Все новости
"Ranglarda yurt jamoli" nomli badiiy ko'rgazma / Художественная выставка "Красота родного края"
24.09.2022
"Ranglarda yurt jamoli" nomli badiiy ko'rgazma / Художественная выставка "Красота родного края"
2022 yilning 23 sentyabr kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy san`at va dizayn” fakulteti “Me`moriy yodgorliklar bezagini ta`mirlash’ yo`nalishi 3-bosqich talabasi Yangiljon Saburovaning “Ranglar raqsi” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada yosh rassomning 30dan ortiq turli mavzulardagi rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Yangiljon Saburova – 1998 yil Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida tug`ilgan. Maktabni tugatgach, Urganch san`at kollejida tahsil oldi.
Yangiljon 2019 yilda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy san`at va dizayn” fakulteti “Me`moriy yodgorliklar bezagini ta`mirlash’ yo`nalishiga o`qishga kirdi. O`qish bilan birgalikda tasviriy va amaliy san`at bo`yicha ko`plab xalqaro va respublika tanlovlarda ishtirok etib keladi hamda diplom, kubok, medallarga sazovor bo`lgan.
2021 yil – Moskva shahrida o`tkazilgan “Sayyora quvonchi” Xalqaro festival 1-laureat Diplomi sovrindori.
2021 yil 10 sentyabr – Norvegiyaning Oslo shahrida o`tkazilgan “The Best Student” xalqaro tanlovida “O`zbek milliy naqshlari” nomli asarlari bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi ijodkor talaba” va Gran – Prix sovrindori bo`ldi.
2021 yil 28 sentyabr – Qozog`istonda o`tkazilgan “DREAM FEST” xalqaro tanlovining 1-darajali Diplomi, kubogi hamda medali bilan taqdirlandi.
2022 yil 19 fevral – Moskva shahrida o`tkazilgan “ART VICTORY” xalqaro tanlovida 1-darajali laureati bo`ldi.
2022 yil – Tasviriy va amaliy san`at festivalining Diplomini qo`lga kiritdi.
2022 yil 14 mayda “Ushalayotgan orzular” nomli ilk shaxsiy ko`rgazmasi uchun K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.
Yangiljon nafaqat rassomchilik bilan balki, sheriyatda ham yaxshigina ijod qiladi. Uning “Rangin xayollar”, “Nur jilvasi”, “Olam va ohang” nomli she`riy to`plamlari nashrdan chiqqan. Yana bir kitobi – “Fasllar nafasi” nomli kitobi nashrdan chiqish arafasida.
Yangiljon ko`p vaqtini tarixiy obidalarimizning naqshlarini o`rganish, ularni qayta tiklash va chizish bilan o`tkazadi. Jumladan uning “Buxoro Abu Hafs” masjidi mehrobi, “Xiva naqshi”, “Ulug`bek madrasasi’ mayolika loyihasi, “Xiva Ko`hna Ark” shift naqshi, “Buxoro devoriy bezagi”, “Ko`kaldosh” madrasasi loyihasi kabi asarlarida naqshlar to`ldirilgan va asl holatiga yaqin qilib chizilgan. Shuningdek, yosh rassom tabiatni juda sevadi, o`z yurtiga bo`lgan cheksiz hurmat va mehrini “Dengiz”, “Yomg`ir”, “Tong manzarasi”, “Qush”, “O`tov” kabi asarlariga jo qilgan.
Ham rassom, ham shoira qizning kelajagi porloq. U doim izlanishda. O`ylaymizki, bunday umidli yoshlarimiz Yangi O`zbekistonning rivojiga katta hissa qo`shadi hamda tarixiy obidalarimizning avloddan – avlodga o`tishida ko`mak beradi.

Ko`rgazma joriy yilning to 2 oktyabrigacha davom etadi.

Caravanserai.uz (http://caravanserai.uz/index.php) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

********************

23 сентября 2022 года в 17:00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки студентки 3 курса Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода Янгильджон Сабуровой под названием «Красота родного края».
Янгильджон Сабурова родилась 24 февраля 1998 года в городе Турткуль Республики Каракалпакстан.
В 2019 году поступила в Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бехзода на факультет “Прикладное искусство”.
В настоящее время студентка 3 курса факультета “Прикладное искусство” по направлению “Реставрация декора памятников архитектуры” Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзада.
Янгильджон разносторонне талантливый человек. Помимо профессионального занятия живописью и орнаментальной росписью (накш), она пишет стихи. Уже изданы 3 сборника ее стихотворений: “Rangin xayollar”, “Nur jilvasi”, “Olam va ohang” и готовится к выпуску в ближайшее время четвертый: “Fasllar nafasi”.
Янгильджон Сабурова принимает активное участие и занимает призовые места в международных, республиканских выставках и конкурсах:
2021 г. – награждена дипломом I степени Международного фестиваля “Радость Планеты”, проходившего в Москве.
2021 г. – награждена дипломом за участие в республиканском конкурсе эссе «Талантливая молодежь Нового Узбекистана», проводившемся Министерством Высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан.
2021 год – завоевала “Grand Prix” международного конкурса “The Best Student”, проводившегося в г. Осло (Норвегия).
2021 год – награждена дипломом I степени, медалью и кубком за участие в Международном творческом конкурсе “DREAM FEST”, проходившем в Республике Казахстан.
2022 год – награждена дипломом I степени за участие в Международном конкурсе “ART VICTORY”, проходившем в Москве.
2022 год – одержала победу в номинации “Milliy san’atimiz jon kuyari” I Фестиваля национального искусства и традиций “MAKON FEST – 2022”, также получила “Благодарность” за участие в нем.
2022 год – награждена Дипломом в направлении “Прикладное искусство” Международного фестиваля изобразительного и прикладного искусства, ежегодно проводимого Академией Художеств Узбекистана.
18 мая 2022 года состоялось открытие первой персональной выставки Янгильджон Сабуровой “Ushalayotgan orzularim”.
В экспозиции выставки представлено более 30 работ автора, выполненных в следующих направлениях изобразительного искусства: живопись, каллиграфия, орнаментальная роспись.

Выставка продлится по 2 октября 2022 года.

Caravanserai.uz (http://caravanserai.uz/index.php) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 191    Рейтинг 49   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото