Все новости
Ko'rgazma / Выставка
30.06.2021
Ko'rgazma / Выставка
2021 yilning 30 iyun kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida XMKS badiiy fondidan: rangtasvir va grafik asarlar ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada 50dan ortiq rangtasivr va grafika ishlari namoyish qilindi.
Qariyb 15 yil mobaynida XMKS fondi shakllanib bordi. Hozirda fondda rangtasvir, haykaltaroshlik, kulolchilik namunalaridan saqlanib kelmoqda.
Rangtasvir va grafika asarlari: XMKS badiiy fondi 2007 yildan boshlab ko‘rgazma o‘tkazgan taniqli va yosh rassomlarning ijodiy asarlari bilan to‘lib bordi. Ular sovg‘a qilgan asarlardan iborat ko‘rgazmalar tashkil qilinib kelinayapti.
2012 yil 29 avgustda Ikuo Xirayama Xalqaro Madaniyat karvon saroyida “Mustahkam oila” yiliga bag‘ishlangan “Mashriq. Ishtiyoq. Harorat” deb nomlangan oilaviy sulola - Tyurinlarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan edi.
Aleksandr Tyurin oilasini respublikamizdagi taniqli rassomlar oilasi desak yanglishmaymiz. Rassomlar Aleksandr, Milen va Kristinalarning ijodida o‘zaro uyg‘unlikni ko‘rish mumkin. Buni boisi bir muhitda ijod qilishi sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘rgazmadan so‘ng XMKS fondiga Aleksandr Tyurin “Yo‘l, m,m, 46x66, 2012 yil” asarini sovg‘a qildi.
Radik Azizov XMKSda eng ko‘p ko‘rgazma tashkil qilgan rassomlardan biridir. Shu bois ham u ko‘rgazma o‘tkazishdagi faolligi uchun XMKSning 3 marta diplomi bilan taqdirlangan. Rassomning 8ta asari XMKS badiiy fondiga sovg‘a sifatida taqdim qilingan. Jumladan, “Parad, qog‘oz, guash, 51x45, 1995 yil”, “Belgilar, q, guash, 58,5x46,1992 yil”, “Kun yakunida, q, guash, 53x50, 1994 yil” kabilar shular jumlasidan.
Rassom Svetlana Shin gullar va tabiatni yaxshi ko‘radi. Shu bois ham ijodining asosiy qismini respublikamizda o‘sadigan turli xil gullar va go‘zal tabiat mo‘’jizalari egallaydi. Fondimizda saqlanayotgan “Chashma, m,m, 80x86, 2013” asari shular jumlasidan.
Bahodir Zokirovni ko‘pchilik yaxshi taniydi. San’atkor Botir Zokirovning o‘g‘li Bahodir Zokirov nafaqat kino san’atida, balki, rassomchilik san’atida ham iqtidori borligini ko‘rsatdi. Uning 2015 yilda XMKSda o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rgazmasi “Sening sevging...” deb nomlangan edi. Bahodir Zokirov fondimizga “Doira, m,m, 50x70, 2015 yil” asarini sovg‘a qildi. 2021 yilda esa “Otam xotirasi uchun” ko‘rgazmasidan so‘ng “Bazm”, x.m, 50x70, 2015 yil asarini taqdim etdi.
Rassom Isfandiyor Haydarov o‘zining “Sehrli diyor” nomli shaxsiy ko‘rgazmasini 2015 yil san’at ixlosmandlariga taqdim etgan edi. Uning fondimizda saqlanayotgan “Garden, m,m, 50x40, 2015 yil” va “Xumson.Oqshom, m,m, 50x69,2015 yil” asarlari go‘zal tabiatimizning maftunkor va betakror go‘zalligini tarannum etadi.
Rassom Yuriy Grebenyuk – gullar va tabiatning chinakam shaydosi, desak yanglishmaymiz. Shu bilan birga falsafiy asarlari rassom ijodini bezab turibdi. Uning fondimizda saqlanayotgan “Oltin o‘rtani aniqlashda ijobiy va salbiy ta’sirning suprematik diffuziyasi, m,m, 75x95, 2014 yil”, “Yoz payti, m,m, 70x80,2017 yil” asarlari chinakam san’at asari deyish mumkin.
Harbiy – rassom Iqbol Ilhomovning “Burchmulla tog‘lari, m,m, 62x59, 2007 yil”, rangtasvirchi rassomlardan Valeriy Povarinisning “Pod’ezd baliqlari, m,m,55x65,2016 yil”, Baxtiyor Yusupovning “Adolatsiz ayriliq, m,m, 67x47,2015 yil”, Ahmad Umarovning “Darvoza, m,m, 60x70, 2017 yil”, Ahmad Boboyevning “Metamorfozalar, m,m, 47x91, 2016 yil”, Nozimxo‘ja Abdusalomxo‘jayevning “Xumson manzaralari, m,m, 50x70, 2014 yil”, Svetlana Shinning “Chashma, m,m, 80x86, 2013 yil”, Valeriy Kuznetsovning “Chirchiqda kunbotar, m,m, 29x50, 2009 yil”, N. Xolmirzayevning “Oq tuyaning tashrifi, m,m, 49,5x50, 2013 yil” kabi asarlar XMKS fondida saqlanib kelmoqda.
XMKSda har yili yosh rassom va talabalarning ko‘rgazmalari uyushtiriladi. Badiiy fondda yoshlarning asarlari ham saqlanib keladi. Yosh rassomlardan Sevara Qosimovaning “Suv bo‘yida, m,m,90x40, 2014 yil” va “Xumson. Oqshom, m,m, 50x60, 2015 yil”, Muhiddin Risqiyevning “Quyoshga ta’zim, qog‘oz, akvarel, 61x20, 2013 yil”, “Egizaklar, m, 30x35, 2013 yil”, Doston Qurbonovning “Qorli kun, m,m, 30x60,5, 2016 yil” kabi asarlar turli mavzularda chizilgan. Yosh va umidvor yoshlarning kelajakda taniqli rassom bo‘lishlariga umid qilamiz. Albatta, bunda izlanish, o‘qish, bilim juda ham zarur.
XMKS badiiy fondida saqlanayotgan asarlar yurtimizning taniqli va iqtidorli rassomlarning ishlaridan tashkil topgan.

Ko‘rgazma joriy yilning 15 iyulgacha davom etadi.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture

**************************

30 июня 2021 года в 17.00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки живописных и графичесих работ из художественного фонда МКСК.
Художественный фонд МКСК включает в себя около 300 экспонатов. Формирование фонда началось в 2003 году с произведений гончарного искусства и скульптур, переданных в дар посольством Китайской Народной Республики.
В настоящее время фонд включает в себя произведения живописи узбекских художников, таких как: А. Тюрин, С. Шин, М. Расулов, И. Хайдаров, Б. Закиров, А. Бабаев, А. Умаров, Л. Альмяшева, Д. Демеева, Н. Орипова и др.;
графики – Дамир Уразаев (ксилография), Галина Ли (литография), А. Каланов, Р. Азизов, Х. Садыков и др.;декоративно-прикладного искусства Узбекистана и Японии – Н. Кузиева, А. Авакян, Н. Доманцевич, Ф. Деденёва, Д. Юрьев, А. Юрьева (керамика), А. Шаймурадов, Р. Ерметов (скульптура), Т. Касымов (чеканка), Э. Алиев (резьба по дереву), Т. Закиров (пирография), Ниияма Рейко (художественное эмалирование), Нанко Ямагищи (батик) и др.
Также в художественном фонде имееются серии фотографий японских фотохудожников Щота Нагасе и Канако Сато, каллиграфии японских мастеров Ишимару Шинья и Ёщиясу Окада и другие интересные экспонаты.
Коллекция художественного фонда МКСК продолжает пополняться за счет даров и приобретений.
В экспозиции выставки представлены:
живописные работы художников: А. Бабаева, Д. Рахимовой, И. Хайдарова, А. Умарова, Н. Ориповой, А. Тюрина, С. Шин, Д. Демеевой, Л. Альмяшевой, О. Дудкиной, Ю. Гребенюка, Ш. Курбоновой,Р. Ходжаниязова, Д. Курбанова, Д.Эшматова, Б. Закирова, Х. Муратова, Ф. Мавлонова, Т. Намазова, Н. Холикова, В. Повариниса, Б. Юсупова, Н. Холмирзаева, С. Касымовой, И. Илхомова, В. Кузнецова, Н. Абдусаломходжаева, О. Амиркулова.
графика: Р. Азизова, Д. Уразаева, М. Рискиева.
Также зритель сможет увидеть репродукции работ Икуо Хираямы (японского художника, ученого-исследователя, общественного деятеля Японии, ректора Токийского национального университета изящных искусств и музыки), художественную аппликацию Масаёщи Ито (мастера по художественной аппликации).
Всего на выставке представлено около 60 работ 37 художников.

Выставка продлится до 15 июля 2021 года.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture
Просмотров 589    Рейтинг 44   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото