Все новости
Amaliy san’at ko‘rik - tanlovi / Выставка-конкурс прикладного искусства
14.11.2022
Amaliy san’at ko‘rik - tanlovi / Выставка-конкурс прикладного искусства
“Yosh havaskorlar” amaliy san’at ko‘rik - tanlovi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 02 fevraldagi PQ-112-son qarorida belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh ijodkorlarni amaliy san’at va milliy hunarmandchilikning bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos maktablarining an’analariga hamohang ruhda bilim-ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy-madaniy merosini faol targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan.
Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar amaliy san’at yo‘nalishlari (naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, hattotlik va h.k.) bo‘yicha yaratilgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Tanlov 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 3 ta yosh toifalari bo‘yicha 4 bosqichda tashkil etildi.
Tanlovning respublika bosqichida amaliy san’atning turli yo‘nalishlarida ijod qilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 7 yoshdan 30 yoshgacha hududiy bosqich g‘oliblari bo‘lgan 170 nafardan ortiq yosh ijodkorlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
Tanlov g‘oliblariga Diplomlar va sovg‘alar 2022 yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadigan “Yosh havaskorlar” amaliy san’at ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida tantanali ravishda topshiriladi.


************************

Конкурс прикладного творчества «Юные любители» - нашло отражение в постановлении Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по дальнейшему развитию сферы культуры и искусства» № ПП-112 от 02 февраля 2022 года. Данное постановление направлено на обеспечение и реализацию поставленных задач, и последовательную реализацию государственной молодежной политики Республики Узбекистан, и направлено на воспитание молодежи в духе национальных и общечеловеческих ценностей, обучении молодых художников в школах прикладного искусства и народных ремесел, а также совершенствование их знаний и навыков, выявление и поддержку талантливой творческой молодежи, активную пропаганду богатого духовного и культурного наследия наших великих предков.
В конкурсе участвовали молодые художники в возрасте от 7 до 30 лет, с творческими работами в области прикладного искусства (настенная роспись, ганч, резьба по дереву, чеканка, ювелирное дело, вышивка, ковроткачество, рукоделие и др.).
Конкурс проводится в 4 этапа в 3-х возрастных категориях от 7 до 30 лет.
На республиканском этапе конкурса со своими работами приняли участие более 170 юных художников со всех областей Республики и Республики Каракалпакстан, а также города Ташкента, ставших победителями областного этапа.
Дипломы и призы победителям конкурса будут вручены 17 ноября 2022 года на церемонии награждения победителей республиканского этапа конкурса прикладного искусства «Юные любители», который состоится в Конференц-зале Академии художеств Узбекистана.
Просмотров 214    Рейтинг 19   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото