Все новости
"Kulguga nima yetsin!..." nomli hajviy asarlar ko‘rgazmasi / Выставка юмористических рисунков "Посмеёмся вместе"
"Kulguga nima yetsin!..." nomli hajviy asarlar ko‘rgazmasi / Выставка юмористических рисунков "Посмеёмся вместе"
2022 yilning 1 aprel kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik zalida 1-aprel – Kulgu kuniga bag`ishlangan “Kulguga nima yetsin…” nomli hajviy asarlar ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada grafik rassomlardan H. Sodiqov, O. Vosixonov, F. Teshayev, R. Azizov, A. Bahromov, Sh. Muzaffar, M. Yulchiboyev, S. Ahmedov va F. Usmonovlarning 100dan ortiq karikatura asarlari namoyish qilindi.
Karikatura – italyancha so`z bo`lib, bo`rttirmoq degan ma`noni bildiradi. Ushbu yo`nalish hajv va kulguli tarzda ishlanadi. Tasvirda kulguli holat real va fantastic voqealar bilan yo`g`rilgan holda yaratiladi. Xarakterning o`ziga xos tomonlari bo`rttirilib, aniq kulgitug`diradigan qilib tasvirlanadi. Tasvirdagi ma`noni izohlash va tasvirning ta`sirchanligini oshirish maqsadida Karikaturaga matn (ba`zan she`r) ilova qilinadi.
O`zbekistonda satirik ayniqsa, “Mushtum” jurnali karikatura janri taraqqiyotiga zamin yaratdi. Usta Mo`min, D. Sinitskiy, T. Muhamedov, N. Ibrohimov va boshqa rassomlarning karikaturalari “O`zbekiston” nashriyotining “Jangovar qalam” plakatlar turkumlari hayotda uchrab turadigan illatlar, ayniqsa, poraxo`rlik, ichkilikbozlik, yulg`uchliklarga qarshi kurashda, ularni fosh etishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Mustaqillik davrida karikatura boqimandachilik, giyohvandlik, qalloblik, aqidaparastlik kabilarni fosh etishga xizmat qildi.
Radik Azizov – “Dunyoning eng yaxshi 100 nafar karikaturachisi” deb tan olingan va “Katta karikatura ensiklopediyasi”ga eng yaxshi asarlari kiritilgan. Shu paytgacha rassomning 100dan ortiq asarlari xalqaro ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etgan.
2008 yili rassomlik yo`nalishi bo`yicha “Oltin qalam” Milliy mukofotiga sazovor bo`lgan. 2016 yili O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Kulgu kaleydoskopi” nomli shaxsiy ko`rgazmasida 140ta karikatura asarlarini namoyish qilgan.
Shavkat Muzaffar – karikatura va kitob grafikasida ijod qiladi. 2012 yilda AQSHda “Mushtum” jurnaliga bag`ishlangan ijodiy safarda bo`lib, o`zbek va Amerika rassomlarining anjuman va ko`rgazmalarida ishtirok etdi. Karikatura asarlari bir qancha Yevropa va Osiyo mamlakatlari kataloglaridan joy olgan hamda diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2007 – 2010 yillarda “Mushtum” jurnalida ishlagan.
Husan Sodiqov – uzoq yillardan beri “Mushtum” hajviy jurnalining bosh rassomi sifatida faoliyat olib bormoqda. U bir necha bor karikatura bo`yicha xorij davlatlarida o`tkazilgan xalqaro karikatura tanlovlari sovrindori. Jumladan, 2001 yili – “Kumush medal”, Yaponiya, 2004 yil – “Bronza medal”, Xitoy, 2009 yil – “Oltin diplom”, slovakiya, 2010 yil - “ShOS”ning maxsus Diplomi va 2010 yil – “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, O`zbekiston. 1986 yili Dunyo Tinchlik Fondining “Faxriy yorlig`i” va Diplomi bilan taqdirlangan.
Farrux Teshayev – 1995 yildan boshlab “Mushtum” jurnalida karikaturalari chop etib kelinadi. Respublika va xorij davlatlarida o`tkaziladigan karikaturachilar ning tanlov va ko`rgazmalarida ishtirok etib keladi.
Akrom Bahromov – grafika, rangtasvir, emblema, karikatura, plakat janrlarida ijod qiladi. 8ta Xalqaro karikatura konkurslarida qatnashib, asarlari kataloglardan joy olgan. 40dan ortiq Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi.
Muzaffar Yo`lchiboyev – 2014 yil Muqimiy nomidagi O`zbekiston Davlat musiqali teatrida rassom sifatida ish boshlagan. Xalqaro teatr festivallarida ishtirok etib, sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan. Karikatura janrida unumli ijod qiladi.
Shuningdek, O. Vosixonov, S. Ahmedov va F. Usmonovlarning karikatura asarlari ko`rgazmadan joy olgan.
Ko`rgazma joriy yilning 7 apreligacha davom etadi.


***************************

1 апреля 2022 года в 17.00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония унков под названием «Посмеемся вместе».
В экспозиции выставки представлены юмористические рисунки (карикатуры и шаржи) следующих талантливых художников-графиков, карикатуристов, членов Творческого союза художников Узбекистана: Радика Азизова, Хусана Содикова, Осимхона Восихонова, Фарруха Тешаева, Акрома Бахромова, Шавката Музаффара, Музаффара Йулчибоева, С. Ахмедова и Фурката Усманова.
Карикатура - это жанр изобразительного искусства, в котором герои произведения нарисованы в сатирической или юмористической форме. В карикатуре автор сознательно искажает черты лица и фигуры, манеру поведения персонажей для их осмеивания. Комический эффект также достигается с помощью методов художественного преувеличения и неожиданного сопоставления общеизвестных фактов. Название термина «карикатура» происходит от итальянского слова caricare (загружать, преувеличивать).
Карикатура - это жанр искусства с ярко выраженной социально-критической направленностью. Она нередко становится действенным инструментом в борьбе с пороками общества, негативными явлениями в социальной, политической и бытовой сферах жизни людей. Легкомысленные карикатурные образы позволяют в доступной форме донести массовому зрителю основную идею сатирического произведения.
Карикатура обычно представляет собой сатирический рисунок на злободневную тематику. Произведения этого жанра классифицируют по следующим критериям:
по форме - линейная или контурная, насыщенная - штриховая, чёрно-белая или цветная, карикатура в единичном изображении или в многочисленных сюжетах (комикс, strip-cartoon);
по содержанию - юмор (funny cartoon), сатира, шарж, чёрный юмор, карикатура как искусство или станковая карикатура (fine art cartoon), философская карикатура, странные предметы, и так далее;
по технике и жанру исполнения - графика, иллюстрация, коллаж, монтаж, фотография, плакат, живопись, реклама, анимация, скульптура и объёмные изображения, архитектура, инсталляция, перформанс, актинг;
по области применения - различные виды полиграфической продукции (журнальная и книжная иллюстрация, календари, буклеты, почтовые марки и открытки, наклейки, печати, и так далее), реклама, анимация, и так далее.
История карикатуры берет свое начало в глубокой древности. Еще в античной Греции большой популярностью пользовались изображения на амфорах, изобличающие всевозможные человеческие пороки.
Но полноценное зарождение жанра карикатуры состоялось лишь в XVI веке в Германии, во время Крестьянской войны и периода Реформации. Неизвестные народные авторы изображали на печатных листках сатирические образы представителей власти и католической церкви. Чуть позже молодой жанр появился в ходе буржуазных революций в других странах Европы (Голландии, Англии и Франции).
Все карикатуры, представленные в экспозиции выставки, отличаются яркостью красок и лаконичностью композиционных решений.
В работах авторы с легкой иронией подсмеиваются над человеческими слабостями, над казусами семейных отношений, подвергают критике трусость, халатность и равнодушие.
Также посетители выставки смогут увидеть шаржи на известных писателей, актеров кино и спортсменов, с четко подмеченными авторами не только внешними данными персонажей, но и чертами характера.

Выставка продлится до 7 апреля 2022 года.



Caravanserai.uz (http://caravanserai.uz/index.php) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
01.04.2022
Просмотров 97    Рейтинг 11   Понравилась новость?    +1   -1    

фото

фото

фото

фото

фото