Все новости
Yapon tili bo‘yicha musobaqa / Турнир по знанию японского языка
17.03.2024
Yapon tili bo‘yicha musobaqa / Турнир по знанию японского языка
Joriy yilning 16 mart kuni soat 17:00da O‘zbekistondagi Yaponiyaning elchixonasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida an’anaviy yapon kartasi yordamida yapon tilini o‘rganish bo‘yicha musobaqasini tashkil qildi. Musobaqada Toshkent va Samarqandda joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda Toshkentdagi O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlatirish markazida yapon tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirning maqsadi O‘zbekistonda yapon tilini o‘rganishga ko‘maklashish va rivojlantirish, talabalar o‘rtasidagi o‘quv jarayonini rahbatlantirish va yapon madaniyati bilan tanishtirishga qaratilgan.
Musobaqada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodi va diplomatiya universiteti, Japan Digital University hamda Samarqand davlat chet tillari instituti va O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlatirish markazining 64 nafar talabasi ishtirok etdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

*************************

16 марта сего года в 17:00 (сб), Посольство Японии в Республике Узбекистан в Международном Караван-сарае культуры Икуо Хираямы при участии студентов, изучающих японский язык в Ташкенте, Самарканде и Узбекско-Японском Центре, провело турнир по знанию японского языка посредством игры в японские карты в Международном Караван-сарае культуры Икуо Хираямы.
Целью данного мероприятия является содействие развитию и изучению японского языка в Узбекистане, стимулирование учебного процесса среди учащихся, знакомство с японской культурой и кухней.
В турнире приняли участие 64 студента из Ташкентского государственного института востоковедения, Ташкентского государственного юридического университета, Узбекского государственного университета мировых языков, Japan Digital University, Университета мировой экономики и дипломатии, Самаркандского государственного института иностранных языков, Узбекско-Японского Центра.
Победители были награждены призами от организаторов.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 1846    Рейтинг -6   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото