Все новости
"TABIAT VA MEN" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка "Я И ПРИРОДА"
18.11.2023
"TABIAT VA MEN" nomli shaxsiy ko'rgazma / Выставка "Я И ПРИРОДА"
Rassom Qo`chqorboy Akbarovning “Tabiat va Men” nomli shaxsiy ko`rgazmasi

2023 yil 22 noyabr kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida Rassom Qo`chqorboy Akbarovning “Tabiat va Men” nomli ilk shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 60ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Qo`chqorboy Akbarov – 1950 yil Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani Niyozboshi qishlog`ida tug`ilgan.
1967 yili – P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtiga o`qishga kirgan. 1968 yili harbiy xizmatga chaqirilganligi bois, 1970 yildan o`qishni yana davom ettirdi. 1974 yilda bilim yurtini tamomladi.
1974-1977 yillar – O`rta Osiyo davlat mashina tajriba stantsiyasi rassomi bo`lib ishlagan.
1977-1978 yillar – Xo`jaliklararo kommunal xizmat kombinati rassomi
1978 – 1984 yillar – Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik institutida tahsil olgan.
1998-2002 yillar – Yangiyo`l maishiy xizmat kollejida o`qituvchi bo`lib ishlagan.
2002 – 2009 yillar – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida katta o`qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan.
2009-2013 yillar – P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida o`qituvchilik qilgan.
Qo`chqorboy Akbarov 1983 yillardan boshlab qizg`in ijod bilan shug`ullana boshlagan. U juda ko`plab respublika va xalqaro miqyosda o`tkazilgan ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etgan.
1983 yil - “Yoshlar namoyish etadi” nomli ko`rgazma ishtirokchisi
1988 yil – III Respublika “Akvarel” ko`rgazmasi qatnashchisi
1994,1996,1997,1998,1999,2000,2001 yillar – “Navro`z” va “Mustaqillik” bayramlarida tashkil qilingan k`orgazmalar ishtirokchisi
1995 yil – “Ayollar va gullar” nomli ko`rgazma qatnashchisi
1995 yil – “Kichik Osiyo” Xalqaro badiiy ko`rgazma ishtirokchisi
1995, 2001,2002,2003,2005,2006,2007 yillar – “Tabiat va rassom” nomli ko`rgazma qatnashchisi.
1994 yildan boshlab O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.
Rassom ijodi o`zgacha. U tabiat bilan juda ko`p so`zlashadi. Ayniqsa, eng sevimli mashg`uloti bo`lgan baliq oviga chiqqanda yanada yaqinroq bo`ladi. Ayniqsa, uning “Ovchilik” natyurmortlari, “Qirg`ovul, o`rdak va botqoqlik qushlari”, “Ko`lda qushlar bozori’, “Ov sahnasi” asarlarida ajoyib bir sarguzashtni tomosha qilayotgandek bo`ladi. Rassom faqatgina chizmaydi, balki, chuqur his etadi.
Tabiatda ro`y berayotgan hamma narsani ilg`ashga, qanday bo`lsa, shundayligicha bo`yoqlarga ko`chirishga shoshiladi. Va bunga erishadi ham. Uning juda ko`p asarlari tomoshabinga tabiat qo`ynida yashayotgan va uni boshqalardan k`oproq his qilayotgan musavvirni eslatib turadi. Jumladan, “Quyosh botishidan oldin” asarida tabiatning aynan mana shu mo`jizasini ushlab qolishga harakat qiladi. “Erta bahor. Uyg`onish”, “Tog`larda kuz”, “Qishki manzara”, “Ko`prik”, “Birinchi qor” asarlari ajoyib go`zallikni tomoshabinga armug`on etadi.
Rassom ijodida avtoportret janri juda muhim. Uning ko`plab yurtdoshlarimiz siymolari aks etgan portretlarida o`sha insonning xarakterini berishga, nigohlarini mahorat ila tasvirlashga harakat qiladi. Bir so`z bilan aytganda, o`sha insonni “o`rganadi”.
Rassomning eng sara ishlari O`zbekiston Davlat San`at muzeyida saqlanib kelmoqda. Shu bilan birga Frantsiya, Gollandiya, Malayziya davlatlarida ham asarlari shaxsiy kollektsiyalardan o`rin olgan.

Ko`rgazma joriy yilning 3 dekabrigacha davom etadi.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

************************************

Выставка художника Кучкарбоя Акбарова

22 ноября 2023 года в 17.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки художника Кучкарбоя Акбарова под названием “Природа и я”.
Кучкарбой Акбаров родился 12 февраля 1950 года в Ташкентской области.
В 1967 году, после окончания средней школы, поступил в Республиканское художественное училище им. П. Бенькова (ныне Республиканская специализированная художественная школа им. П. Бенькова).
С 1968 по 1970 гг. проходил действительную военную службу в рядах советской армии, прервав на время обучение в Республиканском художественном училище.
В 1974 г окончил Республиканское художественное училище им. П. Бенькова.
С 1978 г. по 1984 г. – проходил обучение в Ташкентском государственном театрально-художественный институте им. А.Н. (ныне Государственный институт искусств и культуры им. М. Уйгура).
С 1998 по 2002 гг. – работал преподавателем в колледже бытового обслуживания г. Янгиюля.
С 2002 по 2009 гг. - работал старшим преподавателем в Национальном институте художеств и дизайна им. К. Бехзада.
С 2009 по 2013 гг. - работал учителем в Республиканской Художественной школе им. П. Бенькова.
В 1994 году вступил в Союз художников Узбекистана.
Начиная с 1983 года К. Акбаров принимает активное участие в республиканских и международных выставках:
1985 г. - республиканская художественная выставка “Показывают молодые”;
1986 г. - республиканская художественная выставка “Натюрморт и керамика Узбекистана”;
1988 г. - III республиканская - 1997, 1998, 1999, 2000 гг. - республиканская художественная выставка, посвященная годовщине Независимости Республики;
1994, 1995, 2002 гг. - республиканская художественная выставка “Навруз”
1995 г. - республиканская художественная выставка “Цветы и женщины”;
1995 г. - художественная выставка в Малайзии;
1995, 1997, 2001-2006 гг. - республиканская художественная выставка “Художник и природа”;
1996 г. - республиканская художественная выставка “Весенний вернисаж”;
1999 г. - республиканская художественная выставка “Природа и скульптура”;
2000, 2003 гг. - республиканская художественная выставка “Автопортрет”.
2009 г. – выставка, посвященная 2750-летию г. Самарканда, организованная во Франции Академией художеств Узбекистана совместно с Республиканским общественным детским фондом “Сен ёлгиз эмассан”.
Картины Кучкарбоя Акбарова хранятся в музеях и частных коллекциях Узбекистана, а также ряда зарубежных стран: Франции, Голландии, Малайзии и др.
В экспозиции выставки представлено около 60 работ автора, выполненных в бытовом жанре, жанре натюрморта, портрета, пейзажа.
Пейзажи художника пронизаны лиризмом и безграничной любовью к природе, к родному краю.
Изящно и тонко отражая природу в своих произведениях, автор показывает - как хороша природа Узбекистана во все времена года.

Выставка продлится по 3 декабря 2023 года.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 1775    Рейтинг 11   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото