Все новости
"FANTAZIYA" nomli ko'rgazma / Выставка "ФАНТАЗИЯ"
10.03.2023
"FANTAZIYA" nomli ko'rgazma / Выставка "ФАНТАЗИЯ"
имя


комментарий


2023 yilning 10 mart kuni soat 16:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida K. Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va dizayn instituti “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi “Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi” yonalishi ustoz va talabalarining "FANTAZIYA" nomli ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizda 2000-yillarga qadar multiplikatsiya san’atining sir-asrorlarini o‘rgatadigan biron bir ta’lim muassasasi mavjud emas edi. “O‘zbekfilm” qoshidagi Multbirlashmada esa faqatgina animatsion filmlar yaratilar, lekin mutaxassislarni tayyorlovchi bo‘lim bo‘lmagan. 2001-yilga kelib, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida multiplikator-rassomlarni tayyorlovchi yo‘nalish tashkil etildi. Ammo ko‘p o‘tmay bu yo‘nalishga qabul qamayib ketgani natijasida kelasi yildan qabul kvotasi ro‘yxatiga kiritilmadi. Keyinchalik, oz bo‘lsada mazkur sohaga qiziqish tobora oshib bordi. Avvaliga bakalavr yo‘nalishida ta’lim berish uchun mutaxassis tayyorlash maqsadida magistratura bosqichida mazkur yo‘nalish tashkil etildi. Sababi, respublikamizda bu sohada mutaxassislar etarli emas edi. 2014-yildan magistratura bosqichida “Multiplikatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlandi. Bu jarayonda bir qator yosh ijodkor-mutaxassislar etishib chiqdi.
2017-yilga kelib, bakalavr bosqichida mazkur yo‘nalish tashkil etilib, abituriyentlar raqobati kuchaydi. Zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda mazkur sohaga yosh ijodkorlarning qiziqishi tobora oshib bordi. Yildan yilga ushbu yo‘nalishga xujjat topshiradigan abiturientlar soni ko‘payib bordi. 2020-yili mazkur yo‘nalishning dastlabki bitiruvchilari bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Hozirgi kunda respublikamizda mavjud animatsion studiyalarda, shuningdek, nashriyotlar, turli ta’lim markazlarida o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqda.
Ushbu “Fantaziya” nomli ustoz-shogird ko‘rgazmasi respublikamizda “Multiplikatsiya” yo‘nalishida katta auditoriyani qamrab oluvchi ilk ko‘rgazma sifatida tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakultetining “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi "Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi" yo‘nalishining barcha bosqich talabalari va ustozlarining mutaxassisligi bo‘yicha yaratilgan kompozitsion asarlari namoyish etilmoqda.
Xususan, soha mutaxassislari, ustozlar - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent, o‘zbek multiplikatsiyasining etuk vakili, rassom-multiplikator Mavzur Maxmudov, O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zolari, iqtidorli yosh rassom-animatorlar Gayane Matevosyan, Nigora Hayo hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha institutda ta’lim olayotgan bakalavr va magistratura bosqichining ko‘plab talabalari tomonidan ishlangan ijodiy ishlar taqdim etilgan.
Jumladan, ko‘rgazma ekspozitsiyasida Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, bir qator Xalqaro va respublika ko‘rik tanlovlari ishtirokchisi va g‘olibi Asliddin Xotamov, bugungi kunda ko‘plab xalqaro loyihalarda o‘z ijodiy asarlari bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘layotgan iqtidorli talabalar - Djurakulova Mushtariybegim, Iminova Moxinur, Uralov Jasurbek, Nasriddinova Bonu shuningdek, magistrantlar - Ibraymov Rafatdin, Qobilov Jahongir, Tleumuratova Aziza, Ikmatillayeva Lobar hamda bir qator iste’dodli talabalar - Trubina Karina, Azimjonova Durzoda, Kalandarova Lola, Tog‘aeva Saodat, Norbo‘tayeva Zaynab, Saidrasulova Saida, Ibroximova Ismigul, Tolipov Mirjaxon, Urinbayeva Madina, Malikova Zarina, Sorokina Olga, Sharapova Kamola kabilarni multiplikatsion asarlar uchun ishlagan kompozitsiyalari o‘rin olgan.
Shuningdek, ko‘rgazma ekspozitsiyasida ustoz-shogirdlarning "Animatsion asarlari" ilk marotaba namoyish etilmoqda.
➡️Ko'rgazma to 19 martgacha davom etadi.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

**************************

10 марта 2023 года в 16:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки работ преподавателей и студентов кафедры “Театрально-декорационная живопись” по направлению “Мультфильм и компьютерная мультипликация” Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода под названием "ФАНТАЗИЯ".
В 2014 году в Национальном институте художеств и дизайна им. К. Бекзода на кафедре “Театрально – декорационная живопись” было огранизовано отделение “Мультфильм и компьютерная мультипликация”, которое занимается подготовкой профессиональных аниматоров и художников - постановщиков анимационного кино.
В период стремительного развития современной мультимедийной индустрии и анимационных технологий интерес молодёжи к этой сфере значительно возрос. Из года в год увеличивается количество абитуриентов, подающих заявки на это направление. В 2020 году первые выпускники бакалавриата, закончившие отделение “Мультфильм и компьютерная мультипликация” успешно защитили свои выпускные работы. В настоящее время в нашей республике чувствуется нехватка грамотных творческих специалистов в области анимации, и выпускники данного направления смогут применить полученные знания, работая в частных студиях и создавая свои авторские фильмы..
Данная выставка под названием "Фантазия" организована с целью познакомить широкую публику с творчеством и работами студентов – бакалавров и магистрантов отделения “Мультфильм и компьютерная мультипликация”, созданных ими в процессе учёбы. Это анимационные эскизы, созданные по различным художественным произведениям и сказкам.
В общей сложности на выставке представлено около 60-ти работ, выполненых в разных стилевых и художественных решениях.
Студенты, предоставившие свои работы:
Аслиддин Хотамов, Джуракулова Муштарийбегим, Иминова Мохинур, Уралов Джасурбек, Насриддинова Бону, а также магистранты - Ибраимов Рафатдин, Кабилов Джахонгир, Тлеумуратова Азиза, Икматиллаева Лобар и ряд талантливых студентов - Трубина Карина, Азимжонова Дурзода, Каландарова Лола, Тогаева Саодат, Норботаева Зайнаб, Саидрасулова Саида, Иброхимова Исмигул, Толипов Миржахон, Уринбаева Мадина, Маликова Зарина, Сорокина Ольга.
Также в экспозиции выставили свои работы и преподаватели этого отделения, в частности - заслуженный деятель культуры Республики Узбекистан, доцент, ведущий специалист узбекской мультипликации, художник-мультипликатор Мавзур Махмудов, члены Творческого Союза художников Узбекистана, талантливые художники-аниматоры Гаянэ Матевосян и Нигора Хаё.

➡️Выставка продлится по 19 марта 2023 года.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 200    Рейтинг 40   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото