Все новости
Furqat Bozorovning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Фурката Базарова
06.05.2021
Furqat Bozorovning shaxsiy ko'rgazmasi / Персональная выставка Фурката Базарова
2021 yilning 6 may kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Furqat Bozorovning “Suv uzra samo” nomli ilk shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada rassomning 40ta eng sara rangtasvir ishlari namoyish qilindi.
Furqat Bozorov – 1986 yilda Navoiy viloyatining Nurota shahrida tug‘ilgan.
Nurota tog‘lari o‘zining serviqor va zalvorli hamda go‘zal tabiati bilan barchani maftun etadi. Nurota bulog‘i esa butun dunyoga tanilgan. Go‘zal tabiat shaydosi Furqat yoshligidan qo‘liga qalam olib, rasmlar chiza boshlagan. Ota – onasi undagi iqtidorni payqagach, Navoiydagi Tasviriy va amaliy san’at litsey – internatiga o‘qishga beradi. 6 yil mobaynida bu maktabda rassomchilik ko‘nikmalarini o‘zida shakllantiradi. Internatda o‘qish davridayoq ko‘plab ko‘rik – tanlovlarda ishtirok etadi va g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Jumladan, 2001 yilda Misrda bo‘lib o‘tgan “Misr – yosh rassomlar nigohida” nomli ko‘rgazmada “Oltin medal” bilan taqdirlandi.
2003 yilda “Yangi nomlar” Hududlararo xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan YUNЕSKOning xalqaro kurslarida tajriba o‘tadi va diplom bilan taqdirlandi.
2006 - 2010 yillar – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san’at” fakultetining “Filmning tasviriy yechimi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlik darajasini tamomladi.
2012 – 2014 yillar - K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ”Kino va telefilmning tasviriy yechimi” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini yoqladi.
2014 yildan boshlab hozirgi kungacha K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasida o‘qituvchilik qiladi.
2014 yildan boshlab O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi.
Furqat Bozorovning asarlari nafaqat respublikamizda, balki, dunyo mamlakatlarida ham taniqli. Jumladan, Angliya, Fransiya, Turkiya, Germaniya va Rossiya kabi davlatlarning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanib keladi.
Kino va san’at
Rassomning ijodi teatr va kinoga bog‘liqligi uning kasbidan ham kelib chiqadi. Bu borada u ko‘plab asarlar ham yaratgan. Ayniqsa, rejissyor N. Tulaxo‘jayevning “Zarb” badiiy filmida rassom, rejissyor U. Hamdamovning “Shunqorlar” badiiy filmida bosh rassom, rejissyor A. Shodiyevning “Omadli yurish” badiiy filmida bosh rassom, rejissyor I. Ibragimovning “Sadoqat” badiiy filmida bosh rassom sifatidagi faoliyati uning ijodining eng yuqori cho‘qqisi deb atash mumkin. Shuningdek, “O‘zbekiston” telekanalida “Ibratli hikoyalar” loyihasidagi ishlangan illyustratsiyalar muallifi.
2014 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “SENOFEST - 2014” – teatr va kino rassomlarining ko‘rgazmasi ishtirokchisi.
Bir necha bor an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” ning Diplom va sertifikatlari bilan taqdirlangan.
Rassom Furqat Bozorovning asarlarida ko‘proq voqelik va reallik ustun. Asarlarida insonlar hayoti, turmush tarzi, milliy qadriyatlarga munosabat yaqqol seziladi. Uning “Sayroqi oqqush qo‘shig‘i”, “Qaytish”, “Ko‘zalar”, “Suv uzra samo” kabi asarlari san’at ixlosmandlariga manzur bo‘lishi tabiiy.
Ko‘rgazma joriy yilning 16 mayigacha davom etadi.

Telegram kanalimizga qoʼshiling: https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai


***********************************

6 мая 2021 года в 17:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия персональной выставки «Между небом и водой» художника Фурката Базарова.
Фуркат Базаров родился в 1986 году в городе Нурота Навоийской области.
В 2004 г. окончил Навоийский лицей-интернат изобразительного и прикладного искусства, отделение изобразительного искусства.
С 2006 г. по 2010 г. учился на факультете “Изобразительного искусства” (отделение “Художественное решение фильма”) Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзада.
В 2014 году окончил магистратуру по специальности «Художественное решение телефильма и кино» факультета “Изобразительных искусств” Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзада.
Фуркат Базаров принимал активное участие в ежегодно проводимых республиканских конкурсах: “Келажак овози”, “Баркамол авлод – юрт келажаги”, “Навкирон Узбекистон”, “Энг улуғ – энг азиз”, “Международном фестивале изобразительного и прикладного искусства”.
В 2001 году участвовал в конкурсе “Египет глазами молодых художников” в Каире (Египет). Награжден золотой медалью.
В 2003 году проходил стажировку на Международных курсах ЮНЕСКО “Новые имена” в г. Суздаль (Россия).
В 2016 году принимал участие в выставке “Нарисуй песню”, посвященной 80-й годовщине со дня рождения Народного артиста Узбекистана Батыра Закирова.
В 2017 году – в выставке “Узбекистан и Украина глазами художников”, проходившей в Ташкентском Доме фотографии.

В 2014 году был принят в Творческий Союз художников Узбекистана.
Фуркат Базаров является главным художником художественных фильмов: “Омадли юриш” (режиссер А. Шодиев), “Садокат” (режиссер И. Ибрагимов), “Шункорлар” (режиссер У. Хамдамов).
С 2014 года работает преподавателем Национального института художеств и дизайна им. К. Бехзада на кафедре “Театрально-декорационной живописи”.
Картины автора хранятся в частных коллекциях ряда зарубежных стран (России, Великобритании, Франции, Турции, Германии и др.).
На первой персональной выставке представлено 40 живописных работ художника. Подобные работы всегда вызывают живой интерес у зрителя. В них есть как профессионализм, так и содержание. Художник выражает свой богатый внутренний мир и охотно делится им со всеми. Его творчество пропитано любовью к Родине, национальным традициям в искусстве. В сюжетах картин много восточной лирики и романтизма. Особенностью его художественного стиля является органичное единство традиций узбекской культуры и современного визуального языка.
Также зритель сможет увидеть сюжеты, основанные на греческой мифологии (“Похищение Европы”), личных ощущениях, чувствах и переживаниях.

Выставка продлится до 16 мая 2021 года.

Подписывайтесь на наш Телеграм канал: https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai
Просмотров 527    Рейтинг 59   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото

фото

фото

фото