Все новости
"ORZULAR DUNYOSI" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка "МИР ФАНТАЗИЙ"
27.01.2024
"ORZULAR DUNYOSI" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка "МИР ФАНТАЗИЙ"
2024 yilning 27 yanvar kuni soat 12:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik zalida yosh rassom Diyora Nizomovaning “Orzular dunyosi” nomli shaxsiy ko`rgazmasining jchilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada yosh rassomning 20dan ortiq ijodiy ishlari namoyish qilindi.
Diyora Alisherovna Nizomova - 2008-yil 3-noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Onasi arxitektor bo`lganligi bois, Diyora ham rasm chizishga qiziqib qoldi. Buni sezgan ota-onalar uning tasviriy san`atdan saboq olishiga sharoit yaratib berdi. Hozirda u Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanidagi 171-o`rta maktabning 9-sinfida o’qiydi. Ustozi rassom A. Ahmedxo`jayevdan muntazam tarzda tasviriy san`at bo`yicha saboq olib kelmoqda.
Iste’dodli yosh o‘zbek rassomi ijodida animalistik janr ustunlik qiladi. Hayvonot dunyosi yorqin ranglar bilan emotsional-hissiy jihatdan yorqin tasvirlar hilma-xilligini yaratadi. Uni asarlardagi qahramonlari-irodali yirtqichlardir: ular nafis va ifodali kartinada tasvirlanadi. Muallif panteraning jasorati va g'ayrioddiy rangini sovuq ranglarda yetkazishga intiladi.
“Qora pantera” asarida qora panteraning nigohi xuddi tomoshabinga tikilayotgandek tuyuladi. Binafsha-ko'k ranglar hayvon obrazi yetakchiligini belgilaydi.
Yosh rassom kuz fasliga mahliyo bo‘lib, o‘z asarlarida bu motivni ehtirom bilan kuylaydi. Bu yerdagi syujetning lirik ohangi hayratlanarli darajada nozik va tushunarli tarzda manzaraning hissiy kayfiyatini aks ettiradi. Oltin barglar yerni yuzini o'rab, isitayotgandek. Oldinda yorqin sariq barglardan iborat gilam orasida tasvirlangan tiniq shaffof suvning kichik oqimi o'tkinchi vaqtni aks ettiradi.
Diyora ijodida teran fikr, analitik tahlil va jonli tuyg'u mushohadasi bor. Bolaligidayoq o‘z Vataniga, ona yurtiga, ona zaminiga muhabbat tuyg‘ularini vujudga kelishi, chunonchi katta odamlarga hos vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, tuyg‘usini his qilishga intiladi. U an'anaviy tarzda, askarning uyga qaytishini odatiy qishloq manzarasi fonida ko'rsatadi. Jigarrang-sariq rang kartinaga iliqlik baxsh etadi, naturalistik-ifodaviy metod esa bu asar syujetini real tarzda gavdalantirishga yordam beradi.
Oy nuri daraxtga tushadi va uni qorga tushayotgan soyasidagi aksi, barcha tomonga tarqalib ketadi. Oq qorda aks ettirilgan qalin qora soyalar, to'q jigarrang rang bilan tasvirlangan. Daraxt tanalari sovuq, muzli va qishki sog'inch tuyg'usini anglatadi. Osmon, qor va daraxtlarning rang munosabatlari nozik tarzda ishlab chiqilgan – asarda oq, moviy, ko'k va jigarranglarning bir nechta soyalarini hisoblash mumkin. U qishki tunning tinch hotirjam holatini hayotiy tarzda tasvirlaydi.
Ko`rgazma joriy yilning 5 fevraligacha davom etadi.

✅Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*********************

27 января 2024 года в 12.00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки «Мир фантазий» юной художницы Диёры Низамовой.
Диёра Низамова родилась 3 ноября 2008 года в Ташкенте.
В настоящее время – ученица 8 класса общеобразовательной средней школы № 171.
Диёра активно участвует во многих престижных городских и республиканских конкурсах детского творчества.
Талантливая молодая художница эффективно работает в жанрах пейзажа, натюрморта, анималистики. Для нее пространство холста – это зона художественной импровизации, где она пытается на основе своих впечатлений воплотить фантастические мотивы. Она постоянно работает над собой и старается совершенствовать свои художественные навыки.
В экспозиции выставки представлено более 20 работ автора.
В творчестве Диёры присутствует мысль, аналитика и трепетность живого чувства. Будучи ещё совсем юной девушкой, она пытается прочувствовать уже взрослые чувства любви к отчизне, родному краю, Родине. В картине «Возвращение домой» в несколько условной манере, она показывает на фоне типичного сельского пейзажа возвращение солдата домой. Коричневато-жёлтый колорит пропитывает картину теплотой, натурно-воспроизводящий метод художницы помогает реалистично воплощать сюжет данного произведения.
Желаем юной художнице и дальше развивать свое мастерство, открывать для себя новые горизонты, и найти свой неповторимый путь в искусстве.

Выставка продлится до 5 февраля 2024 года.

✅Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 2538    Рейтинг -17   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото