Все новости
"BOLALIGIMGA QAYTGIM KELADI" nomli ko'rgazma / Выставка "ХОЧУ ВЕРНУТЬСЯ В ДЕТСТВО"
31.03.2023
"BOLALIGIMGA QAYTGIM KELADI" nomli ko'rgazma / Выставка "ХОЧУ ВЕРНУТЬСЯ В ДЕТСТВО"
имя


комментарий


2023 yilning 31 mart kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida rassom Patxulla Xaitovning xotirasiga bag`ishlangan “Bolaligimga qaytgim keladi” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning hayot davrida chizgan asarlaridan 50ga yaqini namoyish qilindi.
Patxulla Xaitovning ijodi boshqalarnikiga o`xshamaydi. Rassom ijodida mashhur grafik rassom – ustozi Marat Kagarovning ta`siri sezilib turadi. Chunki rassom oddiy va sodda holda bo`yoqlarsiz asarlar yaratadi. Musavvir ijodida milliylik, qadriyatlar va urf-odatlar tabiat bilan uyg`unlikda yaratilgan. Ijodkor asarlarida o`z ichki tuyg`ularini bejirim va o`ta nozik holatda qalam orqali namoyon etadi. Rassom dastgohli grafikaning oq-qora rangli uslubida ijod qilgan. Deyarli har bir asarida daraxt tasvirlangan. Daraxtlarni - umrboqiylik va tabiatning ramzi sifatida tasvirlash istagi rassomni hayot lazzati va mehru muhabbatga to`ldirgan. Bu ham rassomning o`ziga xosligidan dalolatdir. Bitta qalam yoki rangli ruchka orqali ijod katta mahorat talab qiladi. Bu uslubda o`chirg`ich ishlatilmaydi.
Patxulla Xaitov ijodining aksariyat qismi Toshkentning eski shahar manzaralariga bag`ishlangan. Ijodkor ijodini retushda ishlagan “Oila”, “Choyxona”, “Bibixonim” kabi turkum asarlaridan boshlagan. “Bechikchilar”, “Sandiqchilar”, “Choyxona”, “Bozor tarovati” kabi ko`plab asarlarida o`zbek xalqining turmush tarzi, kundalik hayotini katta iliqlik bilan ishlagan.
Patxulla Xaitov grafikaning litografiya, linogravyura va avtolitografikasidan foydalangan holda, eski shaharning oldingi va keying yillardagi ko`rinishini tasvirlagan. Rassom hayotining oxirgi yillarida ko`proq bolalik yillariga murojaat qilgan. Uning “Bolalik turkumlari”, “Do`stlar”, “Bolalikdagi ko`priklar” kabi asarlariga mos tarzda ijodkorning so`nggi ishi “Bolalikka qaytgim keladi”.
Patxulla Xaitov 2022 yil 10 mayda bu dunyoni tark etdi. Ushbu ko`rgazma rassomning porloq xotirasiga bag`ishlangan. Uning asarlari shogirdlari va muxlislari qolaversa, o`zbek xalqi qalbida abadiy yashaydi.
Patxulla Xaitov ijodi va faoliyatiga bir nazar:
Patxulla Xaitov – 1947 yil 7 aprelda Toshkent shahrining “Labzak” mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan.
1963-68 yillarda P.P. Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida O`zbekiston Xalq rassomi J. Hakimov va V. Burmakin qo`llarida tahsil olgan.
1968-1974 yillarda A.N. Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomlik institutining “Reklama va amaliy grafika” bo`limini tugatgan. O`qishni tamomlagach, shu institutda o`qituvchi va “Litografiya” ustaxonasida o`quv ustasi sifatida faoliyat olib borgan.
1995 yilda “O`zbekiston Milliy banki galereyasi kollektsiyasidan 100 asar” ko`rgazmasi ishtirokchisi.
1997-2016 yilgacha K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy grafika” kafedrasida katta o`qituvchi, dotsent va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
2013 yil – O`zbekiston Davlat san`at muzeyida “Eski shahar farzandiman’, O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar muzeyida esa “Vatanga muhabbat” nomli shaxsiy ko`rgazmalarini o`tkazgan.
2015 yil – “Eng ulug`, eng aziz” respublika tanlovining 2-o`rin sohibi.
2018 yil – “Madhingni ko`ylayman O`zbekiston” ko`rgazmasi ishtirokchisi, Toshkent Fotosuratlar uyi.
2019 yil – “Har qalbning davosi - mehr” ko`rik tanlovi g`olibi, Toshkent Fotosuratlar uyi.
Rassomning asarlari O`zbekiston Milliy banki, Turon banki, O`zbekiston Davlat san`at muzeyi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi ko`rgazmalar direktsiyasi, Pashxurt san`at muzeyi, Qo`qon Davlat san`at muzeyi fondlarida saqlanadi. Shuningdek asarlari Germaniya, Frantsiya, Mo`g`uliston, Hindiston, Litva, Rossiyaning Moskva va Sankt – Peterburg shahar muzeylari va shaxsiy kollektsiyalarida saqlanib, yurtimiz dovrug`ini dunyoga taratib kelmoqda.

Ko`rgazma joriy yilning 9 apreligacha davom etadi.

*****************

31 марта 2023 года в 17.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки, посвященной памяти художника Патхулло Хаитова «Хочу вернуться в детство».
Патхулло Хаитов родился 7 апреля 1947 года в Ташкенте.
С 1963 по 1968 год проходил обучение в Республиканском художественном училище им. П. Бенькова на кафедре “Художественной росписи”. Его педагогами были Народный художник Узбекистана Жалил Хакимов и академик Академии Художеств Узбекистана, Заслуженный деятель искусств Узбекистана Владимир Бурмакин.
С 1968 по 1974 гг. проходил обучение в Ташкентском государственном театрально-художественном институте им. А. Н. Островского (ныне Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бекзода) на отделении “Рекламы и прикладной графики”.
В 1974 году, после окончания Ташкентского государственного театрально-художественного института им. А. Н. Островского, Патхулло Хаитов начал свою трудовую деятельность в этом институте в качестве преподавателя. В это же время он был принят на должность учебного мастера в мастерскую печатной графики (литографии).
В 1975 году проходил курсы повышения квалификации в Ленинградском институте живописи, скульптуры и архитектуры имени И. Е. Репина.
В 1980 г. вступил в Союз художников СССР.
С 1998 г. по 2012 г. работал старшим преподавателем, доцентом, заведующим кафедрой “Прикладная графика” в Национальном институте художеств и дизайна им. К. Бекзода.
Патхулло Хаитов принимал активное участие в ежегодно проводящихся Академией Художеств Узбекистана и Творческим Союзом художников Узбекистана республиканских выставках и конкурсах, по итогам которых был награжден дипломами, почетными грамотами и сертификатами.
В 2013 г. были проведены персональные выставки Хаитова в Государственном музее искусств Узбекистана (“Я - дитя старого города”) и в Государственном музее вооруженных сил Республики Узбекистан (“Любовь к Родине”)
Картины художника хранятся в музеях и частных коллекциях Узбекистана, а так же ряда зарубежных стран: России, Франции, Германии, Индии, Литвы и др.
В экспозиции выставки представлено около 50 графических работ автора.
В произведениях П. Хаитова чувствуется безусловная любовь художника к Родине, к народу. Большая часть его работ посвящена Ташкенту, Cтарому городу. На них с теплыми чувствами изображены старые городские улицы, кварталы, ремесленные лавки, быт узбекского народа, повседневная жизнь.

Выставка продлится по 9 апреля 2023 года.

↖️Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 191    Рейтинг 19   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото