Все новости
“Ezgulik manzili” nomli ko`rgazma / Выставка «Пристанище доброты»
07.06.2022
“Ezgulik manzili” nomli ko`rgazma / Выставка «Пристанище доброты»
имя


комментарий


2022 yilning 6 iyun kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Amaliy san`at” fakulteti 3-bosqich talabalari Shahrizoda Beknazarova va Sevara Ergashevalarning “Ezgulik manzili” nomli ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada yosh rassomlarning 40ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Shahrizoda Beknazarova – 2001 yil Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug`ilgan. 2019 yili Qarshi shahar San`at kollejining “Dastgohli rangtasvir” yo`nalishini a`lo baholarga tamomlagan. Shu yili K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Amaliy san`at” fakultetiga o`qishga kirdi. Hozirgi paytda “Me`moriy yodgorliklar bezagini ta`mirlash” yo`nalishida 3-bosqichda tahsil olmoqda.
Shahrizoda talaba bo`lishiga qaramay, o`qish bilan birgalikda, bir necha respublika va xalqaro tanlovlar ishtirokchisi va g`olibi. Jumladan,
- 2021 yil sentyabr oyida tashkil qilingan xalqaro onlayn “Le Coeur De in Paris” nomli tanlovda ishtirok etib, I-darajali Diplom bilan taqdirlangan.
- 2021 yil 25 oktyabrda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida “Maftunkor tabiat jilvasi” nomli shaxsiy k`orgazmasini tashkil etganligi uchun O`zbekiston Badiiy akademiyasi Diplomi bilan taqdirlandi.
- 2021 yil oktyabr oyida xalqaro “Qo`shiq kuyi” nomli tanlovda II-darajali Diplomni qo`lga kiritdi.
- 2021 yil noyabr oyida o`tkazilgan xalqaro onlayn “Japan Sun”tanlovida I – darajali Diplom bilan taqdirlandi.
Sevara Ergasheva – 2000 yil Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug`ilgan.
2019 yili Qarshi shahar San`at kollejining “Datgohli rangtasvir” yo`nalishini a`lo baholarga tamomlagan. Shu yili K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Amaliy san`at” fakultetiga o`qishga kirdi. Hozirgi paytda “Me`moriy yodgorliklar bezagini ta`mirlash” yo`nalishida 3-bosqichda tahsil olmoqda.
Sevara o`qish bilan birgalikda juda ko`p respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, yutuqlarni qolga kiritib kelmoqda. Jumladan:
- 2021 yil 17 iyulda Belorussiyada o`tkazilgan “Iqtidor kaliti” nomli xalqaro tanlovda Diplom bilan taqdirlandi.
- 2021 yil avgustda Frantsiyada o`tkazilgan “Internatsional Talent contest in Paris” nomli xalqaro tanlovda “Shijoatli to`lqin” asari uchun Diplom bilan taqdirlandi.
- 2021 yil “Scientific progress” jurnalida “O`zbekistonda ma`naviy taraqqiyot” nomli maqolasi chop etilgan.
- 2021 yil 1 noyabrda Rossiyada o`tkazilgan “San`atning sehrli kuchi” nomli xalqaro tanlovda Diplom bilan taqdirlandi.
- 2021 yil 25 noyabrda O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo`limining Paxtazor galereyasida “Qalbim nigohi” nomli shaxsiy ko`rgazmasini tashkil qilgan.
- 2022 yil 22 fevralda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ko`rgazmalar fayesida “Tasavvur durdonalari” nomli shaxsiy ko`rgazmasi tashkil qilindi.
Shahrizoda va Sevaralarning orzulari buyuk – yaxshi mutaxassis va el nazaridagi musavvir bo`lishdir. Ikkala qiz ham tabiatni sevadi, baland tog`lar, mavj urgan dengiz, oppoq otlar…Shahrizodaning yangi ishlaridan, “Uyga qaytish”, “Sharshara”, “Miraki”, “Qishloq xonadoni” kabilar o`z tug`ilib o`sgan yurt sog`inchini ifodalaydi.
Sevaradagi yuksaklikka intilish hissi “Qirdagi uchrashuv’, “ Langar qishlog`i’, “Sijjak manzarasi” kabi asarlarda yaqqol ko`rinadi. Bu iste`dodli qizlar ijodi kun sayin o`z muxlislariga ega bo`lib bormoqda.
Ko`rgazma joriy yilning 12 iyunigacha davom etadi.

Caravanserai.uz (http://caravanserai.uz/index.php) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

********************

7 июня 2022 года в 17:00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки студенток 3 курса Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода Шахризоды Бекназаровой и Севары Эргашевой под названием «Пристанище доброты».

Краткая информация об участницах выставки:

Шахризода Бекназарова - родилась 22 января 2001 года в городе Карши Кашкадарьинской области.
В 2019 году с отличием окончила Колледж искусств г. Карши по направлению “Станковая живопись”.
Сразу после окончания колледжа, в 2019 году поступила в Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бехзода на факультет “Прикладного искусства”.
В настоящее время студентка 3 курса Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода факультета Прикладного искусства и дизайна.
Ш. Бекназарова принимает активное участие и занимает призовые места в международных и республиканских выставках и конкурсах:
2021 год, сентябрь – награждена Дипломом I степени за участие в Международном онлайн-конкурсе “Le Coeur De in Paris”.
2021 год, октябрь – награждена Дипломом Академии Художеств Узбекистана за проведение своей персональной выставки в г. Карши.
2021 год, октябрь - награждена Дипломом II степени за участие в Международном многожанровом онлайн-конкурсе
искусств “Мелодия осени”, проводимом Ростовским областным отделением Союза художников России.
2021 год, ноябрь - награждена Дипломом I степени за участие в Международном онлайн-конкурсе “Japan Sun”.

Севара Эргашева - родилась 22 ноября 2000 года в городе Карши Кашкадарьинской области.
В 2019 году с отличием окончила Колледж искусств г. Карши по направлению “Станковая живопись”.
Сразу после окончания колледжа, в 2019 году поступила в Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бехзода на факультет “Прикладного искусства”.
В настоящее время студентка 3 курса Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзода факультета Прикладного искусства и дизайна.
С. Эргашева принимает активное участие и занимает призовые места в международных и республиканских выставках и конкурсах:
2021 год, июль – диплом за участие в Международном конкурсе “Ключ к таланту”, проходившем в Республике Беларусь.
2021 год, август – диплом за участие в Международном конкурсе “Internati nal Talent contest in Paris”, проходившем во Франции.
2021 год, ноябрь - диплом за участие в Международном конкурсе “Магия Искусств”, проходившем в России.
2021 г. – открылась персональная выставка С.Эргашевой в Кашкадарьинском областном отделении Союза художников Узбекистана, в галерее “Пахтазор”.
2022 г. – персональная выставка “Тасаввур дурдоналари” в Национальном институте художеств и дизайна им. К. Бехзода.
Статьи С. Эргашевой были опубликованы в журналах: “Scientific progress”, Образование и наука в ХХI веке”, “Интернаука” и др.
В экспозиции выставки представлено около 40 живописных работ талантливых молодых художниц, выполненных в жанре пейзажа, а также в бытовом жанре.
Все картины художниц пронизаны любовью к Родине, к тому месту, где они родились. На полотнах посетители выставки смогут увидеть отраженную на них природу родного края, его красоту, уникальность и неповторимость.

Выставка продлится до 12 июня 2022 года.

Caravanserai.uz (http://caravanserai.uz/index.php) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 303    Рейтинг 18   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото