Все новости
Toshkentda do‘ppilar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
23.01.2014
Toshkentda do‘ppilar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Do‘ppi tikdim, ipaklari tillodan” nomli ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmaning ochilishida ijodiy tashkilotlar vakillari, san’atshunoslar, musavvirlar, usta-hunarmandlar, san’at ixlosmandlari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ko‘rgazmani O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. Nuriddinov ochib berdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ko‘rgazmada poytaxtlik Faxriddin Abdujabborovning shaxsiy to‘plamidagi 50 dan ortiq qadimiy do‘ppilar taqdim etilmoqda.

Do‘ppido‘zlik Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda yaxshi rivojlangan. Ushbu bosh kiyim turli joylarda o‘ziga xos uslubga ega. Xususan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yorqin rangli dumaloq, qubbasimon ko‘rinishda, Farg‘ona vodiysida esa oq va qora iplar yordamida erkaklar, ayollar va bolalar uchun do‘ppilar tayyorlanadi. Hozirda ularning iroqi, chust, qo‘qon, marg‘ilon, gilam do‘ppi kabi turlari xorijda ham mashhur.

23.01.2014// Sohiba Mamadiyorova// Mahalliy

Источник:
http://daryo.uz/2014/01/23/toshkentda-doppilar-korgazmasi-bolib-otmoqda/
Просмотров 743    Рейтинг 65   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото

фото