Все новости
Farrux Mamadiyorovning "RANGLI DEBYUT" nomli shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Фарруха Мамадиёрова "ЦВЕТНОЙ ДЕБЮТ"
17.05.2023
Farrux Mamadiyorovning "RANGLI DEBYUT" nomli shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Фарруха Мамадиёрова "ЦВЕТНОЙ ДЕБЮТ"
2023 yilning 17 may kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko‘rgazmalar zalida K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn istitutining 2-bosqich talabasi Farrux Mamadiyorovning “Rangli debyut” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Farrux Mamadiyorov 2003 yilda 7 oktyabrda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan.
2019 yilda Sirdaryo tumanidagi 31-umumiy o‘rta talim maktabini a’lo darajali shahodatnoma bilan, 2021 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabini a’lo baholar bilan tamomladi.
2021 yilda - K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Tasviriy sanʼat” fakulteti “Dastgohli rangtasvir” ta’lim yo‘nalishi Davlat granti asosida o'qishga qabul qilindi. Hozirda 2-kurs talabasi.
O‘qish bilan birgalikda tasviriy san‘at bo‘yicha ko‘plab xalqaro va respublika tanlovlarda ishtirok etib keladi hamda diplom, sertifikat, medallarga sazovor bo‘lgan.
2020-yil - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Tasviriy va amaliy” san’at onlayn festivalida Rangtasvir yo‘nalishi boyicha 1-o‘rin sohibi;
2020-yil - o’zining “TAASSUROT” nomli ilk shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil qildi;
2020-yil - Xalqaro “Ocean awareness contest” rasmlar tanlovida Sertifikat sohibi;
2021-yil - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan hizmat qilaman” tanlovida eng yaxshi tasviriy san’at asari bilan 1-o’rinni egallagan;
2021-yil “Mening armiyam - mening faxrim” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasida tasviriy san’at yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan;
2021-yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan “Art Beyond Boundaries” xalqaro ko‘rgazmada o‘z ishlari bilan ishtirok etib faxriy SERTIFIKAT olgan;
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib xotirasiga bag‘ishlangan “Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” nomli haftalik doirasida o‘tkazilgan “Abdulla Qodiriyning ibratli izdoshlari” nomli koʻrgazma ishtirok etib, 1-o‘rin sovrindori bo‘lgan hamda pul mukofoti bilan taqdirlangan;
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan oʻtkazilgan “Havfsizlikni taminlashda zamonaviy yondashuvlar: nizolar va ularni oldini olish yoʻllari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etib, 1-darajali diplom bilan taqdirlangan;
2021-yil Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari oʻrtasida oʻtkazilgan “Ijodkor yoshlar” respublika tanlovida ishtirok etib, tasviriy san’at yo‘nalishidan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan;
2021-yilda “Shanxay hamkorlik tashkiloti” tomonidan tashkil etilgan “ShXT jahon merosi O’zbekiston ijodkor yoshlar nigohida” mavzusidagi ijodiy asarlar tanlovining Rangtasvir nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etib, xalqaro Gran-pri sovrindori bo‘lgan;
2021-yilda “Unesco” tashkiloti homiyligida Italiyaning Udin shahrida oʻtkazilgan “Urush ichidagi insoniylik” mavzusidagi xalqaro rasmlar tanlovida ishtirok etib, finalchi diplomini qo‘lga kiritgan;
2021-yilda Qozogʻiston Respublikasining Olma-ota shahrida oʻtkazilgan “Oltin olma” nomli xalqaro talabalar tanlovida ishtirok etib, rangtasvir yoʻnalishi bo‘yicha 1-o‘rin sovrindori bo‘lgan;
2021- yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn institutida “Biz yoshlar Covid-19ga qarshimiz” deb nomlangan ijodiy ishlar tanlovida faxrli 3 - o‘rinni egallagan;
2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida o’tkazilgan “ART music festival” nomli tanlovda 1-oʻrin sovrindori bo’lgan;
2021-yilda Rossiya Federatsiyasining “Perspektiva” nomli bolalar ijodiy taraqqiyoti va professional pedagoglar ijodxonasi tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan “III xalqaro san’at va madaniyat” tanlovida rangtasvir yunalishi bo‘yicha 1-oʻrin sovrindori bo‘lgan;
2021-yilda Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan “Wow arts” xalqaro san’at va madaniyat tanlovida rangtasvir yo‘nalishida ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan;
2021-yilda Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan xalqaro “Городские зарисовки” nomli IV xalqaro ijodiyot tanlovining rangtasvir nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan;
2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida oʻtkazilgan “Новогодний карнавал” nomli xalqaro tanlov-festivalida ishtirok etib, rangtasvir nominatsiyasi bo‘yicha 1-oʻrin sohibi;
2021-yilda Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan butun Rossiya “Семья - душа России” mavzusidagi rasmlar tanlovida ishtirok etib, diplom bilan taqdirlangan;
2022-yilda O‘zbekiston Badiiy akadamiyasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali”ning bronza medali sovrindori.
2022-yilda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar tanlovida ishtirok etib 3-o‘rinni egallagan;
2022-yilda Polsha Republikasining Toshkentdagi elchixonasida Urganch shahridagi Zamonaviy san’at muzeyi, Polshaning “Zazheve” markazi va Polshaning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligi ostida tashkil etilayotgan “Muhabbat sadolari” Xalqaro badiy tanlovida “Оригинальность идеи” nominatsiyasi bo’yicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan;
2022-yilda “Yosh dizaynerlar kengashi” hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Uzbekistan fashion week - 2022” Xalqaro modalar namoyishida tashkilotchisifatida ishtirok etib Xalqaro SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.
2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Mening armiyam – mening faxrim” nomli ijodiy ishlar koʻrgazmasida oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi;
2023-yilda Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan “Таланты россии” xalqaro san’at va madaniyat tanlovida “Изобразительное искусство” yo‘nalishida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Koʻrgazmada muallifning 30 dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish etilgan.
Farrux oʻzining muallilik ishlarida ona yurtga boʻlgan cheksiz muhabbati, faxr-iftixor hissini yangicha boʻyoqlarda, san’atkorona mohirlik bilan aks ettirishga harakat qilib kelmoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning to 28-mayigacha davom etadi.

➡️Kirish bepul.

📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

*****************************

17 мая 2023 года в 17:00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки студента 2 курса Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода Фарруха Мамадиёрова под названием “Цветной дебют”.

Фаррух Мамадиёров родился 7 октября 2003 года в Сырдарьинском районе Сырдарьинской оьласти
В 2019 году с отличием окончил 31 общеобразовательную школу Сырдарьинского района.
В 2021 году также с отличием окончил Республиканскую специализированную школу дизайна им. А. Ходжаева.
В 2021 году на основе государственного гранта был принят в Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бехзода на факультет “Изобразительное искусство” (направление - “Станковая живопись”).
Фаррух Мамадиёров принимает активное участие и занимает призовые места в международных, республиканских конкурсах и выставках:
2020 г. - I место в номинации “Живопись” онлайн-фестиваля “Изобразительного и прикладного искусства”, проводившегося Академией Художеств Узбекистана;
2020 г. – открытие первой персональной выставки “Впечатление”;
2020 г. - сертификат за участие в Международном конкурсе рисунков “Ocean awareness contest”;
2021 г. - I место в конкурсе “Верно служу Республике Узбекистан”, проводимом в связи с 29-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан;
2021 г. - II место в номинации “Изобразительное искусство” на конкурсе-выставке творческих работ “Моя армия – моя гордость”;
2021 г. - сертификат за участие в международной выставке “Art Beyond Boundaries”, продившейся в Токио (Япония);
2021 г. - I место в конкурсе-выставке “Последователи Абдуллы Кодыри”, проводившимся Министерством Туризма и спорта Республики Узбекистан;
2021 г. - диплом I -й степени за участие в Международной конференции “Современные подходы к обеспечению безопасности: конфликты и пути их предотвращения”, проводимой Вооруженными Силами Республики Узбекистан;
2021 г. - I место в номинации “Изобразительное искусство” в республиканском конкурсе «Творческая молодежь», проводимом среди Республиканских специализированных школ искусства и культуры;
2021 г. – Гран-при в номинации «Живопись» конкурса “Всемирное наследие ШОС глазами творческой молодежи Узбекистана”, проводившегося «Шанхайской организацией сотрудничества»;
2021 г. - диплом финалиста Международного конкурса рисунков “Гуманность внутри войны”, проводившегося “UNESCO” в городе Удин (Италия);
2021 г. - I место в номинации “Живопись” в Международном конкурсе “Золотое яблоко”, проходившем в г. Алма-Ата (Казахстан);
2021 г. - I место в конкурсе «ART Music Festival», проходившем в Москве;
2021 г. - лауреат I премии в номинации “Живопись” в “III Международном конкурсе искусства и культуры”, проводимом Центром развития творчества детей и профессионального мастерства педагогов “Перспектива” (Россия);
2021 г. - I место в номинации “Живопись” в Международном конкурсе-фестивале “Wow art awards” (Россия);
2021 г. - I место в номинации “Живопись” в IV Международном творческом конкурсе “Городские зарисовки”, проходившем в России;
2021 г. - I место в номинации “Живопись” в международном конкурсе-фестивале “Новогодний Карнавал”, проходившем в Москве.
2021 г. - диплом за участие во Всероссийском конкурсе живописи “Семья - душа России”, проходившем в России.
2022 - награжден бронзовой медалью “Международного фестиваля изобразительного и прикладного искусства”, проводившимся Академией художеств Узбекистана.
2022 г. - III место в конкурсе творческих работ “Воспоминания о войне”, организованном по случаю празднования “9 мая - Дня памяти и почестей” в мемориальном комплексе “Парк Победы”;
2022 г. - I место в номинации “Оригинальность идеи” в Международном художественном конкурсе, проводившемся Музеем современного искусства г. Ургенча, Посольством Польши в Республике Узбекистан и Польским национальным культурным центром “Зажеве”.
2023 г. - почетная грамота за участие в выставке творческих работ «Моя армия - моя гордость», проводившейся в связи с празднованием 31-й годовщины образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан;
2023 г. - III место в номинации “Изобразительное искусство” в VI Международном конкурсе-фестивале детского, юношеского и взрослого творчества «Таланты России» (Москва).
В экспозиции выставки представлено более 30 живописных работ талантливого молодого художника, выполненных в жанре пейзажа, портрета, натюрморта, а также в бытовом жанре.

Выставка продлится по 28 мая 2023 года.

➡️Вход свободный.

📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 249    Рейтинг 15   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото