Все новости
Tasviriy va amaliy sanʼat festivali / Фестиваль изобразительного и прикладного искусства
Tasviriy va amaliy sanʼat festivali / Фестиваль изобразительного и прикладного искусства
2021 yilning 20 aprel kuni soat 15:00da O‘zbekitson Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Toshkent arxitektura-qurilish institutining “Tasviriy san’at” kafedrasi bilan hamkorlikda institut iqtidorli talabalarining “Iste’dodlar - ijodiy parvoz bo‘sag‘asida” nomli ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Kezi kelganda ta’kidlash joizki, barcha davrlarda arxitektura va tasviriy san’at ham ijodiy-intellektual, ham amaliy-estetik soha sifatida bir-birini to‘ldirib kelgan. Zero, tasviriy san’atdan mukammal bilim va amaliy malakaga ega bo‘lmay turib mukammal me’morlik kompozitsiyalarini yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti “Tasviriy san’at” kafedrasida ham talabalarning bevosita kasbiy bilimlari bilan bir qatorda tasviriy san’atning turlari va janrlari bo‘yicha ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirib borishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mana shunday e’tibor samarasi sifatida talabalarning ijodiy ishlarini san’at ixlosmandlariga taqdim qilishni e’tirof etish mumkin. Mazkur ko‘rgazmaga qo‘yilgan ishlar talabalar – bo‘lajak arxitektorlarning mustaqil ijodlari namunalaridir.
Ustoz-shogird an’analari kafedrada pedagogik faoliyat olib borgan taniqli rassomlar – O‘zbekiston Xalq rassomi Chingiz Ahmarov, Safo Muhamedov, O‘zBA akademiklari Baxtiyor Boboyev, Alisher Mirzayev, Shahnoza Mo‘minova, Marina Borodina, taniqli rassomlar Vahob Ziyayev, To‘xtabek Soibov, Anatoliy Slugin, Zayniddin Faxriddinov kabi rassom-pedagoglardan qolgan meros bo‘lib, kafedraning bugungi jamoasi bu badiiy maktab an’analarini munosib davom ettirgan holda iqtidorli talabalar bilan maqsadli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ko‘rgazmaga talabalarning turli janr va texnikada bajarilgan ishlari, shuningdek, kafedra o‘qituvchilari Jo‘ra Ishmatov hamda Erkin Nizomovlarning landshaft dizayniga oid keramika ishlari taqdim etilgan.
Talabalarning ko‘rgazmadan o‘rin olgan ishlarining e’tiborli jihati shundaki, ularning ijodida milliylik, tarixiy qadriyatlar, jumladan, me’moriy obidalarni tasvirlash yetakchi g‘oya sifatida tarannum etilgan. Bunga Gulruh Ne’matjonovaning shahar ko‘chalari, qadimiy me’moriy obidalarning tasviriga oid turkum asarlari misol bo‘la oladi. Gulruhning, ayniqsa, “Moziydan sado” triptixtida qadimiy me’moriy obidalar asar syujetining asosini tashkil etadi.
O‘ziga xos ijodiy individuallikni Solihabonu Nuriddinovaning ishlarida ham ko‘rish mumkin. Ayniqsa, uning manzara janridagi ishlarida qadimiy me’moriy obidalarning maishiy janr bilan sintezlashgan variantdagi kompozitsiyalari iqtidorli arxitektor bilan bir qatorda rangtasvirchi rassom voyaga yetayotganligidan dalolat beradi.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan ishlar turli janrlarga mansubligi, qo‘llanilgan texnikalarning turli-tumanligi tufayli har xillik kasb etishi bilan ham talabalarning iqtidorlari turlicha yo‘nalishlarda takomillashib borayotganligini anglatadi. Shu bois ko‘rgazmada turli texnikalarda bajarilgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, R. Shukurbekov, G.Halilova, J.Jo‘rayev, S.Obidjonova, N.Hamdamova, O.Abdurazzoqov, A.Tursunmurodova, K.Umarova, B.Berdiyev, A.Urazova, O.Norboyeva, K.Umarova, A.Ibodullayev, T.Azizov, A. Abduhakimov kabi talabalarning ishlarida tasviriy san’atning ifodaviy vositalaridan samarali foydalanilgan.
Arxitektura sintetik san’at turi. Shuning uchun ham kafedrada talabalarning ijodkorlik kompetensiyalarini turli yo‘nalishlarda rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu e’tiborning samarasi o‘laroq M.Nizomova, G.Meliboyeva, Xasan va Xusan Nazirxonovlar, N.Isroilova, B.Bahodirov, Sh.Usmonova, Abubakirova, Xolmatova kabi talabalar qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlikdan tashqari kulolchilik buyumlarini badiiy bezash sohasida ham o‘z iqtidorlarini namoyish etib kelishmoqda. Talabalarda ijodkorlik kompetensiyalarni rivojlantirishda kafedra mudiri dotsent Ziyodulla Bobomurodov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Asqarali Sulaymonov, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Fazliddin Berdiyev, katta o‘qituvchilar Sherzod Bekmirovlar rangtasvir, san’atshunoslik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Sakina Muhammadjonova, katta o‘qituvchilar Nurmon Berdiyev, Alisher Ergashevlar arxitekturaviy grafika, katta o‘qituvchilar Jo‘rabek Ishmatov hamda Erkin Nizomovlar haykaltaroshlik hamda dekorativ haykaltaroshlikdan berayotgan saboqlari alohida e’tirofga loyiq. Ularning ijodiy va pedagogik faoliyatining mantiqiy davomi sifatida talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar ustozlar tomonidan amal qilib kelingan an’analar davom etishiga umid qilishga asos bo‘ladi.

****************************

20 апреля 2021 года в 15:00 в Международном караван-сарае культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана состоялось открытие выставки «Таланты - на пороге творческого полета» в рамках Международного фестиваля изобразительного и прикладного искусства. Организаторами данного мероприятия являются Академия Художеств Узбекистана, Международный караван-сарай культуры и кафедра "Изобразительного искусства" Ташкентского архитектурно-строительного института.
Следует отметить, что во все периоды архитектура и изобразительное искусство дополняли друг друга как с творческой стороны так и в практико-эстетической сфере. Ведь без совершенных знаний и практических навыков в изобразительном искусстве, невозможно создать совершенные архитектурные композиции. В связи с этим кафедра "Изобразительного искусства" Архитектурного факультета Ташкентского архитектурно-строительного института наряду с непосредственными профессиональными знаниями уделяет особое внимание стимулированию творческих поисков студентов по видам и жанрам изобразительного искусства. В результате такой поддержки, молодые специалисты организовали выставку творческих работ для ценителей искусства. Работы на этой выставке - примеры самостоятельной работы студентов - будущих архитекторов.
Такая замечательная традиция наставник и ученик унаследована от таких известных художников и педагогов, как - народный художник Узбекистана Чингиз Ахмаров, Сафо Мухамедов, академики УзБА Бахтиёр Бобоев, Алишер Мирзаев, Шахноза Муминова, Марина Бородина, а также известных художников как Вахоб Зияев, Тухтабек Саибов, Анатолий Слугин, Зайниддин Фахриддинов. Нынешний коллектив кафедры продолжает традиции этой художественной школы, проводя целенаправленную работу с талантливыми учениками.
На выставке представлены работы студентов в различных жанрах и техниках, а также керамические работы по ландшафтному дизайну преподавателей кафедры Джуры Ишматова и Эркина Низамова.
Интересным аспектом работы студентов на выставке является то, что в их работе изображение национальных и исторических ценностей, в том числе архитектурных памятников, воспевается как ведущая идея. Пример тому - серия работ Гулрух Нематжановой, изображающая улицы города и памятники древней архитектуры. В основе её сюжета - памятники древней архитектуры Узбекистана.
Неповторимая творческая индивидуальность проявляется в творчестве Солихабону Нуриддиновой. В частности, в её работах написанных в жанре пейзажа в композиции древних архитектурных памятников синтезированные аспекты повседневной жизни, что свидетельствует о становлении как талантливого архитектора, так и живописца.
Тот факт, что представленные работы принадлежат к разным жанрам при разнообразии используемых методов, также означает, что студенты развиваются в разных направлениях. На выставке представлены работы, выполненным в разных техниках. В частности, в работах студентов Р. Шукурбекова, Г. Халилова, Ж. Джураева, С. Обиджоновой, Н. Хамдамовой, О. Абдураззокова, А. Турсунмуродовой, К. Умаровой, Б. Бердиева, А. Уразовой, О. Норбоевой, К. Умаровой, А.Ибодуллаева, Т.Азизова, и А.Абдухакимова эффективно использовались средства выражения изобразительного искусства.
Архитектура - это синтетический вид искусства. Поэтому на кафедре большое внимание уделяется развитию творческих компетентности студентов по различным направлениям. Такие студенты как М.Низомова, Г.Мелибоева, Хасан и Хусан Назирхановы, Н.Исроилова, Б.Баходиров, Ш.Усманова, Абубакирова, Холматова, помимо карандаша, живописи, скульптуры, продемонстрировали свои таланты также, и в области художественного оформления керамики. В развитии творческой компетенции студентов, следует особо отметить уроки заведующего кафедрой, доцента Зиедуллы Бобомуродова, кандидата педагогических наук, доцента Аскарали Сулейманова, члена Творческого объединения художников Узбекистана Фазлиддина Бердиева, старшего преподавателя Шерзода Бекмирова, художника, доктор философии искусствоведения Сакины Мухаммаджоновой, старших преподавателей по архитектурной графике Нурмона Бердиева, Алишера Эргашева, старших преподавателей по скульптуре и декоративной скульптуре Джурабека Ишматова и Эркина Низамова. Являясь логическим продолжением их творческой и педагогической работы, творческая работа учеников дает повод надеяться, что традиции, которым следуют учителя, будут продолжены.
21.04.2021
Просмотров 104    Рейтинг 18   Понравилась новость?    +1   -1    

фото

фото

фото

фото

фото