Все новости
“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilarining rangtasvir asarlari ko‘rgazmasi / Выставка художественных работ участников республиканского этапа конкурса “Образ Родины – глазами художника”
24.08.2023
“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilarining rangtasvir asarlari ko‘rgazmasi / Выставка художественных работ участников республиканского этапа конкурса “Образ Родины – глазами художника”
24-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ranglar jilosida - ona diyor” rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari asarlari ko‘rgazmasining ochilishi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Ranglar jilosida - ona diyor” an’anaviy rasmlar tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 2 fevraldagi PQ-112-son qarori hamda joriy yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” PQ-241-son Qarori tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilindi.

Mamlakatimizda iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan ushbu tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, tasviriy san’at yo‘nalishida (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) ijod qilayotgan yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.

Tanlov 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 3 ta yosh toifalari bo‘yicha 2 bosqichda tashkil etildi.

Birinchi bosqich - viloyat bosqichi: iyun’-iyul’ oylarida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etildi;

Tanlovning Respublika bosqichida tasviriy san’atning rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan hududiy bosqich g‘oliblari bo‘lgan 7 yoshdan 30 yosh orasidagi 126 nafardan ortiq yosh ijodkorlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
Ishtirokchilarning ijodiy ishlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a'zolari, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining a'zolari, taniqli ijodkorlar, shuningdek, madaniyat va san'at sohasi vakillaridan iborat nufuzli Hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, jami 12 nafar yosh ijodkorlar tanlov g‘olibi, deb topildi.

Shundan 9 nafar yosh ijodkor tanlovning sovrinli o‘rinlariga, 3 nafar yosh ijodkor rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘lishdi.

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan asarlarda asosan ona diyorimizning betakror tabiati hamda xushmanzara joylari tasvirlangan.

Ijodiy ishlarning har birida yosh ijodkorlarning dunyoqarashi va tuyg‘ulari aks etgan borliq, hissiyot va yosharish dunyosi yashiringan.

“Ranglar jilosida - ona diyor” respublika yosh ijodkorlari rasmlar tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari bilan tanishing:

7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin - Yo’ldosheva Solihabonu (Qashqadaryo viloyati);
II o‘rin - Toshkanov Xasan (Qashqadaryo viloyati);
I o‘rin - Qobilova Muslima (Toshkent shahri).

14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin - Baxtiyorova Soliha (Toshkent shahri);
II o‘rin - Rixsiboyev Xasan (Toshkent viloyati);
I o‘rin - Sadullayeva Yulduz (Xorazm viloyati).

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin - Kalishbekov Isa (Toshkent viloyati);
II o‘rin - Isroilova Munisa (Toshkent shahri);
I o‘rin - Abdumajidov Avazjon (Toshkent viloyati).
Rag‘batlantiruvchi sovrin va Diplom sovrindorlari:

1. Madraimova Shahzoda (Xorazm viloyati);
2. Umurzoqova Madinabonu (Toshkent shahri);
3. Zuyev Gleb (Toshkent shahri).

Ko‘rgazma joriy yilning 3 sentyabrigacha davom etadi.

**************************

24 августа 2023 года в 11:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки художественных работ участников конкурса “Образ Родины – глазами художника”, также прошла церемония награждения победителей конкурса.

Конкурс “Образ Родины – глазами художника” проводится во исполнение Постановлений Президента Республики Узбекистан: № ПП-112 от 02.02.2022 “О дополнительных мерах по дальнейшему развитию сферы культуры и искусства”, № ПП-241 от 27.07.2023 “О подготовке и проведении на высоком уровне празднования 32-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан”.

В республиканском этапе конкурса “Образ Родины – глазами художника” приняли участие более 120 молодых художников в возрасте от 7 до 30 лет из города Ташкента, со всех областей Республики, а также Республики Каракалпакстан.

Конкурс проводился в 3 возрастных категориях:
1 категория – участники в возрасте от 7 до 13 лет;
2 категория – участники в возрасте от 14 до 17 года;
3 категория – участники в возрасте от 18 до 30 лет;

Данный конкурс напрямую направлен на поиск талантливой молодежи, стимулирование активности молодых художников в области изобразительного искусства для создания ими ярких произведений искусства, воспевающих идеи национальной идентичности, патриотизма, любви к Родине, богатого духовного и культурного наследия наших предков.
Творческие работы участников конкурса оценивало компетентное жюри, в состав которого вошли действительные члены Академии художеств Узбекистана, народные художники Узбекистана, члены Творческого союза художников Узбекистана.

Всего 12 молодых художников были названы победителями конкурса. Из них 9 заняли призовые места в конкурсе, а 3 получили поощрительные призы.

Работы, представленные участниками на конкурс, в основном изображают уникальную природу и красивейшие места нашей Родины.

В будущем мы надеемся увидеть победителей конкурса “Образ Родины - глазами художника” воплотившими в жизнь результаты последовательных реформ, проводимых в нашей Республике в настоящее время с целью воспитания молодежи всесторонне развитой, самостоятельно мыслящей, способной взять на себя ответственность за будущее нашей страны, мобилизующей весь свой интеллектуальный и творческий потенциал на благо народа Узбекистана.

Победители конкурса “Образ Родины – глазами художника”:

Категория 7-13 лет:

1. Солихабону Юлдошева (Кашкадарьинская обл.);
2. Хасан Тошканов (Кашкадарьинская обл.);
3. Муслима Кобилова (г. Ташкент).

Категория 14-17 лет:

1. Солиха Бахтиёрова (г. Ташкент);
2. Хасан Рихсибоев (Ташкентская обл.);
3. Юлдуз Садуллаева (Хорезмская обл.).

Категория 18-30 лет:

1. Иса Калишбеков (Ташкентская обл.);
2. Муниса Исроилова (г. Ташкент);
3. Авазжон Абдумажидов (Ташкентская обл.).

Поощрительные призы получили:

1. Шахзода Мадраимова (Хорезмская обл.);
2. Мадинабону Умурзокова (г. Ташкент);
3. Глеб Зуев (г. Ташкент).

Победители конкурса были награждеными подарками и дипломами, всем участникам были вручены сертификаты.

Выставка продлится по 3 сентября 2023 года.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 811    Рейтинг 23   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото

фото