Все новости
Anvar Bobobekovning shaxsiy ko‘rgazmasi / Персональная выставка Анвара Бобобекова
21.08.2021
Anvar Bobobekovning shaxsiy ko‘rgazmasi / Персональная выставка Анвара Бобобекова
2021 yilning 20 avgust kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlangan miniatyurachi rassom Anvar Bobobekovning “Gul ishqi” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 40ga yaqin miniatyura ishlari namoyish qilindi.
Miniatyura - fransuzcha so`z bo`lib, qizil bo`yoq degan ma`noni bildiradi. Badiiy miniatyuraning kitob va portret turlari kenng tarqalgan. Miniatyura qadimdan ma`lum bo`lgan. Qadimiy Misr papiruslariga xira bo`yoqlar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilibrangtasvir usulida ishlangan.
Yurtimizda miniatyurachi rassomlar ko`p. Ammo, san`atning nozik xilqati, sirli va yorqin ranglarini yaratish rassomlardan katta mahorat talab qiladi. Umidli rassomlardan biri – Anvar Bobobekov mana shunday sirlarni o`zlashtirgan. Anvar Bobobekov - 1978 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan.
1986 -1997 yillarda hozirgi Respublika ixtisoslashgan
san`at maktab internatida o`qidi. Ushbu dargohda naqsh san`ati sirlarini ustozi K. Gapirov ustaxonasida o`rgandi.
2002-2006 yillarda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Reklama va grafika” bo`limida tahsil oldi.

Ustozlari E. Korolkova va F. Xaitov ustaxonalarida ijod sirlarini o`rgandi.
2018 yildan boshlab O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasining “Miniatyura” sho`basi a`zosi.
Anvar Bobobekovning ijodida mavzular rang – barang. Goh “Muhabbat nolasi”, ba`zida esa “xayollar og`ushida”…
Har ikkisida ham rassom miniatyura san`atining Eron ijodkorlariga xos nafosat, noziklik, mayda detallarda ishlash uslublarni ko`rish mumkin. Uning “Anor”, “Atirgullar” , “Bahor og`ushida” asarlari rassomning gullar shaydosi ekanligidan dalolat beradi. Gul ishqini qushlar bilan uyg`unlashtirganda haqiqiy real asar dunyoga keldi. Buni rassom nafaqat mohirona tasvirlaydi, balki, to`liq his etadi.
Rassomning Sharqona mavzulari tomoshabinga yaqin. “Kashtado`z”, “Arg`imchoq”, “Tovuslar bazmi”, “Qizg`ish tong” kabi miniatyura asarlari bugungi va kechagi hayotimizdan so`zlaydi. Asrlar oshib tarixga aylanadigan bugunimiz mana shunday san`at asarlari orqali avlodlarimizga yetib boradi.
Har bir tomoshabin san`at asarlarini turlicha ko`radi va talqin etadi. Shunday ekan, rassom mahorati va ijodini baholash, qabul qilish hamda zavq olish san`at ixlosmandlariga havola.

Ko`rgazma joriy yilning 5 sentyabrigacha davom etadi.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture


**************************

20 августа 2021 года в 17:00 в Большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки миниатюр Анвара Бобобекова под названием “Любовь к цветам”, посвящённую 30-летию Независимости Республики Узбекистан.

Анвар Бобобеков родился 3 апреля 1978 года в Ташкентской области.
В 1997 году окончил Республиканскую Специализированную художественную школу-интернат искусств.
С 2002 по 2006 гг. проходил обучение в Национальном институте художеств и дизайна им. К. Бехзада на кафедре «Рекламы и прикладной графики». Его педагогами были Ф.Ф. Хайитов и Е.А. Королькова.
В 2018 г. вступил в Творческий союз художников.
Регулярно принимает участие в ежегодно проводимых в республике и за рубежом выставках и конкурсах.
В 2019 г. В Ташкентском Доме фотографии состоялось открытие первой персональной выставки миниатюр Анвара Бобобекова «Восточное вдохновение».

Как известно, искусство миниатюры является важной частью историко-культурного наследия Узбекистана.
В период независимости нашей страны искусство миниатюры стало широким художественно-стилистическим направлением, вобрав в себя представителей самых разных поколений.
В 2020 году в ходе 15-й сессии Межправительственного комитета по охране нематериального культурного наследия искусство миниатюры Узбекистана, Азербайджана, Исламской Республикой Иран и Турции было внесено в Репрезентативный список нематериального культурного наследия человечества.
Несмотря на то, что миниатюра существует уже много веков, она продолжает развиваться, становясь мостом между прошлым и настоящим.

В экспозиции выставки представлено более 30 миниатюр автора. При создании своих работ он черпал вдохновение в творчестве лучших мастеров восточной миниатюры. В его произведениях зритель сможет увидеть сюжеты, традиционные для восточной миниатюры: “Влюбленные”, “Райский сад”, “Небо”, Охота”, “Цветы и птицы” и др.

Выставка продлится до 30 августа 2021 года.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture
Просмотров 440    Рейтинг 32   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото