va Sh. Abdurashidovlar qo`lida tahsil olgan.
1980-1985 yillar – Andijon viloyati rassomlar ustaxonasida ishlagan.
1985 yildan buyon hozirgacha – Andijon san`at kollejida yoshlarga rassomlik sirlarini o`rgatib kelmoqda.
1999 yildan – O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
2004 yil – Markaziy ko`rgazmalar zalida “Vatanimda tog`u-toshlar ham tilga kirgay’ nomli shaxsiy ko`rgazmasi tashkil qilingan va Diplom bilan taqdirlangan.
2006 yil – Qirg`iziston respublikasida “O`zbek-Qirg`iz” do`stligiga bag`ishlangan shaxsiy ko`rgazma tashkil qildi.
2009 yil – Markaziy ko`rgazmalar zalida “Jannatmakon yurtim” nomli shaxsiy ko`rgazmasini o`tkazgan.
2011 yil 21 may – Andijon shahrining “O`zbekiston” ko`chasiga O`rta Osiyoda birinchilardan bo`lib, uzunligi 40 metr bo`lgan mahobatli “Choynak va piyola” rasmini chizib, barchaning olqishiga sazovor bo`ldi.
2013 yil – Andijon shahrining “Istiqlol” ko`chasi ochilishida 55 metrlik “Andijon tarvuzi’ deb nomlangan “3.4” asarini yaratdi.
2014 yil – K. Behzod nomidagi Sharq miniatyura san`ati muzeyida 60 yoshlik yubileyi munosabati bilan “Suyukli diyor” nomli shaxsiy ko`rgazmasi o`tkazildi.
2019 yil – Surxondaryo viloyatida bo`lib o`tgan “Baxshi” xalqaro festivalida shaxsiy ko`rgazma tashkil qilgan.
2019 yil – Qo`qon shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro Hunarmandchilik festivalida 50 metrlik “Mis ko`za va kosa” asarini asfaltga ishladi.
Rassom ertoshlik tarixchi I. Isaboyevning “Tog` qo`ynida bir chaman” hamda andijonlik shoira Xurshidabonuning “Samoi nur” nomli kitoblariga illyustratsiyalar yaratgan. Uning asarlari O`zbekiston Olimpiya muzeyi, Andijon galereyasi va Bishkek muzeylarida saqlanib kelmoqda.
Murod Umarov ijodi o`ziga xos. U Ona – Vatanini chin dildan sevadi, ayniqsa, tugilib o`sgan joyini, odamlarini, tabiati va qadriyatlarini chizishdan zavqlanadi. Masalan, “Jonajon o`lkam” nomli asari bir umr mehnat qilib, oilasini ketmon ortidan boqqan ota-onasiga bag`ishlangan. Egri ketmon – ota, nozik va to`g`risi – ona obrazlaridir. Ular mehnat ortidan juda chiroyli va baxtiyor umr kechirishgan.
“Vatan – ostonadan boshlanadi” nomli asarida rassom o`zining bolalik o`yinlarini tashlab, o`smirlik ostonasiga qadam qo`ygan bolaning hissiyotlarini aks ettirgan. U kelajakda yaxshi bilim olib, o`z xalqining sevgan insoni bo`lishni orzu qiladi.
“Arafa” nomli asarda rassom butun olamdagi insonlarning xuddi shu kundagidek doimo mehr-oqibatli bo`lishini istaydi. Shom paytida qo`ni-qo`shni, qarindoshlarga osh tarqatayapti va bu orqali o`z mehrlarini bildirishmoqda.
Murod Umarov ijodi haqida akademik V. Burmakin shunday deydi: Rassomning grafika asarlarini dunyoning har qanday ko`rgazma zallari va muzeylarida qo`yish mumkin. Ayniqsa, “Assalom Navro`z”, “birinchi muhabbatim”, “Aravon chilustun g`orlari” nomli asarlari tahsinga sazovor.
“Navro`z sadolari” nomli asarda yurtimizga Navro`zi olam kelganligini tut daraxti orqali tasvirlashga harakat qilgan. Xuddi tut daraxti shoxlari bahorni his qilib, karnay-surnay va childirma chalayotgandek.
“Muhabbat bekati” nomli asarda esa sevgan qizini daraxt po`stlog`iga hech kim ko`rmaslik uchun sirli ravishda yashirayotgan yigit va qiz tasvirlangan. Xuddi ularni ukasi durbinda, onasi esa qo`llarida xivich bilan kuzatib kelayotgandek xavotirda.
Murod Umar ijodi murakkab emas. Bir qarashda hammasini tushunish mumkin. Bu rassom tabiatining soddaligi, kamtar va samimiyligidan dalolat berib turadi.
Ko`rgazma joriy yilning 11 apreligacha davom etadi.

Kirish bepul.

Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*********************

1 апреля 2024 года в 17.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки художника Мурада Умарова “Родина начинается с порога”.

Мурад Умаров родился 22 апреля 1954 года в селе Араван Ошской области Республики Кыргызстан.
С детства много работал на поле, выращивая хлопчатник, овощи, табак. Рисовать начал с четырех лет.
1961-71 гг. - учеба в средней школе.
В начале 70-х годов два года работал в Ошском государственном академическом узбекском музыкально-драматическом театре имени Бабура.
В 1972-74 гг. - проходил действительную военную службу в рядах советской армии.
С 1974 по 1975 гг. работал рабочим на заводе “Ташсельмаш”.
С 1975 по 1980 гг. проходил обучение на факультете “Художественной графики” Ташкентского государственного педагогического института. Его педагогами были: профессор М. Набиев, С. Янс и Шухрат Абдурашидов.
С 1977 по 1980 год постигал секреты искусства в доме Народного художника Узбекистана, академика Абдулхака Абдуллаева.
В середине 80-х работал художником-оформителем в творческом комбинате «Рассом».
С 1985 года преподает в Андижанском художественном училище. В настоящее время более 20 его учеников окончили Национальный институт художеств и дизайна имени К. Бехзода. Общий стаж
преподавания более 40 лет.
С 1999 года член Творческого союза художников Узбекистана.
Мурад Умаров принимает активное участие в республиканских и международных выставках и конкурсах:
Неоднократный победитель конкурса “Eng ulug‘, eng aziz” (2005г., 2012 г., 2013 г.).
Творческие работы художника хранятся в Музее олимпийской славы в Ташкенте, Андижанской галерее, в музее Республики Киргизстан.
Персональные выставки:
2002 г. - персональная выставка на предприятии “UZ-DAEWOO”.
2004 г. - персональная выставка в ЦВЗ Академии художеств Узбекистана, награжден Дипломом Академии художеств Узбекистана.
2006 г. - персональная выставка в Республике Кыргызстан, посвященная дружбе народов Узбекистана и Кыргызстана.
2009 г. - персональная выставка в ЦВЗ Академии художеств Узбекистана.
В 2011 году награжден Почетной грамотой Академии художеств Узбекистана за организацию выставки «Учитель и ученик» в рамках Недели искусств, проходившей в Ташкенте.
2014 г. - персональная выставка “Любимый край” в Мемориальном парке-музее им К.Бехзода приуроченная к 60-летнему юбилею художника.
2019 г. персональная выставка на Международном фестивале “Бахши” в Сурхандарьинской области.
В 2013 году на открытии улицы “Истиклол” в Андижане он создал 55-метровую работу под названием “Андижанский арбуз”.
В 2016 году был награжден Почетной грамотой хакимом Андижанской области Шухратбеком Абдурахмановым.
В 2016 году за многолетнюю плодотворную работу и вклад в культуру и искусство Узбекистана награжден Почетным знаком Министерства культуры и спорта Республики Узбекистан.
В 2019 году в Коканде Мурад Умаров вместе с учениками создал трехмерную картину на дороге, изобразив кувшин с чашей.
Мурад Умаров подарил Детскому дому №2 города Андижана 40 творческих работ.
Так же он проводит встречи с лекциями об искусстве, человечности, красоте и поэзии среди студентов в университетах и колледжах Узбекистана.
Художник является автором иллюстраций к книгам историка И. Исабоеба и поэтессы Хуршидыбону из Андижана.

В экспозиции выставки представлено более 50 живописных и графических работ автора, выполненных в бытовом жанре, жанре натюрморта, портрета, пейзажа.
Работы художника проникнуты любовью к природе родного края и его людям.

Выставка продлится до 11 апреля 2024 года.

Вход свободный.

Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 1172    Рейтинг 9   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото