Все новости
Tasviriy va amaliy sanʼat festivali / Фестиваль изобразительного и прикладного искусства
Tasviriy va amaliy sanʼat festivali / Фестиваль изобразительного и прикладного искусства
Joriy yilning 21 aprelida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Xalqaro madaniyat karvon saroyida an’anaviy “Kamoliddin Behzod izdoshlari” tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchilarining miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq yosh iste’dodli ijodkorlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovi har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib boriladi.
Ushbu tanlov bevosita miniatyura va xalq amaliy san’ati yo‘nalishidagi yosh ijodkorlarning milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Tanlovning asosiy maqsadi miniatyura va xalq amaliy san’ati sohalarida milliy merosimizni tiklash, Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari boy ijodiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish, milliy san’atimizning kelajagini ta’minlovchi yosh iste’dodlarni izlab topish, yosh iste’dodlarni tasviriy va amaliy san’at asarlarini yaratishning yangi ijodiy uslublarini izlashga, xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldida mas’uliyatli bo‘lish, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yo‘naltirishdan iborat.
Bu yilgi tanlov an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” doirasida tashkil qilindi. Tanlov 2 bosqichda o‘tkazildi. Tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblari respublika bosqichida ishtirok etish imtiyozini qo‘lga kiritdilar. Mazkur ko‘rgazmada respublika bosqichiga taqdim etilgan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlari namoyish etilmoqda.
Tanlovning respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar hamda Toshkent shahridan 15 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan 284 nafar yosh ijodkor 700 dan ortiq ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. Tanlov 15 yoshdan 17 yoshgacha hamda 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yosh toifalari bo‘yicha alohida-alohida tartibda o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari nufuzli Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
24 nafar tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:
- Eng yaxshi miniatyura asari uchun;
- Eng yaxshi grafika asari uchun;
- Eng yaxshi naqqoshlik asari uchun;
- Eng yaxshi amaliy san’at asari uchun.

Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari 23 aprel kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ning yopilishi va taqdirlash marosimida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san’at asarlari tanlovi Diplomlari hamda “Ilhom” jamoat fondi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Telegram kanalimizga qoʼshiling: https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai

*****************************

21 апреля 2021 г. в Международном караван-сарае культуры Икуо Хираямы Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия выставки миниатюр и предметов народного прикладного искусства участников Республиканского этапа традиционного творческого конкурса «Последователи Камолиддина Бехзода». Также прошла церемония награждения победителей.
В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан № ПП-4688 от 21 апреля 2020 года «О мерах по дальнейшему повышению эффективности сферы изобразительного и прикладного искусства» в целях выявления и поддержки молодых талантливых творческих деятелей организуется и проводится ежегодный традиционный творческий конкурс произведений миниатюры и народного прикладного искусства «Последователи Камолиддина Бехзода».
Данный конкурс напрямую направлен на стимулирование активности молодых художников в области миниатюры и народно-прикладного искусства для создания ими ярких произведений искусства, воспевающих идеи национальной идентичности.
Основная цель конкурса - восстановить наше национальное наследие в области миниатюры и народного творчества, в полной мере передать богатое творческое наследие Камолиддина Бехзода и его учеников, найти молодые таланты, которые обеспечат будущее нашего национального искусства.
В этом году конкурс был организован в рамках Международного фестиваля изобразительного и прикладного искусства, посвященного “Году поддержки молодежи и укрепления здоровья населения”. Конкурс проводился в 2 этапа. Победители регионального этапа конкурса получили право участвовать в республиканском этапе.
На суд жюри было представлено более 700 творческих работ молодых художников, участвовавших в республиканском этапе конкурса.
Всего в республиканском этапе конкурса приняли участие 284 молодых художника в возрасте от 15 до 21 года из всех областей и Республики Каракалпакстан.
Конкурс проводился в 2 возрастных категориях:
1 категория – участники в возрасте от 15 до 17 лет.
2 категория – участники в возрасте от 18 до 21 года.
Победители определялись в следующих номинациях:
- За лучшую миниатюру;
- За лучшую графическую работу;
- За лучшую роспись;
- За лучшее произведение прикладного искусства.

Церемония награждения победителей республиканского этапа творческого конкурса произведений миниатюры и народного прикладного искусства «Последователи Камолиддина Бехзода» дипломами и ценными подарками от Общественного фонда «Ильхом» состоится 23 апреля 2021 года во время закрытия “Международного фестиваля изобразительного и прикладного искусства”.
Также участникам конкурса будут вручены 9 поощрительных дипломов.
При этом каждому участнику Республиканского этапа конкурса будут выданы Сертификаты участника традиционного творческого конкурса произведений миниатюры и народного прикладного искусства «Последователи Камолиддина Бехзода».

Подписывайтесь на наш Телеграм канал: https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai
21.04.2021
Просмотров 96    Рейтинг 17   Понравилась новость?    +1   -1    

фото

фото

фото

фото