Все новости
Toshkentda “Bahorni sog‘indim…” ko‘rgazmasi tashkil etiladi
11.03.2014
Toshkentda “Bahorni sog‘indim…” ko‘rgazmasi tashkil etiladi
12-mart kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi qashqadaryolik Bahodir Niyozovning “Bahorni sog‘indim…” shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Kultura” nashri xabar berdi.

Muallifning 55 — yubiley yoshiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada uning 50 ga yaqin ishlari namoyish etiladi. Ularning orasida tabiat mavzusidagi real bo‘rtma va abstrakt kompozitsiyali, geometrik shaklli kulolchilik idishlari va boshqa eksponatlar bo‘ladi. Ko‘rgazmaga kirish bepul.

Shuningdek, Bahodir Niyozovning Uvaysiy va Cho‘lpon asarlari, “Tohir va Zuhra” xalq eposi hamda rivoyati mavzusidagi badiiy haykaltaroshlik kulolchilik kompozitsiyalari Qarshi Amfiteatri binosini (shaharning 2700 yilligiga bag‘ishlab qurilgan), favvoralarni, dam olish istirohat bog‘larini va boshqa joylarni bezab turibdi. Niyozov ko‘plab ko‘rgazmalar ishtirokchisi va sovrindoridir.

Ma’lumot o‘rnida: Bahodir Boboyevich Niyozov 1959-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Beshkent shahrida tug‘ilgan.

11.03.2014/ Mahalliy
http://daryo.uz/2014/03/11/toshkentda-bahorni-sogindim-korgazmasi-tashkil-etiladi/
Просмотров 690    Рейтинг 62   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)