Все новости
Mohir hunarmand ko‘rgazmasi
05.03.2016
Mohir hunarmand ko‘rgazmasi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida O‘zbekiston xalq rassomi Ortiq Fayzullayev ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi M.Qurbonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida milliy madaniyatimiz va san’atimiz izchil rivojlanayotgani, ijodkorlar va hunarmandlar har jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

Mohir naqqosh, o‘ymakor usta O.Fayzullayev 1933-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shogirdlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosi, «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi, ko‘plab ma’muriy binolar, san’at saroylari, muqaddas qadamjolarni dekorativ bezash ishlariga hissa qo‘shgan. Qirq besh yil mobaynida Respublika rassomlik kollejida yoshlarga yog‘och o‘ymakorligidan dars bergan. O‘g‘illari va nabiralari bugungi kunda ustaning ijod yo‘lini davom ettirmoqda.

Mohir ustaning ijod namunalari yurtimiz va xorijdagi muzeylarda saqlanishi bilan birga Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kipr, Polsha kabi mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda yuksak e’tirof etilgan.

Mazkur ko‘rgazmada O.Fayzullayev ishlagan lavh, quticha, mo‘jaz kursi, devoriy bezaklar, qalamdon kabi ellikdan ziyod ijod namunasiga o‘rin berilgan. Yog‘och o‘ymakorligining Toshkent maktabi yo‘nalishidagi bu ijod namunalari nafisligi, naqshlarining mukammalligi bilan tomoshabinlar e’tiborini jalb etmoqda.

Nazokat Usmonova, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA

04.03.2016 17:13

http://uza.uz/uz/culture/mohir-hunarmand-ko-rgazmasi-04-03-2016
Просмотров 759    Рейтинг 31   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото