Все новости
Nuroniylar fotomusavvir nigohida
20.08.2015
Nuroniylar fotomusavvir nigohida
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab san’atshunos va fotorassom Nodir Normatovning “Mehr qolur, muhabbat qolur...” nomli fotoko‘rgazmasi ochildi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, milliy madaniyatimiz va san’atimizni izchil ravnaq toptirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Mazkur ko‘rgazmada taqdim etilgan fotosuratlarda piru badavlat otaxon va onaxonlarimiz haqida hikoya qilinadi. Jumladan, yurtimizning turli hududlarida yashovchi nuroniylarning hayot tarzi, o‘ziga xos udumlarimiz, ona-yurt manzaralari bilan mushtarak hayotiy lavhalar keng o‘rin olgan.

– Mamlakatimizda tasviriy san’at rivojiga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor ijodkorlarni yangi rejalar ustida izlanishga undaydi, – deydi N.Normatov. – Mazkur ko‘rgazma ana shunday izlanishlar mevasidir. Unda yurtimizda keksa avlod vakillariga ehtirom ko‘rsatishdek azaliy fazilatlarimiz yangi mazmun bilan boyib borayotgani bosh mavzudir. Bu yosh avlodni xalqimizning umrboqiy qadriyatlarini teran anglashga, oila va jamiyatda tabarruk keksalarimizga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lishga undaydi.

Tadbir doirasida N.Normatov ssenariysi asosida suratga olingan «Chingiz Axmarov» hujjatli filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida suratga olingan kartinada taniqli musavvir Chingiz Axmarovning hayoti va ijodi, ulkan merosi haqida so‘z yuritiladi.

Sh.Mamaturopova, A'lo Abdullayev (surat), O‘zA

19.08.2015 19:31
Источник:
http://uza.uz/uz/culture/nuroniylar-fotomusavvir-nigohida--19-08-2015
Просмотров 707    Рейтинг 36   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото