Все новости
Ko‘zgu ortidagi olam
06.11.2015
Ko‘zgu ortidagi olam
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

“Ko‘zgu ortidagi olam” deb nomlangan mazkur ko‘rgazmada Vladimir Burmakin asarlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha millat va elat vakillarining ta’lim olishi, o‘z qiziqishi va layoqati bo‘yicha kasb-hunar egallashi, mehnat qilishi, ijodiy-intellektual qobiliyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi.

Ijodini o‘tgan asrning 60-yillarida boshlagan V.Burmakinning dastlabki asarlari natyurmort, manzara, portret yo‘nalishlarida bo‘lib, ular romantizmga boyligi, hayot go‘zalligini mohirona aks ettirishi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda mo‘yqalam sohibi komputer grafikasi, fotosan’at, rangtasvir kabi yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirishga intilayotgani ko‘plab qiziqarli asarlar yaratilishiga turtki bermoqda.

Musavvir mamlakatimizda o‘tkazilgan ko‘rgazmalar bilan birga, qator xalqaro ko‘rgazmalarning ham faol qatnashchisidir. Uning asarlari yurtimiz hamda o‘nlab xorijiy mamlakatlardagi muzey va galereyalarda, shaxsiy to‘plamlarda saqlanmoqda.

O‘zbekistonga, an’ana va qadriyatlarimizga cheksiz mehr-muhabbat rassom kartinalarida yaqqol aks etadi.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan “Tong”, “Tungi Xiva”, “Oy tutilishi”, “Tungi Samarqand”, “Ijodkor” kabi asarlar musavvirning tabiat manzaralari, bebaho me’moriy obidalarimizdan ilhomlanib yaratgan ijod mahsuli bo‘lib, tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otmoqda.

Nazokat Usmonova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA

05.11.2015 19:17

http://uza.uz/uz/culture/ko-zgu-ortidagi-olam-05-11-2015
Просмотров 763    Рейтинг 63   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото