Все новости
Ko'rgazma / Выставка
18.11.2021
Ko'rgazma / Выставка
2021 yilning 18 noyabr kuni soat 15:00da o`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san`at” fakulteti “Grafika, xattotlik va miniatyura” yo`nalishi IV-bosqich taabalari Dilshoda Hoshimova, O`g`iloy Boboyeva va Zilola Berdiyevalarning “Uch qalb izhori” nomli ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada uch qalb sohibalarining 50dan ortiq xattotlik, xaq dostonlariga ishlangan illiyustratsiyalari va miniatyura asarlari namoyish qilindi.
Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart – sharoitlar bugungi yoshlarimizning bilimli, o`z iqtidor egasi bo`lib etishishiga katta yordam bermoqda. K. Behzod instituti talabalari orasida allaqachon xalq orasida tanilib bo`lgan talabalar ko`pchilikni tashkil qiladi. Ana shunday umidli yoshlardan Dilshoda Hoshimova, O`g`iloy Boboyeva va Zilola Berdiyevalar o`z ijod namunalarini san`atsevar tomoshabinlar e`tiboriga havola etib kelmoqda.
Dilshoda Hoshimova– 1999 yil Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida tug`ilgan. 2010-2015 yillar davomida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 3-sonli Musiqa va san’at maktabida ustozi N. Qodirovdan ilk ko`nikmalarni oldi. 2018-yilda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san`at” fakulteti “Grafika, xattotlik va miniatyura” yo`nalishiga o`qishga kirdi va hozirda ustozlari M. Sobirov, R. Aliboyev va Ch. Payziyevalardan saboq olmoqda. Dilshoda iqtidorli talaba bo’lganligi bois, ko’plab tanlovlarda faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda.
2018-yil “Tasviriy va amaliy san’at haftaligi”da “Oltin medal” sohibasi bo`ldi. Shuningdek, “Mo’yqalamda mo’jizalar jilosi” II Xalqaro ko’rik tanlovda 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2021-yilda Tasviriy va amaliy san’at haftaligida kumush medal bilan taqdirlandi. 2021-yilda “Bahor”, “Ranglarda aks etgan yurtim jamoli”, “Orzularim poydevori”, “Ilk qadam”, “Uch qalb izhori” nomli shaxsiy ko’rgazmalar tashkil etdi.
2021-yilda Dilshoda Kamolliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo`ldi.
Zilola Berdiyeva – 1999 yil Xorazm viloyati Xazorasp tumanida tug`ilgan. O`rta maktabni tamomlagach, 2015 – 2018 yillarda Xazorasp Pedagogika va xizmat ko`rsatish kollejida tahsil oldi. Ustozlari J. Jabborov, U. Rajabovlarning qo`lida miniatyuradan ilk saboqlarni o`rgandi. 2018 yilda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san`at” fakulteti “Grafika, xattotlik va miniatyura” yo`nalishiga o`qishga kirdi va hozirda ustozlari M. Sobirov, Ch. Payziyevalardan mimiatyura san`ati sirlarini o`rganib kelmoqda.
Zilola kollejda o’qib yurgan paytidayoq, juda ko`p tanlov va ko`rgazmalarda ishtirok etdi va diplomlar bilan taqdirlandi. Bu uning noyob istedod sohibasi ekanligidan darak berar edi. Institutda o`qish bilan birga har xil tanlov va ko`rgazmalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Birgina 2021 yildagi yutuqlari uni yanada tanittirdi. Jumladan, bu yilgi “Tasviriy va amaliy san`at festivali”da faol ishtiroki uchun Diplom bilan taqdirlandi. Yana “DREAMFEST” tanlovida 1-o`rinni egallab, kubok va medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, joriy yilda o`tkazilgan “Rossiya talantlari” formatida “Yettinchi Xalqaro konkurs”da 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
O’g’iloy Boboyeva – 1999 yil Farg’ona viloyati, Bog’dod tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlagach, 2015-2018 yillarda Qo’qon tasviriy va san’at kollejida o`qidi. Ustozlari Q. Mamurov qo’lida tahsil oldi. 2018-y K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san`at” fakulteti “Grafika, xattotlik va miniatyura” yo`nalishiga o`qishga kirdi va hozirda ustozlari M. Sobirov, Ch. Payziyevalardan mimiatyura san`ati sirlarini o`rganib kelmoqda.
O’g’iloy kollejda o’qib yurgan paytidayoq, juda ko’p tanlovlarda ishtirok etdi va diplomlar bilan taqdirlandi. 2017-yilda Qo’qon tasviriy va amaliy san’at kollejida bo’lib o’tgan “San’at haftaligi”da amaliy san’at yo’nalishi bo’yicha “Oltin medal” sohibasi bo’ldi.
2017-yil Rossiyada bo’lib o’tgan “МОДА ЧУДЕСЪ” tanlovida 1-o’rinni egallab, “Oltin medal”ni qo`lga kiritdi. 2018-yil “Tasviriy va amaliy san’at haftaligi”da “Kumush medal” sohibasi bo`ldi. 2021-yilda bo’lib o’tgan “Kamolliddin Behzod izdoshlari” tanlovida faxrli 2-o’rinni egalladi. Shuningdek, joriy yilda Rossiyada bo’lib o’tgan, “Rive – de – reve” tanlovida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Ko`rgazma joriy yilning 28 noyabrigacha davom etadi.

Caravanserai.uz (http://www.caravanserai.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)

***********************************


18 ноября 2021 года в 15.00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки студенток 4 курса Национального института художеств и дизайна им. К. Бекзода Дильшоды Хошимовой, Угилой Бабаевой и Зилолы Бердиевой под названием «Творение трех сердец».
Краткая информация об участницах выставки:
Дильшода Хошимова:
Родилась 8 февраля 1999 года в Навоийской области.
В 2015 г. окончила Детскую школу музыки и искусств №3 Кизилтепинского района Навоийской области.
В 2018 г. окончила Навоийский колледж культуры и искусства.
В 2018 году поступила в Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бекзода на факультет «Изобразительного искусства» (направление «Графика: миниатюра и каллиграфия»).
Принимает активное участие в ежегодно проводимых в республике и за рубежом выставках и конкурсах.
В 2018 г. награждена золотой медалью “Международного Фестиваля изобразительного и прикладного искусства” (Ташкент), в 2021 – серебряной.
В 2021 г. награждена дипломом I степени за победу во II Международном творческом конкурсе «Времена года. Весна» (Россия).
В 2021 г. стала обладателем Государственной стипендии им. Камолиддина Бекзода.
Угилой Бабаева:
Родилась 7 июля 1999 года в Ферганской области.
В 2015 г. окончила общую средне образовательную
школу №5 Багдадского района Ферганской области.
В 2018 г. окончила Кокандский профессиональный колледж изобразительного и прикладного искусства.
В 2018 году поступила в Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бекзода на факультет «Изобразительного искусства» (направление «Графика: миниатюра и каллиграфия»).
Принимает активное участие в ежегодно проводимых в республике и за рубежом выставках и конкурсах.
В 2017 г. награждена золотой медалью международного конкурса-фестиваля театров моды и искусства костюма «Мода чудес», проходившего в Москве.
В 2018 г. награждена серебряной медалью “Международного Фестиваля изобразительного и прикладного искусства” (Ташкент).
В 2021 г. заняла II место на конкурсе «Последователи К. Бекзода», проводимого Академией Художеств Узбекистана.
Зилола Бердиева:
Родилась 11 сентября 1999 года в Хорезмской области.
В 2015 г. окончила общую средне образовательную школу №42 Хазараспского района Хорезмской области.
В 2018 г. окончила Хазараспский педагогический колледж.
В 2018 году поступила в Национальный институт художеств и дизайна им. К. Бекзода на факультет «Изобразительного искусства» (направление «Графика: миниатюра и каллиграфия»).
Принимает активное участие в ежегодно проводимых в республике и за рубежом выставках и конкурсах.
В 2018 г. награждена дипломом (за активное участие) “Международного Фестиваля изобразительного и прикладного искусства” (Ташкент).
В 2021 г. награждена дипломом победителя I степени 7 Международного конкурса, проходящего в формате ФМВДК «Таланты России».
В 2021 г. заняла I место в Международном конкурсе изобразительного и прикладного искусства «DREAMFEST» (Казахстан).
Экспозиция выставки включает в себя около 50 работ авторов, выполненных в жанре миниатюры (восточная миниатюра).
Также в экспозиции выставки представлена вышивка Угилой Бабаевой в стиле Восточной миниатюры.
Зрители смогут увидеть образцы гератской, исфаханской, бухарской, тебризской школ миниатюры, выполненных талантливыми молодыми художницами

Выставка продлится до 28 ноября 2021 года.

Caravanserai.uz (http://www.caravanserai.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) | Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
Просмотров 250    Рейтинг 42   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото