2026 yilning 21 aprel kuni soat 10:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko`rgazmalar zalida fransiyalik fotorassom Erik Gurlanning “Orol dengizi: xotira va ulug`vorlik” fotoko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada rassomning 30dan ortiq fotosuratlari namoyish qilindi.
ERIK GURLAN (FRANSIYA)
Qoraqalpog‘iston bir vaqtlar O‘zbekistonning eng muhim iqtisodiy hududlaridan biri bo‘lgan, Orol dengizi esa uning asosiy boyligi va hayot manbai edi. Bugun esa u haqida ko‘proq ekologik falokat sifatida gapiriladi - va bu haqiqat. Ammo Orol faqat fojea emas. Bugun u go‘yo biz bilan xayrlashayotgandek.
Bugun dengiz go‘yo biz bilan xayrlashayotgandek. U o‘zining yashirin, ichki go‘zalligini ochib bermoqda - deyarli gapirilmaydigan va tobora kamroq esga olinadigan go‘zallikni.
Ushbu fotografik loyiha ketayotgan, holdan toygan “onamiz” xotirasiga bag‘ishlangan. Vaqt uni bizdan tobora uzoqlashtirmoqda, uning nurini so‘ndirmoqda, bizning sezgilarimizni sustlashtirmoqda. Shunga qaramay, u hali ham shu yerda - yonimizda.
Yigirma besh yil oldin men uning sohillarida, Qozog‘iston chegarasida bo‘lganman. O‘sha paytda ham dengiz og‘ir xastalikda edi. Asrlar davomida baliqchilik bilan kun kechirgan baliqchilar boshqa chorasi qolmagach, kasbini o‘zgartirib, tuya boqishga majbur bo‘lishdi. Ularning farzandlari bu yerlardan ketib qolishdi. Faqat yuzlari go‘yo vaqt o‘yib ketgandek qattiq, iztirobli odamlar va bu yerda bir zamonlar hayot bo‘lganiga oid xotiralar qolgan, xolos.
Bu suratlar - kechki payt Orol ustida porlagan yulduzlarni yoki tongda uning suvlarida jilvalangan nur akslarini endi ko‘ra olmaydiganlar uchun guvohlikdir. Ushbu turkum, shuningdek, O‘zbekistonda fotografiya san’atining ilk namoyandalaridan biri bo‘lgan Xudoybergan Devonov (1879–1940) xotirasiga ham bag‘ishlangan.
Ishimda men ongli ravishda XX asr boshlariga, taxminan 1920-yillar texnikasiga murojaat qildim: o‘sha davrga xos usullar, jihozlar va suratga olish tamoyillaridan foydalandim. Bu “probka bilan suratga olish” deb ataluvchi usul bo‘lib, unda fotograf yorug‘likni fotomaterialga qo‘lda ochib-yopish orqali ekspozitsiyani mustaqil ravishda boshqaradi. Foydalanilgan obyektivlar tarixiy bo‘lib, diafragmasiz, o‘sha davrning asl optik qurilmalaridir.
Fotomaterial sifatida esa zamonaviy shisha plastinkalarning muqobili bo‘lgan emulsiyalar AQShdan maxsus keltirildi.
Men uchun siz bilan birga bo‘lish va ushbu meros xotirasini siz bilan baham ko‘rish katta sharafdir.
⚡️Ko`rgazma joriy yilning 30 apreligacha davom etadi.
⚡️Kirish bepul.
📍Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)
************************************
21 апреля 2026 года в 10.00 в малом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Академии Художеств Узбекистана состоялась церемония открытия фотовыставки Эрика Гурлана “Аральское море: Память и великолепие”.
Каракалпакстан некогда был одним из важнейших экономических регионов Узбекистана, а Аральское море — его главным богатством и источником жизни. Сегодня о нём чаще всего говорят как об экологической катастрофе — и это справедливо. Но Арал — это не только трагедия.
Сегодня море словно прощается с нами. Оно открывает свою скрытую, внутреннюю красоту — ту, о которой почти не говорят и которую вспоминают всё реже.
Этот фотографический проект — дань памяти нашей «матери», уходящей и истощённой. Время всё дальше уводит её от нас, гасит её свет, притупляет наше восприятие. И всё же она ещё здесь — рядом с нами.
Двадцать пять лет назад я был у её берегов, на границе с Казахстаном. Уже тогда море было тяжело больно. Рыбаки, поколениями жившие промыслом, были вынуждены сменить ремесло и заняться разведением верблюдов — иного выхода не оставалось. Их дети покинули эти места. Остались лишь люди с суровыми, словно высеченными временем лицами и память о том, что когда-то здесь была жизнь.
Эти фотографии — свидетельство для тех, кто уже не сможет увидеть звёздное сияние над вечерним Аралом или утренние отблески света на его воде.
Серия также посвящена Худайбергену Деванову (1879–1940), одному из пионеров фотографии в Узбекистане. В работе я сознательно обратился к технике начала XX века, приблизительно 1920-х годов: использовал аналогичные методы, оборудование и принципы съёмки.
Это так называемая съёмка «с пробкой» — ручной способ расчёта экспозиции, при котором фотограф самостоятельно открывает и закрывает доступ света к фотоматериалу. Использованные объективы — исторические, без диафрагмы, подлинные оптические приборы той эпохи.
Фотографические эмульсии — современный аналог стеклянных пластин — были специально доставлены из Соединённых Штатов.
Для меня большая честь быть с вами и иметь возможность разделить с вами память об этом наследии.
⚡️Выставка продлится до 30 апреля 2026 года.
⚡️Вход свободный.
📍Адрес: г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".
🌍 Website (http://caravanserai.uz/index.php) 💬 Facebook (https://www.facebook.com/CaravanseraiOfCulture) ✅ Telegram (https://t.me/IkuoHirayamaCaravanSerai)