Все новости
Ivan Zolotuxinning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Ивана Золотухина
07.12.2021
Ivan Zolotuxinning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Ивана Золотухина
2021 yilning 6 dekabr kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-yilligiga bagishlangan fotorassom Ivan Zolotuxinning ilk shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 62ta fotosuratlari namoyish qilindi. Fotosuratlarning ko`pi asosan, inson oyog`i etmas tog` cho`qqilaridan iborat.
Ivan Zolotuxin – 1992 yil Buxoro viloyati Kogon shahrida tug`ilgan.Toshkent shahrida tug`ilgan.
Ivan maktabda o`qib yurgan chog`laridayoq tabiat shaydosiga aylangan. San`at uning jonu – dili bo`lganligi bois, fortepiano chalish bilan shug`ullangan.
Keyinro` esa sportning breking turi bilan shugullangan va ko`plab respublika tanlovlar g`olibi bo`lgan.
Ivan fotosurat olish bilan 15 yildan beri shug`ullanadi. 20 yoshidan boshlab fotobosma laboratoriyasida ishlay boshlagan. U professional sifatida fotostudiyada suratlar oldi va sekin – asta o`z ishi bilan tanilib bordi.
O`z yurtiga qiziqish va muhabbat uning ilk ishlaridanoq sezilib turadi, Ivan O`zbekistonimizning o`zida juda ko`p sayohat qiladi. Uning sinchkov nigohi yurtimizning diqqatga sazovor joylarini ilg`ab oladi va ajoyib fotoasarlar yaratiladi. Ayniqsa, sayohatga bo`lgan katta qiziqish uni Tyan – Shan tog`larining g`arbiy tomoniga olib bordi. Bu tog`lar Ivanni o`zining salobatliligi, yoniga borib bo`lmaydigan qorli
qoyalari, jo`shqin soylari va tiniq sharsharalari bilan yuragini zabt etdi. Ushbu ajoyib tabiat go`zalligini yurtdoshlarimizga etkazish maqsadida fotoasarlar yarata boshladi.
Ivan Zolot uxin uch yildan beri Yangiobod tog`larida yashaydi. U tog`larda rouljamping – juda baland tepalikdan arqon yordamida sakrash, qoyalarga chiqish bilan shug`ullanadi, shuningdek, tog` instruktori sanaladi va turist hamda dam oluvchilarga go`zallikni ko`rishga yordam beradi.
Ivan Zolotuxinning fotosuratlari o`ta tiniqligi bilan ajralib turadi. Bu esa uning professional fotorassom ekanidan dalolatdir. Uning fotoasarlaridan “Tyan – Shanning och sariq palitrasi”, “toqqa chiqish”, “Sakrashdan so`ng” “Alpinist anjomlari bilan ishlash” kabilari haqiqiy tog` nafasini beradi. Yana shunisi e`tiborliki, Ivan Zolotuxin yurtimizdagi faqatgina uzoqlardan tomosha qila oladigan tog`lar cho`qqilari bilan yaqindan tanishtiradi.
Ham sport, ham san`at uyg`unlashganda ajoyib asarlar yuzaga keladi. Buni Ivan ijodida yaqqol ko`rish mumkin. O`zi baland joylardan sakrab, tabiatning sofligi va uchish zavqini his etadi. Albatta, buni hamma faqat orzu qilishi mumkin.
Ko`pchilik yaxshi bilmaydigan joylar bilan tanishtirish, O`zbekistonimizning betakror go`zalligini namoyon qilish, xorijiy davlatlardan qolishmaydigan turistik salohiyatni ko`rsatish – bu hammasi fotorassom oldiga qo`yilgan maqsadlardir. U insonlarni tabiatni asrash va uning qadriga yetishga chorlaydi.

Ko`rgazma joriy yilning 20 dekabrigacha davom etadi.

**********************

6 декабря 2021 года в 17:00 в Большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия фотовыставки Ивана Золотухина под названием “Узбекистан глазами Ивана Золотухина”, посвященная 8 декабря – Дню Конституции Республики Узбекистан.
Иван Золотухин родился в 1991 году в г. Каган Бухарской области.
В детстве занимался музыкой по классу фортепиано. Позже занялся спортом, брейкингом. Неоднократно был призёром на республиканских соревнованиях по брейкингу.
Фотографией Иван Золотухин начал заниматься с 15 лет. С 20 лет работал в лаборатории по фотопечати. Занялся профессионально фотосъёмкой студийной, репортажной, фотопечатью. Интерес и любовь к родному краю отразились в его ранних работах.
Иван много путешествует по Узбекистану. Его пытливый взгляд улавливает удивительные пейзажные картины, достопримечательности родного края.
Страсть к путешествию и познанию прекрасного привела к западным отрогам Тянь-Шаня.
Горы покорили сердце Ивана навсегда своим суровым величием, снежными шапками неприступных
скал, бурлящими реками и хрустальными водопадами.
Этим великолепием природы ему захотелось поделиться со зрителем, донести до сердец соотечественников.
Три года Иван постоянно живет в горах, на турбазе “Янгиабад” (Чаткальский заповедник). Занимается роуп-джампингом (экстремальный вид спорта, прыжки с верёвкой с высокого объекта при помощи сложной системы амортизации из альпинистских веревок и снаряжения), скалолазанием, является горным инструктором, помогая туристам и отдыхающим увидеть красоту горного массива. И, конечно, фотографирует, находя всё новые удивительные места, пропуская через своё сердце, замечая тонкости в природе своим художественным взглядом на мир.
Иван Золотухин пытается привлечь внимание широкой общественности к созерцанию и пониманию удивительного совершенства Природы, задуматься о зыбком экологическом равновесии и приложить все усилия для сохранения разнообразия жизни в нашем общем доме – Планете Земля.

В экспозиции выставки представлено более 60 фотографий автора.

Выставка продлится до 20 декабря 2021 года.


Caravanserai.uz (http://www.caravanserai.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 384    Рейтинг 69   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото