Все новости
Husan Sodiqovning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Хусана Садыкова
Husan Sodiqovning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Хусана Садыкова
2021 yilning 7 iyun kuni soat 17.00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida grafik rassom Husan Sodiqovning “Ertaklar dunyosi” nomli illyustratsiyalar ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada rassomning 70ga yaqin turli millat xalqlarining ertaklariga ishlangan illyustratsiyalari namoyish qilindi. Hozirgacha ham latifa va hangomalarda yashab kelayotgan o‘zbek, turk, eron, ozarbayjon, qozoq xalqlarining qahramonlari ya’ni Nasriddin afandi va Aldar ko‘sa kabilar rassomning satirik obrazlarida o‘z ifodasini topgan. Rangli qalam va akvarelda ishlangan bu ishlarni nafaqat bolajonlar balki, kattalar ham qiziqish bilan tomosha qilishadi.
Grafik - rassom, taniqli karikaturachi Husan Sodiqov – 1960 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 4 yoshidan boshlab otlar rasmini chiza boshlagan Husanning rassomlikka bo‘lgan qiziqishini ota-onasi sezgach, uning iqtidorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishdi. Shu bois ham u 1-sinfdanoq rassomlik to‘garagiga qatnasha boshladi. O‘sha paytlarda maktab kiraverishida namoyish qilinadigan har xil tanlov va ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelardi. 6–sinfda o‘qib yurgan chog‘larida “G‘uncha” va “Gulxan” jurnallarida u chizgan rasmlar chop etila boshladi. Hattoki uning rasmlari “Mushtum” hajviy jurnalida ham bosildi. Yoshlikdan satira va yumorga bo‘lgan qobiliyat yuzaga chiqa boshladi va rassomlik kasbini egallashga bo‘lgan ishtiyoq yanada kuchaydi.
1981-1986 yillarda Husan Sodiqov Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat Teatr va rassomlik institutining “Sanoat grafikasi” fakultetida tahsil oldi. 1986 yili Dunyo Tinchlik Fondining “Faxriy yorlig‘i” va diplomi bilan taqdirlangan.
1993 yildan beri O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi.
1996 yildan beri “Mushtum” hajviy jurnali bosh rassomi lavozimida ishlab kelmoqda.
2010 yil O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining “Oltin qalam” milliy mukofoti hamda Shanxay Hamkorlik tashkilotining maxsus sovrini sohibiga aylandi.
2004 – 2012 yillarda “O‘zbek xalq ertaklari” to‘plami o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida hamda jahon xalqlari ertaklari asosida ishlangan illyustratsiyalari kitob holida chop etildi.
Rassomning ijodiy ishlari nafaqat O‘zbekistonda, balki, chet ellarda ham juda mashhur va hozirda Koreya, Portugaliya, Kipr, Turkiya, AQSH, Xitoy, Ispaniya, Gongkong, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlarda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib keladi.
Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan turli xalq ertaklariga ishlangan rangli illyustratsiyalar:
1. Chalpak yoqqan kun
2. Podsho va to‘ti
3. Ur to‘qmoq
4. Zumrad va Qimmat (o‘zbek xalq ertaklari)
5. Podsho va tikuvchi
6. Qurbaqa malika (rus xalq ertaklari)
7. Aldarko‘sa va devlar
8. Aldarko‘sa va savdogar (qozoq xalq ertaklari)
9. Tengi yo‘q lofchi (turkman xalq ertagi)
10. Biyaning tuxumi (Latviya xalq ertagi)
11. Minora (Ozarbayjon xalq ertagi)
12. Shoxli Iskandar (Gruzin xalq ertagi)
13. Shayton va duradgor (Belorus xalq ertagi)
14. Kitobsevar Oftoboy (Sharq ertagi)
15. Cho‘chqaboqar
16. No‘xot ustidagi malika (Daniya, Andersen ertaklari)

Ko‘rgazma joriy yilning 17 iyunigacha davom etadi.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture

***********************************************

7 июня 2021 года в 17:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки “Сказочный мир Хусана Садыкова”.
Хусан Садыков – художник-график, карикатурист.
Родился в Ташкенте в 1960 году.
Творческие способности стали проявляться у него с юного возраста.
В 1968 году, в 8 лет, он начал обучаться азам изобразительного искусства в кружке рисования при Дворце пионеров им. Островского под руководством Павла Михайловича Шестакова.
В 1986 г. окончил Ташкентский государственный театрально-художественный институт имени А. Н. Островского, факультет Художественной графики.
В 1993 г. вступил в Творческое объединение художников Узбекистана.
С 1996 по 2020 гг. работал главным художником сатирического журнала “Муштум”.
Хусан Садыков автор более 4000 карикатур.
Постоянный участник выставок и конкурсов, проходивших в Узбекистане, России и в других странах мира.
Неоднократный дипломант конкурсов карикатур, проводимых в Южной Корее, Китае, Польше, Израиле, Италии, Турции, Узбекистане, Японии и др. В Стране восходящего солнца награжден бронзовой медалью по итогам участия в международном конкурсе карикатуристов.
Среди наград Хусана Садыкова более 40 грамот, дипломов, сертификатов:
диплом Всемирного фонда мира (1986 г.);
национальная премия «Олтин калам» (2010 г.);
почетный диплом Академии Художеств Узбекистана, (2012 г.);
специальный приз ШОС,
почётная грамота Творческого объединения художников Узбекистана (2012 г.) и многие другие.
Помимо карикатуры, Хусан Садыков стал признанным мастером в книжной графике.
Он проиллюстрировал около 50 книг художественной литературы.
Первая книга сказок народов мира с его иллюстрациями напечатана в 2004-2006 годах, тиражом около 500-600 тысяч экземпляров. В тот сборник вошли сказки народов Туркмении, Грузии, Молдавии, Литвы, Украины, Белоруссии, Латвии, Казахстана, Азербайджана, России и, конечно же, Узбекистана.
В 2007 и 2009 годах вышел сборник узбекских народных сказок на узбекском, русском и английском языках.
Так же был опубликован новый сборник узбекских народных сказок на узбекском, арабском и английском языках.
Художественные работы Хусана Садыкова хранятся в государственных музеях и личных коллекциях разных стран мира.
Персональные выставки:
2009 г. – выставка “Путешествие в царство сказок” (Центральный выставочный зал Академии Художеств Узбекистана);
2012 г. – выставка “Акварели” (Ташкентский Дом фотографии);
В 2016 г. – выставка “Мир чудес” (Международный караван-сарай культуры).
В экспозиции нынешней выставки представлено около 70 иллюстраций художника. Это иллюстрации к узбекским, грузинским, туркменским, казахским, русским, азербайджанским, белорусским, датским, корейским народным сказкам. Также зритель сможет увидеть иллюстрации к таким сказкам, как: “Зумрад и Киммат”, “Бей, дубинка!”, “Падишах и попугай”, “День, когда падали лепешки”, “Золотой арбуз” и др.

Выставка продлится до 17 июня 2021 года.

Web site: www.caravanserai.uz
Telegram: https://t.me/s/IkuoHirayamaCaravanSerai
Facebook: https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture
07.06.2021
Просмотров 136    Рейтинг 16   

фото

фото

фото

фото