Все новости
“Ijodkor bolalar” nomli ko‘rgazmasi / Выставка «Талантливые дети»
18.06.2021
“Ijodkor bolalar” nomli ko‘rgazmasi / Выставка «Талантливые дети»
2021 yilning 18 iyun kuni soat 11:00da O’zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Yoshlarni qo”llab – quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga bag’ishlangan Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining an’anaviy “Ijodkor bolalar” nomli ko’rgazmasining ochilishi bo’lib o’tdi.
Ko’rgazmada o’qituvchilardan Olga Mannakova, Shohista Rahimova va Nigora Mirsolihovalarning o’quvchilari chizgan 100ga yaqin ijodiy ishlar namoyish qilindi.
Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi 2011 yilda tashkil qilingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari” to’g’risidagi 2019 yil 30 sentyabrdagi 4467 – sonli qaroriga muvofiq Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi – maktabga aylantirildi. Avval bu yerda 3ta yo’nalish bo’lgan bo’lsa, endilikda 7ta yo’nalish ,o’yicha iqtidorli bolalarga mashg’ulotlar olib boriladi.
Bolalarning qiziqishlari inobatga olingan holda, ularning ijodiy va badiiy qobiliyatini rivojlantirish hamda foydali dam olishini tashkil etish maqsadida maktabda 26ta turli xil to’garaklar faoliyat olib boradi. Jumladan, “Tasviriy san’at”, “To’qish”, “Munchoqli bezak”, “Kulolchilik”, “Milliy raqs” kabilarga bolalarning qiziqishi katta. Shu bois ham maktabda hozirda 600dan ortiq bolalar shug’ullanib kelishadi.
Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabiga uzoq yillardan beri Dildora Yahyoyeva rahbarlik qilib keladi.
O’quv va tarbiya jarayoni o’quv yilining 15 sentyabridan 25 mayigacha davom etadi.
To’garaklarda o’quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish bilan birgalikda kasb – hunar asoslarini ham o’rganib kelishmoqda. Maktabda 26 nafar mutaxassis – pedagoglar faoliyat olib borishadi.
“Yoshlarni qo”llab – quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga bag’ishlangan Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining an’anaviy “Ijodkor bolalar” nomli ko’rgazmasida qatnashgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Raqs to’garagining ijodiy chiqishlari barchaga zavq ulashdi.


Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture

***********************************************

18 июня 2021 года в 11:00 в малом зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялось открытие выставки «Талантливые дети» работ учащихся Детской школы «Баркамол авлод» Яккасарайского района города Ташкента.

Детский центр «Баркамол авлод» Яккасарайского района образован в 2011 году.

На основании Постановления Президента Республики Узбекистан № 4467 от 30.09.2019 г. «О мерах по кардинальному повышению эффективности внешкольного образования в системе народного образования» 30.09.2019 г. Детский центр «Баркамол авлод» был переименован в Детскую школу «Баркамол авлод».

Преподавание в Детской школе «Баркамол авлод» ведётся по направлениям: художественное творчество, техническое направление, экология и краеведение.

Начиная с 2020/2021 учебного года, в школе внедрена программа «STEAM-образование» (Science - естественные науки, Technology - технологии, Engineering - инженерия, Art - искусство, Mathematics – математика).

В настоящее время в целях организации полезного досуга, развития художественного и творческого потенциала детей, в центре открыты и действуют 26 кружков. Центр имеет филиалы в трёх школах, где на бесплатной основе занимаются более ста детей. Занятия проводятся с 15 сентября по 25 мая. Около 610 детей и подростков с удовольствием обучаются в таких кружках, как «Изобразительное искусство», «Вязание», «Бисероплетение», «Керамика», «Национальная хореография», «Современный танец», «Вокал», «Молодой повар», «Английский язык» и др.

В Детской школе «Баркамол авлод» Яккасарайского района работает 26 специалистов педагогов под руководством директора школы Дилдоры Яхъяевой.

В экспозиции выставки представлено более 150 творческих работ учеников, выполненных под руководством их педагогов: Ольги Маннаковой, Шохисты Рахимовой и Нигоры Мирсолиховой.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture
Просмотров 518    Рейтинг 41   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото