Все новости
IX–Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi / IX Международная биеннале детского рисунка
19.12.2022
IX–Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi / IX Международная биеннале детского рисунка
2022 yilning 19 dekabr kuni soat 15:00da Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Toshkent quvonchlari” an`anaviy IX – Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Tashkilotchilar: “Toshkent quvonchlari” IX – Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi Tashkilotchilari va hamkorlari bilan tanishtirib o`tamiz: Oʼzbekiston Badiiy Аkademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, va respublikamizning bir qator boshqa vazirlik va idoralari.
2022 yil Prezidentimiz tomonidan “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili” deb e`lon qilindi. Ushbu yilda o`tkazilayotgan bayram nafaqat o`zbekistonlik balki, dunyo bolalarining ham quvonchidir. Ushbu xalqaro tanlovni oʼtkazishdan asosiy maqsad – bolalarning tasviriy sanʼatga boʼlgan qiziqishini orttirish, ular orasidan yangi iqtidorlarni izlab topish va ragʼbatlantirish, Oʼzbekiston bolalarini dunyodagi tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ularning doʼstligini yanada mustahkamlash, qolaversa, jahon sanʼati va madaniyatiga boʼlgan eʼtiborni oshirishdir.
Tanlovga yuborilgan bolalar ishlari 3 guruhga ajratilib baholanadi:
• 5 yoshdan 7 yoshgacha
• 8 yoshdan 12 yoshgacha
• 13 yoshdan 15 yoshgacha.
Ushbu xalqaro tanlovni oʼtkazishdan asosiy maqsad - bolalarning tasviriy sanʼatga boʼlgan qiziqishini orttirish, ular orasidan yangi iqtidorlarni izlab topish va ragʼbatlantirish, Oʼzbekiston bolalarini dunyodagi tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ularning doʼstligini yanada mustahkamlash, qolaversa, jahon sanʼati va madaniyatiga boʼlgan eʼtiborni oshirishdir.
“Toshkent quvonchlari” an`anaviy IX– Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesida bu yil 20ga yaqin chet davlatlar bolalari ishtirok etishmoqda. Bu esa sanʼatning chegara bilmasligidan dalolatdir. Italiya, Belarus, Rossiya, Tailand, Frantsiya, Ozarbayjon, Hindiston, Malayziya kabi mamlakatlardan turli mavzulardagi rasmlar tanlovdan joy olgan. Shuningdek, qo`shni davlatlar – Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston va Turkmanistondan tanlovga kelgan bolalar rasmlari soni ancha ko`p.
Bu yilgi tanlovda 2500ga yaqin asar namoyish qilinadi. Bundan 2000 yaqin asar Toshkent shahri, respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog`izton Respublikasidan yuborilgan. 500 asar esa ularning chet el tengdoshlari tomonidan taqdim etilgan.
“Toshkent quvonchlari” an`anaviy IX–Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi joriy yilning 19 dekabridan 23 dekabrigacha davom etadi.
“Toshkent quvonchlari” an`anaviy IX– Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi gʼoliblari uchun quyidagi mukofotlar qoʼyilgan: bitta gran – pri, 7 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medallari va 30 dona esdalik tangalari. Barcha ishtirokchilarga esa sertifikatlar taqdim etiladi.
Gʼoliblar 23 dekabr kuni soat 15:00da O`zbekiston badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida taqdirlanadi.
Caravanserai.uz (http://caravanserai.uz/index.php) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
*******************************
19 декабря 2022 года в 15:00 в Международном караван-сарае культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана состоялась церемония открытия традиционной IX Международной биеннале детского рисунка «Радости Ташкента».
Организаторы: Академия Художеств Узбекистана при содействии Министерства иностранных дел Республики Узбекистан, и других заинтересованных министерств, и ведомств республики.
2022 год объявлен Президентом «Годом обеспечения интересов человека и развития махалли». Биеннале, проводимая в этом году – праздник не только детей Узбекистана, но и детей многих стран мира. Основной целью проведения этого международного конкурса является повышение интереса детей к изобразительному искусству, выявление и поощрение среди них новых талантов, знакомство детей Узбекистана с творчеством их сверстников в мире, дальнейшее укрепление их дружбы, повышение внимание к мировому искусству и культуре.
Детские работы, присланные на конкурс, делятся на 3 возрастные группы:
• от 5 до 7 лет
• От 8 до 12 лет
• от 13 до 15 лет.
Международная биеннале детских рисунков «Радости Ташкента» проводится в целях поддержки детского художественного творчества, содействия и установления взаимопонимания и международного общения детей Узбекистана с их сверстниками из различных стран мира, выявления новых талантов, создания дополнительных условий для совершенствования профессиональных навыков юных любителей живописи, а также для развития интеллектуального уровня детей дошкольного, школьного возраста, повышения их интереса к отечественной и мировой истории и культуры, расширения представлений о них.
В этом году в традиционной 9-й Международной биеннале детского рисунка «Радости Ташкента» принимают участие дети из 20 зарубежных стран. Это доказательство того, что искусство не знает границ. В конкурсе участвовают работы на различные темы из таких стран, как Италия, Беларусь, Россия, Таиланд, Франция, Азербайджан, Индия, Малайзия. Также, было прислано большое количество детских рисунков из соседних стран - Кыргызстана, Казахстана, Таджикистана и Туркменистана.
В этом году на Международной биеннале детского рисунка экспонируется около 2500 творческих работ. 2000 работ детей из г. Ташкента, др. областей Республики и Республики Каракалпакстан.
Традиционная 9-я Международная биеннале детского рисунка «Радости Ташкента» продлится с 19 по 23 декабря текущего года.
Победителям традиционной 9-й Международной биеннале детского рисунка «Радости Ташкента» будут вручены следующие призы: гран-при, 7 золотых, 7 серебряных, 7 бронзовых медалей и 30 памятных монет. Все участники получат Сертификаты об участии.
Награждение победителей состоится 23 декабря в 15:00 в конференц-зале Академии художеств Узбекистана.
Caravanserai.uz (http://caravanserai.uz/index.php) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 220    Рейтинг 25   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото