Все новости
Yapon tili bo‘yicha musobaqa / Турнир по знанию японского языка
04.03.2023
Yapon tili bo‘yicha musobaqa / Турнир по знанию японского языка
имя


комментарий


Joriy yilning 4 mart kuni soat 14:00da O‘zbekistondagi Yaponiyaning elchixonasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi ko'magida an’anaviy yapon kartasi yordamida yapon tilini o‘rganish bo‘yicha musobaqasini tashkil qildi. Musobaqada Toshkent va Samarqandda joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda Toshkentdagi O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlatirish markazida yapon tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirning maqsadi O‘zbekistonda yapon tilini o‘rganishga ko‘maklashish va rivojlantirish, talabalar o‘rtasidagi o‘quv jarayonini rahbatlantirish va yapon madaniyati bilan tanishtirishga qaratilgan.
Musobaqada Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodi va diplomatiya universiteti, Japan Digital University hamda Samarqand davlat chet tillari instituti va O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlatirish markazining 24 nafar talabasi ishtirok etdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Musobaqadan so‘ng tadbir ishtirokchilar uchun an’anaviy yapon taomi - sushini tayyorlash bo'yicha mahorat darsi tashkil qilindi.


*******************************

4 марта сего года (сб), Посольство Японии в Республике Узбекистан, при содействии Международного Караван-сарая культуры Икуо Хираямы при участии студентов, изучающих японский язык в Ташкенте, Самарканде и Узбекско-Японском Центре, провело турнир по знанию японского языка посредством игры в японские карты в Международном Караван-сарае культуры Икуо Хираямы. Кроме того, по окончании турнира, для участников был организован мастер-класс по изготовлению традиционного японского сущи.
Целью данного мероприятия является содействие развитию и изучению японского языка в Узбекистане, стимулирование учебного процесса среди учащихся, знакомство с японской культурой и кухней.
В турнире приняли участие 24 студента из Ташкентского государственного института востоковедения, Ташкентского государственного юридического университета, Узбекского государственного университета мировых языков, Japan Digital University, Университета мировой экономики и дипломатии, Самаркандского государственного института иностранных языков, Узбекско-Японского Центра.
Победители были награждены призами от организаторов.
Просмотров 196    Рейтинг 33   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото