Все новости
Ranglar jilosi
22.08.2013
Ranglar jilosi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida Vatanimiz mustaqilligining 22-yilligiga bag‘ishlangan “Ranglar jilosi” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy tasviriy san’atimizni ravnaq toptirish jarayonida badiiy ta’limni sifat jihatdan yanada yuksaltirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

San’at yo‘nalishidagi maktablar, oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, ularni zarur jihoz va uskunalar bilan ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday yuksak e’tibor samarasida o‘zbekistonlik yosh musavvirlar xalqaro ko‘rgazmalar, biyennalelar, ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

– Istiqlol sharofati bilan iste’dodlarning yangi avlodi bugungi tasviriy san’atning jo‘shqin ijodiy jarayoniga kirib kelmoqda, – deydi O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolov. – Ular borliqni yangicha, teran nigoh, keng va ilg‘or dunyoqarash, erkin, chuqur va ayni damda nozik tafakkur bilan idrok etayotgani yaratayotgan badiiy asarlarida yaqqol o‘z ifodasini topmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada Temur Rahmetov, Saida Sattorova, Sarvinoz Qosimova, Nigora Latipova singari o‘nga yaqin yosh musavvirning eng ulug‘, eng aziz bayramga atab yaratgan badiiy asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.

O‘zA, Nazokat Usmonova, Asqar Yoqubov (surat), 21.08.2013 19:01

http://uza.uz/uz/society/28383/
Просмотров 708    Рейтинг 30   Понравилась новость?    +1   -1    Добавить комментарий  (0)

фото