Все новости
Yaponiya Tashqi Ishlar Vazirining faxriy yorlig'ini topshirish marosimi / Церемония награждения Почетной грамотой Министра иностранных дел Японии
23.06.2022
Yaponiya Tashqi Ishlar Vazirining faxriy yorlig'ini topshirish marosimi / Церемония награждения Почетной грамотой Министра иностранных дел Японии
Joriy yilning 21 iyun kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi favg'ulotdagi va muhtor elchisi qarorgohida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinovga Yaponiya tashqi ishlar vazirining Faxriy diplomini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yaponiya elchisi Yoshinori FUJIYAMA A. Nuridinovga faxriy yorliq va esdalik sovg‘asini topshirdi.
Marosimda A. Nuridinovning oila a’zolari va Badiiy akademiya xodimlari ishtirok etib, uni ushbu mukofot bilan samimiy tabrikladilar.
O'BA raisi A. Nuridinov o‘zining tabrik so‘zida quyidagilarni ta’kidladi: “Ushbu Faxriy yorliq O‘zbekistondagi barcha ijodkorlar uchun qimmatli mukofot bo‘lib, mening kamtarona hissamni yuqori baholagan Yaponiya hukumatidan minnatdorman. Biz erishgan yutuqlarimiz bilan cheklanib qolmaymiz, Yaponiya elchixonasi bilan hamkorlikda turli madaniy loyihalarni amalga oshirishni davom etish va Yaponiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlashga harakat qilish niyatidamiz”.
O'zbekiston Badiiy akademiyasi Yaponiya elchixonaning muhim hamkori boʻlib, oʻtgan yillar davomida A. Nuridinov Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro anglashuvni rivojlantirishga katta hissasini qoʻshgan. Yaponiya elchixonasi, oʻz navbatida, mavjud samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
A. Nuridinovning xizmatlari haqida qisqacha ma'lumot:
A. Nuridinov taniqli o'zbekistonlik rassom bo‘lib, 2012-yildan beri O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Va bugungi kunga qadar badiiy va madaniy ta'lim sohasida yetakchi shaxs sifatida O'zbekiston madaniyati va san'ati sohasida muhim shaxs hisoblanadi.
Ko'p yillar davomida O'zbekiston Respublikasi tomonidan haqiqiy koordinator sifatida ko'rgazma maydonlarini beg'araz taqdim etib, har yili Yaponiya elchixonasi tomonidan tashkil qilinayotgan yapon madaniyatini targ'ibot qilish bo'yicha ko'plab loyihalarni amalga oshirishda salmoqli hissa qo'sh ib kelmoqda.
A. Nuridinovning bunday sa'y-harakatlari O'zbekistonda yapon madaniyatini tanitish soxasida qo'shgan hissasi benihoyat ulkandir.

******************************

21 июня в резиденции Посла Японии в Узбекистане состоялась Церемония награждения Почетной грамотой Министра иностранных дел Японии Председателя Академии художеств Узбекистана г-на Нуридинова Акмаля. Посол Ёщинори ФУДЖИЯМА вручил почетную грамоту и памятный подарок г-ну Нуридинову, а затем гости продолжили общение в дружеской обстановке.
На церемонии присутствовали члены его семьи, сотрудники Академии художеств, многие годы проработавшие вместе с г-ном Нуридиновым, и искренне поздравили его с данной наградой.
В своей приветственной речи г-н Нуридинов отметил следующее: «Данная грамота является ценной наградой для всех творческих деятелей Узбекистана, и я признателен правительству Японии за высокую оценку моего скромного вклада. Мы не собираемся останавливаться на достигнутом, намерены и в дальнейшем в сотрудничестве с Посольством реализовывать различные культурные проекты и прилагать усилия для поддержания дружественных отношений с Японией».
Г-н Нуридинов является важным партнером Посольства, который на протяжении долгих лет вносит огромный вклад в продвижение взаимопонимания Японии и Узбекистана. Посольство, в свою очередь, намерено и впредь продолжать развивать сложившиеся отношения сотрудничества.
Краткая информация о заслугах г-на Нуридинова:
Г-н Нуридинов, будучи известным художником, а начиная с 2012 года возглавив Академию художеств Узбекистана, и по сей день является ключевой фигурой в сфере культуры и искусства Узбекистана как ведущий деятель в области художественного и культурного образования. На протяжении долгих лет в качестве фактического координатора с узбекской стороны, так и предоставляя выставочные залы на безвозмездной основе, он вносит значительный вклад в реализацию большого количества мероприятий проектов по ознакомлению с японской культурой, ежегодно проводимых посольством. Подобные усилия г-на Нуридинова в значительной степени способствовали расширению базы понимания японской культуры в Узбекистане.
Просмотров 246    Рейтинг 37   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото