Все новости
Bolalar rasmlari ko‘rgazmasi / Выставка детских рисунков
21.09.2021
Bolalar rasmlari ko‘rgazmasi / Выставка детских рисунков
BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1981 yil Xalqaro tinchlik kuni ta’sis etilgan va 2001 yil 7 sentabrdagi tegishli rezolyutsiyasiga ko‘ra 21 sentabr Xalqaro tinchlik kuni sifatida har yili nishonlana boshlangan.
O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekistondagi YUNISЕF vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikamizdagi bolalarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni tasviriy san’atga, badiiy ijodga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini mustahkamlash maqsadida respublikamizdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Yaxshilik va tinchlik diyori” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rgazmasini tashkil etdi
Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 21-30 sentabr kunlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami va 21 sentabr “Xalqaro tinchlik kuni”ni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida o‘tkazildi.
Ko‘zgazmada farzandlarimiz o‘zlarining ijod namunalari bilan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini rasmlarlar orqali ifodalashga harakat qilganlar.
Tadbirda O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari - Uzoqboy Begimqulov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari-Farxod Toshmuxamedov, YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshidagi jamoat kengashi raisi, SHHT eksperti E’tibor Sultonovalar so‘zga chiqdilar.
Tadbir doirasida Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari tomonidan she’riy chiqishlar va qiziqarli dasturlar namoyish etildi.
Ko‘rgazma 2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammiti oldidan ham ekspozitsiya qilinadi.
Mazkur tadbir tasviriy va amaliy san’at sohasi ijodiy yo‘nalishida maktabgacha ta’lim muassasalaridan keyingi ta’limni tashkil etishda va samaradorligini yanada oshirishga hizmat qiladi.

Ko‘rgazma 30 sentabrgacha davom etadi.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture

********************

Международный день мира был учрежден Генеральной Ассамблеей ООН в 1981 году, и согласно соответствующей резолюции от 7 сентября 2001 года 21 сентября ежегодно отмечается как Международный день мира.
Центр народной дипломатии ШОС в Узбекистане в сотрудничестве с Министерством дошкольного образования, Академией художеств Узбекистана, Университетом мировой экономики и дипломатии и представительством ЮНИСЕФ в Узбекистане организовал выставку детских рисунков на тему «Территория добра и мира» среди воспитанников дошкольных образовательных учреждений республики стремясь повысить интерес детей к искусству и культуре.
Выставка проходила 21-30 сентября в Международном караван-сарае культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана по случаю 30-летия независимости Республики Узбекистан и Международного дня мира 21 сентября.
На выставке наши дети постfрались через рисунки выразить свои идеи и представления о мире страны, процветании Родины и благополучии народа.
На данном мероприятии выступили с краткой речью выступили директор Центра народной дипломатии ШОС в Узбекистане - Кабулжон Сабиров, заместитель министра дошкольного образования – Узокбой Бегимкулов , заместитель председателя Академии художеств Узбекистана - Фархад Тошмухамедов, глава ЮНИСЕФ в Узбекистане - Мунир Мамедзаде и доктор политических наук, профессор Университета мировой экономики и дипломатии, председатель Общественного совета при Министерстве дошкольного образования, эксперт ШОС –Эътибор Султанова.
В рамках мероприятия студенты Университета мировой экономики и дипломатии представили гостям выставки, красочную концертную программу.
Данная выставка будет проводится и в преддверии саммита Шанхайской организации сотрудничества 2022 года в Узбекистане.
Это мероприятие послужит дальнейшему повышению планомерности и эффективности дошкольного образования в творческом направлении изобразительного и прикладного искусства.

Выставка продлится до 30 сентября.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture
Просмотров 539    Рейтинг 45   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото

фото