Все новости
"FUJIFILMga suratga olamiz" / "Снимаем на FUJIFILM"
09.03.2023
"FUJIFILMga suratga olamiz" / "Снимаем на FUJIFILM"
имя


комментарий


2023 yilning 9 mart kuni soat 10:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko`rgazmalar zalida “FUJIFIMga suratga olamiz” nomli fotoko`rgazmaning ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazma asosan Fujifilm kamerasidan foydalanuvchilarga bag`ishlangan bo`lib, o`zbekistonlik taniqli fotograf va videograflarning ko`plab foto va video ishlar namoyish qilindi.
Ko`rgazmada ishtirok etayotgan fotograflar: Andrey Arakelyan FUJIFIM GPX 100S , Andrey Artemov FUJIFIM X –T20, Arlan Bayxodjayev FUJIFIM X 100V, Viktor An FUJIFIM X-T30, Vitaliy Mun GFX 100S, Vladimir Sorokin FUJIFIM X-T30, Vladislav Tsoy FUJIFIM X-100V, Dilmurod Axmedov FUJIFIM X-T3, Yevgeniy Diripaskin FUJIFIM X-H12S, Veronika Lomuxina FUJIFIM X-T3, Ulug`bek Ne`matjonov FUJIFIM X-T30, Pavel Kim FUJIFIM X-T5, Svetlana Volkova FUJIFIM X-T4, Cvetlana Seredina FUJIFIM X-S10.
Shuningdek, ishtirokchi videograflar: Rustam Axmerov, Vitaliy Mun, Vladimir Sorokin, Dilmurod Axmedov, Yevgeniy Diripaskin, Andrey Tarasov.
Foto sanʼati — badiiy ijod turi; asarlari fotografiya (surat) vositalari asosida yaratiladigan tasviriy sanʼat turi. Badiiy madaniyatda Foto sanʼatining alohida oʻrin tutishi fan (fizika, kimyo, optika) va texnikaning maʼlum yutuqlari zaminida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnikaviy sanʼat tarixida dastlabkisi boʻlganligi bilan belgilanadi. 20-asr oʻrtalarida texnikaviy sanʼat turlari guruhi kinematografiya (kino sanʼati), televideniye, radio sanʼati, dizayn va boshqa bilan boyigan. Foto sanʼati ijodning keng soxasiga aylandi hamda uning tarkibida hujjatli Foto sanʼati, badiiy fotografiya va amaliy Foto sanʼati (plakat, kitob bezagi, reklama va boshqa uchun) mustaqil koʻrinishlar sifatida shakllandi.
Foto sanʼati tarixida E. Maybrij (AQSH) tomonidan turli koʻrish nuqtalaridan bir necha kamerada suratga olingan suratlar muhim voqea boʻldi. Bu yangilik tufayli 20-asr 1-choragida Foto sanʼatida real borliqni yangicha talqin qilishga qiziqish ortdi.
Ikkinchi jahon urushi davridagi reportajlar Foto sanʼatining yangi taraqqiyot bosqichi boʻldi. Urush fotoyilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qoʻshdilar. 1950 — 80 yillar hujjatli F.s, jahonning eng yirik agentliklari tomonidan joʻnatilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi.
Oʻzbekiston hududiga 19-asrning 2yarmida Yevropadan kelgan koʻplab sayyohtijjorlar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) sanʼati, qishloq xoʻjaligi, nafis hunarmandchilik sanʼati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarkatishgan.
Dastlabki oʻzbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907—08 yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur oʻrganish bilan birga oʻsha davrning eng ilgʻor fototexnikasini olib kelgan va juda koʻplab oʻta yuksak tarixiy, badiiy mahorat namunalari boʻlgan fotosuratlar yaratgan.
Oʻzbekistonda chinakam Foto sanʼatining asochilaridan biri M.Z. Pensonair. U 20-asrning 20-yillaridan to 50-yilgacha Oʻzbekistonning fotoyilnomasini yaratishga hissa qoʻshdi. Uning "Oʻzbek madonnasi", "Oʻgʻil savod chiqardi" va boshqa suratlari mashhurdir. 1940-yillarda Oʻzbekiston Foto sanʼati ijodiy uslublari koʻpaydi, janriy shakllar ortdi, Fotograflar turli sohalar boʻyicha ixtisoslasha bordi (mas, Ye. Yuditskiy — meʼmorlik, K. Romeyev — teatr, A. Palexov — portret, R. Albekov — bolalar hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov — maishiy janr, S. Mahkamov — madaniyat boʻyicha ixtisoslashdi). Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi fotoseksiyasi, yirik korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika Foto sanʼati rivojida muhim rol oʻynadi.
Milliy istiqlol tufayli oʻzbek fotografiyasi tamomila yangicha rivojlanish yoʻliga ega boʻldi. Jahon fotosanʼatining oʻta muhim oʻrni, ahamiyatini nazarda tutgan holda 2002-yilda Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi tarkibida "Toshkent foto uyi" tashkil etildi.
Oʻzbekiston fotoustalari nufuzli Xalqaro fototanlovlarda yuksak oʻrinlarga sazovor boʻla boshladi (mas, 1999-yil YUNESKO fototanlovi); Bryussel, Gaaga, Antverpen kabi shaharlarda "Oʻzbek mahallasi: odamlar, urfodatlar, anʼanalar" fotokoʻrgazmasi Yevropa boʻylab namoyish etildi.
2003-yilda Oʻzbekiston Butunjahon badiiy fotografiya federatsiyasi (Bosh qarorgohi Lyuksemburgda)ga haqiqiy aʼzo qilib qabul qilindi.

➡️Ko'rgazma to 12 martgacha davom etadi.



*****************

9 марта 2023 года в 10.00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия фотовыставки под названием «Снимаем на FUJIFILM».

Фотография - технология записи изображения путём регистрации оптических излучений с помощью светочувствительного фотоматериала или полупроводникового преобразователя. В отличие от некоторых других языков, в русском языке слово «фотография» используется только применительно к статичным изображениям. В то же время в профессиональном кинематографе этот термин обозначает изобразительное решение фильма, создаваемое кинооператором. Фотографиями также называются конечные отпечатки фотографического изображения, изготовленные на фотобумаге химическим способом или принтером.
Сам термин «фотография» (фр. photographie от др.-греч. φῶς (род. п. φωτός) «свет» и γράφω «пишу»; светопись - техника рисования светом) появился в 1839 году, его использовали одновременно и независимо два астронома - английский, Джон Гершель, и немецкий, Иоганн фон Медлер.
На технологиях фотографии основано фотоискусство, которое считается одним из видов изобразительного искусства и занимает ключевое место в современной массовой культуре. Первое устойчивое фотографическое изображение было создано в 1822 году французским изобретателем Жозефом Нисефором Ньепсом, но оно не сохранилось до наших дней. Датой изобретения технологии по решению IX Международного конгресса научной и прикладной фотографии считается 7 января 1839 года, когда Франсуа Араго сделал доклад о дагеротипии на заседании Французской академии наук.

В экспозиции выставки представлены фотографии различных жанров, снятые на камеры системы FUJIFILM таких фотографов, как: Андрей Аракельян, Андрей Артемов, Арлан Байходжаев, Виктор Ан, Виталий Мун, Владимир Сорокин, Владислав Цой, Дильмурад Ахмедов, Евгений Дирипаскин, Вероника Ломухина, Улугбек Неъматжонов, Ким Павел, Светлана Волкова и Светлана Середина.
Так же зрители смогут увидеть видеоработы Рустама Ахмерова, Виталия Муна, Владимира Сорокина, Дильмурада Ахмедова, Евгения Дирипаскина, Андрея Тарасова.

➡️Выставка продлится по 12 марта.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 215    Рейтинг 34   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото