Все новости
"HIKMATNI IZLAB" nomli ko'rgazma / Выставка "В ПОИСКАХ ИСТИНЫ"
05.02.2024
"HIKMATNI IZLAB" nomli ko'rgazma / Выставка "В ПОИСКАХ ИСТИНЫ"
2024 yilning 5 fevral kuni soat 12:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko`rgazmalar zalida “Hikmat izlab” nomli xattotlik ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.

Ko`rgazmada Toshkent shahri va Andijon hamda Farg`ona viloyatlarida yashab ijod qilayotgan xattotlarning 60dan ortiq ijodiy asarlari namoyish qilindi.
Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi), kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi hisoblanadi. Xattotlik yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan. Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan. Xattotlik sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.

Salimjon Badalboyev bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir. Xattotlik hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida oʻrgatiladi.
Uzoq yillar K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida xattotlikdan dars berib kelgan, hozirda juda ko`p shogirdlarga ustoz mashhur xattot Salimjon Badalboyevning bir qancha asarlari ko`rgazmadan joy egallagan.
Ko`rgazma ishtirokchilari: Yoqub Buxarboyev, Omina Boynazarova, Xayrulla Lutfullayev, Shaxzoda Rahmatullayeva, Mashhura Sobirova, Umar Payzimuxamedov, Gulmira Qahhorova, Ikromjon Nosirov, Abdulboriy Islomov, Shoira Darveshyeva, Madina Saliaxunova, Nozima Alimuhammedova, Amina Boynazarova, Nozima Jo`rayevalarning ijod namunalaridan ham bahramand bo`lasiz.

Shuningdek, ajoyib asarlari taqdim qilinmoqda. Andijon shahridan Zulayho Salomova, Qo`qon shahridan Dilshodaxon Mamajonovalarning ham rang-barang xattotlik ishlari ko`rgazmadan joy olgan.
Ko`rgazma joriy yilning 15 fevraligacha davom etadi.


➡️Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*********************

5 февраля 2024 года в 12.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки каллиграфии “В поисках истины”.

В выставке приняли участие каллиграфы из г. Ташкента, Андижанской и Ферганской областей: Ёкуб Бухарбаев, Омина Байназарова, Хайрулла Лутфуллаев, Шахзода Рахматуллаева, Машхура Собирова, Умар Пайзимухамедов, Гульмира Абдукаххорова, Икромжон Носиров, Абдулборий Исломов, Шоира Дарвишева, Мадина Салиахунова, Нозима Алимухамедова, Зулайхо Саламова, Дилшода Мамаджонова, Нозима Джураева.

В экспозиции выставки представлено более 60 образцов каллиграфического искусства, выполненных в основном с использованием, чернил на таких материалах, как бумага, кожа и ткань.

Арабская каллиграфия - один из видов изобразительного искусства, в котором основным выразительным средством выступает арабская письменность, используемая в арабском, дари, пушту, персидском, уйгурском, урду и некоторых других языках
Особое развитие арабская каллиграфия получила в исламской культуре. Особенно она почитается в мусульманском мире, являясь средством сохранения и распространения «божественного послания», заключенного в Священном Коране.
Во всем мире есть 14 общепризнанных курсивных стилей арабской письменности. В их числе – насх, настолик, дивани, сулюс и рукъа.

Большой вклад в сохранение древнего вида искусства арабской каллиграфии вносит руководитель секции каллиграфии Академии художеств Узбекистана, почетный член Ассоциации «Хунарманд», академик Академии наук «Турон» Салимджон Бадалбоев.
Салимджон Бадалбоев является создателем стиля арабской каллиграфии «гулли насх», который подразумевает широкое использование изображений экзотических цветов.
Салимджон Бадалбоев подготовил более 100 учеников. Многие из них успешно продолжают многовековые традиции арабской каллиграфии в стране и за рубежом.

Выставка продлится до 15 февраля 2024 года.


➡️Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 1700    Рейтинг 11   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото