Все новости
“Grafika: ishtiyoq va mahorat” nomli koʼrgazma / Выставка «Графика: стремление и мастерство»
17.02.2023
“Grafika: ishtiyoq va mahorat” nomli koʼrgazma / Выставка «Графика: стремление и мастерство»
имя


комментарий


2023 yilning 17 fevral kuni soat 16:00da Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko`rgazmalar zalida K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Yosh grafiklar” to`garagi a`zolarining an`anaviy “Grafika: ishtiyoq va mahorat” nomli koʼrgazmasi bo`lib o`tdi.
Koʼrgazmada K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidan 31 nafar talabalarning 40dan ortiq ofort, linogravyura va litografiya uslubida ishlangan grafik asarlari namoyish qilindi.
Hozirda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ustozlari yordamida sanʼatning eng noyob turlari bilan shugʼullanib kelishadi. Masalan, linogravyura, ofort, litografiya kabilar grafikaning usullaridan boʼlib, ushbu usullarda ijod qilayotgan rassomlar respublikamizda unchalik koʼpchilik emas. Bu sanʼatning murakkab ekanligiga qaramasdan, oʼqituvchilardan N. Sharipov va F. Qobilovlar mana shu sanʼatning ustasi sanaladi va “Yosh grafiklar” toʼgaragi orqali talabalarga oʼrgatib keladi. Sanʼatning ushbu turlari yoʼqolib ketmasligi va uni avloddan – avlodga boricha, joiz boʼlsa, uni toʼldirgan holda yetkazib berishni rassom Narimon Sharipov ham qarz, ham farz deb biladi.
Ofort – frantsuzcha soʼz boʼlib, kuchli, mustahkam suv degan maʼnoni bildiradi. Ofort ksilografiyadan keyinroq, XIV asr boshlarida paydo boʼlgan. Uning manbai – zargarlik va qurol – aslaha ishlari yaʼni qaerda metallga rasm solish kerak boʼlsa, oʼsha joyda qoʼllanilgan.
Litografiya – qadimgi grekcha soʼz boʼlib, toshga rasm chizaman degan maʼnoni bildiradi.
Linogravyura - linoleum va gravyura – linoleumga boʼrttirib ishlangan gravyura boʼlib, ksilografiya usuliga oʼxshagan boʼladi. Bu usul 20 – asrning boshlarida yuzaga kelgan. Badiiy ifodaning aniqligi, tasvir bajarilayotgan materialning yumshoqligi tufayli oq va qora rangning keskin kontrastligiga, chiziqlarning aniq va ifodaliliga erishilishi, tezkor ishlanish imkoniyati, katta hajmdagi qogʼozlardan foydalanish mumkinligi, tirajining koʼpligi kabi badiiy xususiyatlari bilan bosma grafikada keng oʼrin egalladi.
Ko`rgazmada ishtirok etayotgan talabalar: Oʼtkirbekova Farangiz, Uralova Sevinch, Qurbonova Shaxrizoda, Baxodirova Sevara, Toʼlaganova Goʼzalxon, Kamilova Zilola, Sharipova Bibixonim, Ovchinnikova Аnna, Аbdullaxodjaeva Zuxra, Muxitov Mirodil, Ibragimova Dilnoza, Xamroeva Shoxida, Boboqulova Zilola, Turabekova Marjona, Jabborova Gulnoza, Qoʼziboeva Nilufar, Qurbonova Munisa, Raximjonova Shoxsanam, Samadov Voxidjon, Istamtoshev Ulugbek, Xolmuxammedova Moxinabonu, Аxmatova Marvarid, Ishanov Damir, Yunusova Malika, Sheyndfeld Ester , Xodjaeva Madina, Xavazmatova Nozima, Lo Mariya, Chudova Аnastasiya-Lurdes, Axrolova Durdona va xitoylik talaba Lo Tin Chji.
Ko`rgazma ochilishi marosimida barcha qatnashuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Koʼrgazma joriy yilning 28 fevraligacha davom etadi.

******************************

17 февраля 2023 года в 16:00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки графических работ студентов 3 и 4 курсов кафедры “Графика” Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода под названием «Графика: стремление и мастерство».
На выставке представлены более 40 работ, выполненных в технике офорта, линогравюры и литографии.
Являющаяся одной из видов изобразительного искусства, прикладная графика направлена на развитие и совершенствование высокого художественного потенциала художника.
С 1979 года в стенах Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода ведёт свою работу отделение «Прикладная графика и упаковка».
Студенты института на сегодняшний день обучаются и осваивают все тонкости графического искусства. Линогравюра, офорт, литография, ксилография – широко известные виды графики, но занимаются ими немногие художники республики.
Нариман Шарипов - педагог группы «Молодые графики» сегодня находится в расцвете своих творческих сил и в постоянном поиске новых композиционных решений. Он отличается высокой требовательностью к себе и к своему творчеству, стремлением к совершенству. Эти качества художник воспитывает и у своих студентов.
Нариман Шарипов считает своим долгом сохранять и развивать традиции и новаторства искусства графики, а также передавать своё мастерство молодым талантам.
Офорт – в переводе с французского означает «сильная, стойкая» вода. Искусство офорта, возникшее в XIV веке, чуть позже ксилографии, берёт своё начало с ювелирного искусства и оружейного дела.
Литография – по-гречески означает «рисовать на камне».
Линогравюра появилась в начале ХХ века и произошла от слова «линолеум» и «гравюра», этот вид искусства подразумевает гравирование рисунка на линолеуме, схожа с техникой ксилографии.
В процессе работы линогравюры, из-за мягкости материал легко поддаётся гравировке, рисунок получается контрастным. Изображение отличается резкостью и динамичностью чёрного и белого цветов. На сегодняшний день линогравюра занимает ведущее место в искусстве графики.
В выставке со своими работами участвуют студенты: Откирбекова Фарангиз, Уралова Севинч, Курбанова Шахризода, Баходирова Севара, Толаганова Го'залхан, Камилова Зилола, Шарипова Бибиханим, Овчинникова Анна, Абдуллаходжаева Зухра, Мухитов Миродил, Ибрагимова Дилноза, Хамроева Шохида, Бобокулова Зилола, Турабекова Марджона, Джабборова, Гулноза, Кожибоева Нилуфар, Гурбанова Муниса, Рахимжонова Шохсанам, Самадов Вохиджон, Истамтошев Улугбек, Холмухаммедова Мохинабону, Ахматова Марварид, Ишанов Дамир, Юнусова Малика, Шейнфельд Эстер, Ходжаева Мадина, Хавазматова Нозима, Ло Мария, Чудова Анастасия-Лурдес Ахролова Дурдона и китайский студент Ло Тин Чжи.

‼️Выставка продлится по 26 февраля 2023 года.

Вход свободный.

🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 261    Рейтинг 45   Добавить комментарий  (1)

23.02.2023 19:12  Хусан

Отличная выставка
фото

фото

фото

фото

фото