19.10.2013 “Turli madaniyat – yagona dunyo” mavzuidagi VII Toshkent xalqaro zamonaviy san`at biyennalesi (22-27 Oktyabr 2013y.) Press-reliz
“Art Week.Style.Uz – 2013” san`at haftaligi doirasida VII Toshkent xalqaro zamonaviy san`at biyennalesining o`tkazilishi Toshkent shahrini dunyoning noyob san`at poytaxtlaridan biri ekanligidan dalolat beradi. O`zbekiston Badiiy akademiyasi va “O`zbekiston madaniyati va san`ati forumi” jamg`armasi tadbirning asosiy tashkilotchilari hisoblanadi.
Bu yilgi Biyennaleda 105 nafar xorijlik (shulardan 70 nafari shaxsan ishtirok etadi) va 140ta o`zbekistonlik (jami 245 nafar) ijodkorlarning asarlari namoyish qilinadi. Ular orasida dunyoda tanilgan yaponiyalik Norik Nishiyama, gretsiyalik Georgios Katsangelos, singapurlik Urich Lau Vay Yuyen, koreyalik Li San Gi, gonkonglik Endryu Lam Xon Kin, gruziyalik Mamuka Tsxekladze va Liya Shvelidzelar, filippinlik Jozefin Turalba, italiyalik Mauro Magrini, qozog`istonlik Smail Bayaliyev va boshqalarni aytib o`tish joiz.
Biyennale doirasidagi ko`rgazmalar O`zbekiston Badiiy akdemiyasi Markaziy ko`rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Yoshlar ijod saroyi, O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog`-muzeyi, O`zbekiston Davlat san`at muzeyi kabi madaniyat maskanlarida, shuningdek Samarqanddagi “Chorsu” galereyasida o`tkaziladi.
VII Toshkent xalqaro zamonaviy san`at biyennalesidan ko`zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz tasviriy san`ati sohasida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka namoyish etish, yoshlarning badiiy didini yuksaltirish, mamlakatimiz hamda xorijlik musavvirlarning o`zaro muloqoti uchun imkon yaratishdan iboratdir.
Biyennale doirasida jamoatchilik proyektlari bilan bir qatorda shaxsiy rassomlarning ijod namunalari namoyish etiladi. Biyennale doirasida rang-barang ko`rgazmalar, Noriko Yamomoto (Yaponiya), rassom Jozefin Turalba (Fillipin) ishtirokida mahorat saboqlari, zamonaviy san`at muzeyi direktori M. Tsantsanoglu (Gretsiya), art-kurator Tomas Elsen (Germaniya) va boshqalar bilan ijodiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar o`tkaziladi. Tadbir ishtirokchilari Toshkent hamda Samarqand shahridagi me`moriy obidalar bilan tanishish imkoniga ega bo`ladilar.
Biyennale raisi Site de Art Prezidenti Jan Iv Langle (Frantsiya). San`atshunoslik doktori NANA arxitektura va san`at instituti direktori E.Salamzoda (Ozarbayjon), zamonaviy san`at muzeyi direktori M.Tsantsanoglu (Gretsiya), Xalqaro roassomlar konfederatsiyasi ijroqo`mi raisi M.Fatkulin (Rossiya), Latviya Badiiy akademiyasi rektori A.Naumov, art-kurator T.Elsen (Germaniya), I.Savitskiy nomli Davlat san`at muzeyi direktori M.Bobonazarovalar jyuri a`zolari hisoblanadi.
Tadbirning tantanali yopilish marosimi 27 oktyabr kuni Markaziy ko`rgazmalar zalida bo`lib o`tadi. Unda nufuzli xay`at a`zolari tomonidan aniqlab berilgan eng yaxshi asarlar mualliflariga diplom va mukofotlar topshiriladi.
Manzil: Toshkent sh. Sh.Rashidov k-si 40 Tel: 256-21-60, 256-50-47
www art-academy.uz
http://art-academy.uz/пресс-релиз-7-ой-ташкентской-междунаро/?lang=uz, 19.10.2013
|
|