Все новости
"KUY" nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "МЕЛОДИЯ"
02.05.2023
"KUY" nomli shaxsiy ko'rgazma / Персональная выставка "МЕЛОДИЯ"
2023 yilning 2 may kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko‘rgazmalar zalida K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn istitutining 3-bosqich talabasi Sarvinoz Meliqo‘ziyevaning "KUY" nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Meliqoʻziyeva Sarvinozxon, 2002 yil Fargʻona viloyatining Fargʻona shahrida tugʻilgan.
2020-yil Fargʻona sanʼat kolleji bitirib, shu yili Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy sanʼat fakulteti dastgohli rangtasvir yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindi. Hozirda 3-kurs talabasi.
S. Meliqoʻziyeva bugungi kunda Oʻzbekiston badiiy akademiyasi hamda institutda tashkil etilgan barcha tadbir va koʻrgazmalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan:
2021-yil institutda “1-oktabr - oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan koʻrgazmada oʻz asarlari bilan ishtirok etdi;
2022-yil 26-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” deb nomlangan Respublika badiiy rassomlar koʻrgazmasida yaratgan asarlari bilan ishtirok etdi;
2022-yil 4-noyabr kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi yosh ijodkorlar uyushmasi tomonidan shaxsiy onlayn koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi;
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Марафон творчества” hamda “Золотой камертон” tanlov-festivallarida faxrli 1-o‘rinni egallashga musharraf bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Moskva shahrida o‘tkazilgan “Мастерство без границ” va “Корабль Знаний” va Dubay shahrida “Dubai fest” xalqaro tanlov-festivallarining faxrli 1-oʻrin sohibasi boʻldi;
2023-yil Shahrisabzda oʻtkazilgan “SAN’AT SEHRI” tanlovi gʻolibasi.
2022-yil yozuvchi Holmoʻmin Yodgorovning “Basirat koʻzi” deb nomlangan (hikoyalar toʻplami) kitobiga bosh rassom sifatida ish olib bordi;
Koʻrgazmada muallifning 35 ga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etilgan.
S. Meliqoʻziyeva “Kuy” deb nomlangan koʻrgazmasi haqida:
“Har bir inson ijod olamida yashaydi, chunki uning ilhomi doimo uning yonida hamroh va rassomlar kabi “kamtar” kasb vakillarining barcha his-tuyg‘ulari ularning rasmlarida namoyon bo‘ladi. Ba’zan esa asarlar o‘z ijodkorlaridan ko‘ra ko‘proq “so‘zlaydilar”. Ushbu ko'rgazmamda men hissiyotlarni musiqiy janr yordamida etkazishni xohlardim. Chunki musiqa inson energiyasini o‘zida mujassam etgan”.
Ko‘rgazma joriy yilning to 14-mayigacha davom etadi.

******************

2 мая 2023 года в 17:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки студентки 3 курса Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода под названием "Мелодия".
Сарвиноз Меликузиева родилась 11 октября 2002 года в Ферганской области, в городе Фергана.
В 2020 году, сразу после окончания Ферганского колледжа искусств, поступила в Национъщ альный институт художеств и дизайна им. К. Бехзода на факультет “Станковая живопись”. В настоящий момент учится на 3 курсе данного института. Ее педагогами являются Мухаммадиёр Тошмуродов, Эрик Кульманов, Бобур Вохобжонов и Фаррух Мавлонов.
Сарвиноз Меликузиева принимает активное участие и занимает призовые места в международных, республиканских выставках и конкурсах:
2022 г. – I место в международном конкурсе-фестивале “Dubai fest” (Дубай, ОАЭ);
2022 г. – I место в номинации “Изобразительное искусство” Международного конкурса “Созвездие талантов” (Россия);
2022 г. – I место в номинации “Изобразительное искусство” Международного конкурса-фестиваля “Золотой камертон” (г. Санкт-Петербург, Россия);
2022 г. – I место в номинации “Изобразительное искусство” Международного конкурса-фестиваля “Мастерство без границ” (г. Москва, Россия);
2023 г. – I место в номинации “Изобразительное искусство-живопись” Международного конкурса -фестиваля “Марафон творчества” (г. Санкт-Петербург, Россия);
2022 г. – диплом за участие в традиционном Фестивале изобразительного и прикладного искусства, организуемым Академией Художеств Узбекистана;
2023 г. – победитель конкурса “San’at sehri”, проводившегося в Шахрисабзе.
2022 г. – открытие персональной онлайн выставки “Moviy ko‘z”.
В 2022 году был издан сборник рассказов писателя Холмумина Ёдгорова, оформлением которого в качестве главного художника занималась Сарвиноз Меликузиева.
В экспозиции выставки представлено около 35 живописных работ талантливой молодой художницы.
Сарвиноз Меликузиева о своей выставке:
“Каждый человек живет в мире творчества, потому что вдохновение всегда его спутник. Все чувства представителей “скромных” профессий, например художников, отражаются в их картинах. Иногда произведения “говорят” больше, чем их создатели. В этой выставке я хотела передать эмоции с помощью музыкального жанра. Потому что музыка воплощает человеческую энергию”.
Выставка продлится по 14 мая 2023 года.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 211    Рейтинг 19   Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото